Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • 0 UZS
    • Savatchada mahsulotlar yo'q.

  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Savatcha

    Savatchada mahsulotlar yo'q.

NEW
Bosh sahifa / Homiladorlik davri

Novoferrin

54 000 UZS

BIO TEMIR MANBAI

Nojo’ya ta’sirlarsiz!

Kattalar va 11 yoshdan katta bolalar uchun liposomali temir preparati

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Novoferrin

54 000 UZS

Bo'lim: Ayollar salomatligi, Homiladorlik davri, Yurak va qon tomirlari

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Novoferrin — asosi liposomali temir va C vitaminidan iborat noyob mahsulot. Novoferrin Lipofer liposomali kompleksi shaklida taqdim etilgan innovatsion va oson hazm bo’ladigan temir manbai hisoblanadi. Patentlangan texnologiya oshqozon va ichak shilliq qavatini bezovta qilish, jig’ildon qaynashi, metall ta’mi, ich kelishini buzilishi, tish emalining bo’yalishi kabi boshqa temir tarkibli preparatlarni qabul qilishda bo’ladigan nojo’ya ta’sirlarsiz temirning qabul qilinishini yuqori darajada ta’minlaydi.

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Temir tanqisligini bartaraf etish uchun qo’shimcha temir manbai sifatida.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

BFQ ba’zi komponentlarini individual o’zlashtira olmaslik.

Chiqarilish shakli

Blister o’ram 20 kapsuladan qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda karton qutiga joylashtirilgan.

SAQLASH SHAROITI

Bolalar tegmaydigan joyda, 25°C gacha bo’lgan haroratda.

YAROQLILIK MUDDATI

3 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000281

AFZALLIKLARI

Novoferrin – tarkibida temir mavjud bo’lgan yangi avlod preparati! Uning himoyalangan liposomali Lipofer shakli yuqori bio-hazm bo’lishni va nojo’ya ta’sirlarning yo’qligini ta’minlaydi!

Va nihoyat, uzoq muddat foydalanish uchun mos keladigan temir preparati paydo bo’ldi!

Novoferrin

  • Oshqozon-ichak shilliq qavatini bezovta qilmaydi va oshqozonda og’riqni keltirib chiqarmaydi
  • «Metall» ta’mini keltirib chiqarmaydi
  • Uzoq vaqt davomida qabul qilinishi mumkin
  • Homiladorlik va emizish davrida samarali va xavfsizdir
  • Temirning qabul qilinishini yuqori darajada ta’minlaydi — an’anaviy temir shakllariga qaraganda yaxshiroq so’riladi:
    • Temir fumarat — 4,7 marta
    • Temir pirofosfat — 3,5 marta
    • Temir sulfat — 2,7 marta
  • Yevropa moddasi hisoblangan Lipofer (Ispaniya) dan ishlab chiqariladi

BILASIZMI:

  • Temir deyarli barcha organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Hayvonlar organizmida temir asosan nafas olish jarayonida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadigan ko’plab fermentlar va oqsillarning bir qismi hisoblanadi. Odatda temir fermentlar tarkibiga gem deb ataluvchi kompleks sifatida kiradi. Xususan, ushbu kompleks gemoglobinda— kislorodning qon bilan inson va hayvonlarning barcha a’zolariga tashilishini ta’minlaydigan eng muhim oqsil va qonni o’ziga xos qizil rangga bo’yaydigan modda tarkibida mavjud.
  • Inson organizmida taxminan 5 gr temir mavjud. Ulardan 57% qon gemoglobini, 7% mushak miyoglobini, 16% to’qima fermentlari bilan bog’liq va 20% jigar, taloq, suyak iligi va buyraklarda saqlanadigan zaxiradir.
  • Inson organizmida mavjud temirning taxminan 70% gemoglobinning bir qismi hisoblanadi. Temir keyinchalik hujayralarga yetkaziluvchi kislorodni ushlab turishga imkon beradi. Temir mushaklarning miyoglobinida ham mavjud, va buning natijasida kislorod to’planishi hosil bo’ladi. Gem bo’lmagan temir (gemