Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • 49 000 UZS
      • × Vitamixx Classic 1 × 49 000 UZS

      Jami: 49 000 UZS

      Ko'rishTo'lov

  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Savatcha

    • × Vitamixx Classic 1 × 49 000 UZS

    Jami: 49 000 UZS

    Ko'rishTo'lov

Mijoz "Boshqa zonalaringiz qamrab olmagan joylar" mintaqasiga mos keldi
Savatga “Vitamixx Classic” qo'shildi. Ko'rish
Bosh sahifa / Sport va fitness

Q10 MAXX

144 000 UZS

Q10 koenzimi manbai

Yurakni quvvat va kuch bilan to’yintiradi! Hujayra ichi nafas olishini yaxshilaydi!

Shvetsariyda patentlangan “Actilease Nano-Technology” texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan Q10 maxsus shaklini o’z ichiga oladi, bu Q10 koenzimining eng yuqori biomavjudligini ta’minlaydi.

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Q10 MAXX

144 000 UZS

Bo'lim: Ichki go’zallik, Sport va fitness, Stress, Uzoq umr, Yurak va qon tomirlari

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Q10 koenzimi organizm uchun tabiiy modda hisoblanadi. U organizmning barcha tirik hujayralari tomonidan hosil qilinib, ularda mavjud bo’ladi. Q10 ayniqsa yurak va mushaklarning ishlashi uchun zarur hisoblangan quvvat hosil bo’lishida ishtirok etadi. Shuningdek, Q10 samarali antioksidant ta’sirga ega bo’lib, erkin radikallarning ta’sirini zararsizlantirish orqali hujayralarni shikastlanish va parchalanishdan himoya qiladi va insonga uzoq vaqt yosh qolishida yordam beradi.

Tarkibi

Q10 Maksning 1 kapsulasi quyidagilardan iborat:

  • Q10 koenzimi (ubixinon) — 15 mg
  • Е vitamini — 5 XB
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Q10 Maks Q10 koenzimi va E vitaminining qo’shimcha manbai sifatida yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, yurak aritmiyasi, miokardiodistrofiya, giperxolesterinemiya va ateroskleroz (ayniqsa statinlarni qabul qilishda), qandli diabet, surunkali pankreatit, jigar sirrozi, gepatit, jigar yog’li distrofiyasi, nefroskleroz, parodontoz, surunkali charchoq sindromi, zaiflik, mushak distrofiyasi, gipotireoz, ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlari, bepushtlik, semirish, organizmning erta qarishilarni oldini olish va kompleks davolashda qo’llaniladi.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

BFQ komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davri.

qo’llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun, kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun –  kuniga 1 kapsuladan 2 mahal ovqat paytida iste’mol qilinadi.

Profilaktik kurs davomiyligi – 1-2 oy. Ko’proq samaradorlik uchun yiliga ikki marta profilaktik kurs o’tkazish maqsadga muvofiq.

Terapevtik maqsadlarda foydalanilganda qabul qilish dozasi va kursi shifokor tomonidan belgilanadi.

chiqarilish shakli

Kapsulalar.

Saqlash sharoitlari

Quruq, qorong’u joyda 25°C gacha bo’lgan haroratda.

yaroqlilik muddati

2 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000704

AFZALLIKLARI

Q10 Maks – yurak uchun “vitamin”!

  • 2 kapsulada 100% kunlik Q10 koenzimi miqdori mavjud.
  • Shvetsariy moddalari.
  • Q10 maxsus shakli bozorda mumkin bo’lgan maksimal biomavjudlikni ta’minlaydi.
  • Yurak kasalliklarining oldini olish va kompleks davolash, shuningdek yosh bilan bog’liq o’zgarishlarga qarshi kurashish uchun tavsiya etiladi.

Yurakning normal ishlashi uchun quvvat zarur. Quvvat hosil bo’lish jarayoni faqat Q10 koenzimi kabi muhim modda mavjud bo’lgandagina mumkin. Ammo yosh o’tishi bilan yurak zarur bo’lgan Q10 koenzimini yo’qotadi va 60 yoshga kelib uning miqdori 50% ga kamayadi! Natijada tez charchash, faollik pasayishi paydo bo’ladi, yurak faolligi yomonlashadi. Q10 Maks ushbu yetishmovchilikni bartaraf etish imkonini beradi. Q10 Maksni muntazam ravishda qabul qilish orqali, siz Q10 koenzimini yuragingizning ishonchli ittifoqchisiga aylantirasiz.

Kuniga 2 kapsula yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi, organizmni quvvat bilan ta’minlaydi, qarish jarayonini sekinlashtirishda ko’maklashadi. 

bilasizmi:

  • 1978- yilda inson organizmida quvvat hosil qilish va tashish mexanizmida Q10 koenzimining noyob rolini kashf etgani uchun ingliz biokimyogar olimi Piter Mitchell Nobel mukofotiga sazovor bo’ladi.
  • Insonning haqiqiy biologik yoshi organizmdagi Q10 koenzimining mavjudligi bilan belgilanadi – u qancha ko’p bo’lsa, yoshi shunchalik kichik bo’ladi.
  • Organizmda Q10 koenzimni ishlab chiqilishi 30 yoshdan boshlab pasayadi. 35 yoshga kelib, Q10 koenzimi 25% va 60 yoshga kelib bu ko’rsatkich 50% yo’qoladi! Natijada, Q10 koenzimi tanqisligi tufayli organizm hujayralari tez qariydi va nobud boladi. Yurak zaiflashadi, teri o’z tarangligini yo’qotadi, ajinlar paydo bo’ladi.
  • Bugungi kunda dunyo bo’ylab 60 milliondan ortiq odam Q10 koenzimini qabul qiladi.
  • Tarkibida Q10 koenzimi mavjud preparatlarni qabul qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni uzoq umr ko’ruvchilar yurti – Yaponiya egallaydi.
  • Q10 koenzimi tanqisligini oziq-ovqat bilan iste’mol qilishni ko’paytirish orqali to’ldirish deyarli bajarib bo’lmas vazifa hisoblanadi, chunki ko’p oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida Q10 koenzimi miqdori yuqori emas. Shu sababli, organizmga kerakli miqdordagi Q10 koenzimini yetkazib berish uchun kuniga kamida 800 g mol go’shti, 1 kg yeryong’oq yoki 300 dona tuxum iste’mol qilish kerak.
  • Q10 Maks – bu Q10 koenzimining takomillashtirilgan formulasi bo’lib, uning antioksidant faolligi E vitamini bilan yanada kuchaytirilgan. Aynan shu tarkib qarishdan samarali himoyani ta’minlaydi.

QO’LLASH USULI

Ichga qabul qilish uchun, kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun –  kuniga 1 kapsuladan 2 mahal ovqat paytida iste’mol qilinadi.

Profilaktik kurs davomiyligi – 1-2 oy.

Ko’proq samaradorlik uchun yiliga ikki marta profilaktik kurs o’tkazish maqsadga muvofiq.

SAVOL – JAVOBLAR

Q10 kofermentining (CoenzymeQ10) kashf etilishi AQShda birinchi marta buqaning yuragidan ajratilib olingan paytdan boshlab – yarim asrdan ko’proq vaqt avval (1957) amalga oshirilgan. Ammo faqat 1978- yilda dunyo ilmi organizmda quvvat hosil bo’lishi va tashish mexanizmida KoQ10 ning noyob rolini tan oldi (doktor Piter Mitchellning bu kashfiyoti Nobel mukofoti bilan taqdirlangan).

Bugungi kunda ushbu koferment qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiruvchi, yosh bilan bog’liq o’zgarishlar va bir qator kasalliklarning oldini oluvchi, organizmning chidamliligini oshiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.

Uning boshqa nomlari – ubixinon, koenzim (yoki koferment) Q. Ko’pincha uni yoshlik vitamini va yurak vitamini deb atashadi.

Q-KUCH NIMADA namoyon bo’ladi?

Ubixinon nomi ubixitos so’zidan kelib chiqqan bo’lib, hamma joyda mavjud degan ma’noni anglatadi. Q10 haqiqatan ham inson organizmida har bir hujayra tarkibida muhim kimyoviy reaksiyalarning ishtirokchisi sifatida mavjud hisoblanadi.

Ubixinonlar hujayra membranalarini parchalanishdan va hujayra genetik apparatini tanazzulidan himoya qiluvchi kuchli antioksidantlar hisoblanadi. Oddiy antioksidantlardan (A, E vitaminlari, beta-karotin) farqli o’laroq, Q10ning faol shakli oksidlanmaydi va organizm tomonidan qayta tiklanadi, ya’ni Q10 molekulalari organizm tomonidan ko’p marta foydalaniladi. Qo’shimcha tariqasida, Q10 koenzimi E vitamini faolligini tiklaydi.

Ubixinonlar bizning quvvat tashuvchilarimizning bir turidir. Ular hujayra nafas olish jarayonida (oksidlanish reaksiyasi) ishtirok etadilar, natijada barcha hayotiy jarayonlar uchun zarur bo’lgan quvvat hosil bo’ladi (ATF sintezi).

Odatda, Q10 koenzimining maksimal miqdori eng ko’p energiya iste’mol qiladigan a’zolar hujayra mitoxondriyalarida uchraydi, shuning uchun moddalar almashinuvi juda faol bo’lgan yurak, jigar, buyraklar, oshqozon osti bezi ushbu modda tanqisligiga juda sezgir hisoblanadi. Yurak hujayralarida Q10 erkin radikallar darajasini pasaytirishga yordam berib, ateroskleroz rivojlanishini sekinlashtirishda muhim rol o’ynaydi.

Va, aksincha, ubixinon tanqisligi yoki Q10 koenzim tanqisligi organizm holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi: immunitet va asab tizimlari faoliyati yomonlashadi, qon tomirlari devorlari yupqalasha boshlaydi, milklar bo’shashadi, harakatchanlik o’rnini lanjlik va befarqlik egallaydi.

Olimlarning fikriga ko’ra, agar ichki a’zolarda Q10 koenzimining miqdori me’yorning 75% gacha kamaysa, inson betob bo’lishni boshlaydi. Xususan, Q10 tanqisligi bir qator jiddiy kasalliklarga (yurak-qon tomir, onkologik, ensefalopatiya, gipertoniya, mushak distrofiyasi, qandli diabet, parodontoz va boshqa patologiyalar) olib kelishi yoki ushbu kasalliklar kechish jarayonini yomonlashtirishi mumkin.

Organizm hujayralari normal faoliyati asosan erkin radikallar (molekulalarning anomal faol qismlari) va antioksidantlar (Q10, E vitamini) o’rtasidagi muvozanat bilan belgilanadi. Antioksidantlarning ta’siri qanchalik kuchli bo’lsa, organizm biologik jarayonlari shunchalik samarali bo’ladi, ya’ni erkin radikallarning «hujumlari» kuchsizroq bo’ladi.

«ITTIFOQCHILAR» KIMLAR?

Q10ning o’simlik manbalari – nish urgan bug’doy donlari, ishlov berilmagan guruch, kepak, loviya, ismaloq, yeryong’oq, yangi uzilgan mevalar, ba’zi sabzavotlar hisoblanadi. Tayyor shaklda odam bir qator oziq-ovqat mahsulotlaridan Q10 moddasini qabul qiladi: go’sht, sut, baliq va tuxumdan, xususan, mol go’shti (ayniqsa yurak va jigarda), qo’y go’shti, tovuq va quyon go’shti (yurak, jigar), makrel, sardina.

O’rta hisobda inson kuniga taxminan 5 mg Q10 koferment iste’mol qiladi, qolgan qismi asosan jigar hujayralari tomonidan sintezlanadi.

Inson organizmi Q10 ni oziq – ovqatdan kerakli miqdordagi vitaminlar – B1, B2, B6, C, foliy va pantoten kislotalarni qabul qilsagina ishlab chiqarishi mumkin. Ushbu vitaminlardan birortasi tanqisligi kuzatilsa, koenzim sintezi sustlashadi.

Q10 koenzimining antioksidant ta’sirini quyidagilar kuchaytiradi:

  • selen mikroelementi (birinchi navbatda sarimsoqda mavjud);
  • E vitamin, antioksidant xususiyatlarga ega hisoblanadi (Q10 koenzimining normal o’zlashtirilishi uchun zarur; bug’doy va qushqo’nmasda mavjud).

Shuning uchun, qo’l tegirmonida maydalangan bug’doy donidan tayyorlangan bo’tqa, qushqo’nmas salatlari va taomlarini taomnomaga kiritish juda foydali.

Q10 kimga tavsiya etiladi?
  • Katta yoshdagi odamlarga
  • Ayollarga
  • Katta shaharlar aholisiga
  • Sport bilan shug’ullanganda, faol turmush tarziga rioya qiluvchilar
  • Parhezga rioya qiluvchilar uchun

Organizmning KoQ10 sintez qilish qobiliyati yosh o’tishi bilan kamayadi va 30 yoshda uning tanqisligining turli darajalari kuzatila boshlaydi. Boshqa tomondan, qo’shimcha omillar ta’siri ostida moddaning sarf bo’lishi ortishi mumkin: og’ir jismoniy faollik, stress, zararli odatlar (masalan, chekish), tungi vaqtdagi ish faoliyati, ultrabinafsha nurlanish ta’siri ostida va hokazo holatlarda.

Q10 tanqisligi surunkali qandli diabet, o’pka surunkali obstruktiv kasalligi, jigarning surunkali shikastlanishi, endokrin tizimning buzilishi, jismoniy yoki ruhiy holatning buzilishi kabilar bilan namoyon bo’ladi.

Umuman olganda, KoQ10 miqdoriga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  • koenzim organizm tomonidan kam ishlab chiqiladi yoki haddan tashqari katta miqdorlarda sarf qilinadi;
  • tanqislik noto’g’ri ovqatlanish tufayli yuzaga keladi.

Agar organizmda Q10 sintezi kamaysa, quvvat ishlab chiqarish va hujayra tuzilmalarining xavfsizligi buziladi. Natijada tez charchash, faollik pasayishi paydo bo’ladi, yurak faolligi yomonlashadi, immunitet zaiflashadi.

FOYDALANISH UCHUN KO’RSATMALAR

Q10 koenzimi 30 yoshdan oshgan barcha sog’lom odamlar uchun organizmni mustahkamlash va yaxshilash, organizmning quvvati va hayotiyligini oshirish, erta qarishni va immunitet tizimi funksiyalarini kamayishini oldini olish uchun zarurdir.

Q10 koenzimi gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, surunkali charchoq sindromi, ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlari, milk kasalliklari (periodontal kasallik), o’simta kasalliklarida nur va kimyoviy terapiya kursida, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash uchun kompleks terapiya va profilaktika uchun qo’llaniladi.

Q10 koenzimi radioaktiv shikastlanish oqibatlarini davolashda, oksidlovchi stress va ortiqcha vaznda foydalidir.

Q10 koenzimi o’z go’zalligi haqida qayg’uruvchi ayollar uchun ham foydalidir. Q10 kollagen va elastin molekulasidan iborat bo’lgan «teri qoplamasi»ni buzilishidan himoya qiladi, ajinlar soni va chuqurligini kamaytiradi. Terini parvarish qilish uchun eng yaxshi kosmetik vositalar tarkibida Q10 mavjudligi bejiz emas.

KASALLIKLARNING OLDINI OLISH VA DAVOLASH

Q10 koenzimi tanqisligi hech qanday o’ziga xos belgilarga ega emas. Odatda ushbu tanqislik kuchli charchoq, diqqatning pasayishi, tez-tez shamollash, yurak faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Q10 koenzimi tanqisligini bartaraf etish uchun 30 yoshdan oshgan barchaga takibida Q10 koenzimi mavjud bo’lgan preparatlarni muntazam ravishda qabul qilish tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, endokrin kasalliklardan aziyat chekuvchilar, shuningdek, ushbu kasalliklarning rivojlanish xavfi yuqori bo’lganlar uchun to’g’ri keladi. Inson organizmida Q10 koenzimining miqdori 30 yoshdan keyin asta-sekin kamayadi. Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, degenerativ kasalliklar va qarishning rivojlanishi aynan shu omil bilan bog’liq hisoblanadi.

Zamonaviy tibbiyot KoQ10 ni qo’shimcha ravishda qabul qilishni tavsiya qiladi (bugungi kunda u Yaponiya, AQSh, Italiya, Germaniya va Shvetsiyada eng ko’p buyurilgan dorilar qatoriga kiradi). Hozirgi vaqtda KoQ10 biologik faol qo’shimcha shaklida ham, dori vositasi shaklida ham mavjud.

Q10 – organizm hujayralari tabiiy tarkibiy qismi hisoblanib, mos ravishda, nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarmaydi. Dozalash har bir holatda kasalliklarning tabiati va davolash turiga qarab belgilanadi. Biroq, ba’zi hollarda qarshi ko’rsatmalar mavjudligi sababli preparatni qabul qilishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish majburiydir!

Tanqislik oldini olishning eng oson usuli – dorixonada Q10 koenzimini kapsulalarda xarid qilishdir. Ushbu kuchli va xavfsiz ozuqaga qo’shimcha yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olish va davolash uchun, shuningdek umumiy quvvatlantiruvchi sifatida tengi yo’q vositadir. Uning milklar va tishlar salomatligini saqlashda, surunkali charchoq belgilari, har qanday turdagi allergik holatlarni bartaraf etishdagi ahamiyati bebahodir.

Profilaktik qabulning ahamiyati shundaki, u nafaqat yurak mushaklarining ishini yaxshilaydi, balki umrini uzaytiradi, insonni yoshlikdagi kabi baquvvat va faol bo’lishini ta’minlaydi.

Q10-organizmning biologik soati

Organizmda Q10 miqdori insonning biologik yoshini belgilaydi. Q10 miqdori qanchalik kam bo’lsa, inson biologik jihatdan shunchalik qari bo’ladi. Tajribalarlar va klinik izlanishlar natijalariga ko’ra, u geroprotektor xususiyatga –  qarishdan himoya xususiyatiga ega.

Q10 koenzimi umrini uzaytiribgina qolmay, balki uni quvvat, sog’lik, yoshlik bilan to’yintirishga, har qanday yoshdagi odamni hayotning zavq va quvonch hissi bilan to’ldirishga qodir.

O‘xshash mahsulotlar

LUTEIN OFTALMO

68 000 UZS
Savatga
NEW

BaktoLOR tab

73 000 UZS
Savatga

Ronoflor Relief

42 000 UZS
Savatga

Vitamiks Immuno

41 000 UZS
Savatga
NEW

Novoferrin

54 000 UZS
Savatga
-5%

Relakzen

60 000 UZS Original price was: 60 000 UZS.57 000 UZSCurrent price is: 57 000 UZS.
Savatga

IMMULOR (IMMULOR)

120 000 UZS
Savatga

Vitamixx Classic

49 000 UZS
Savatga
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?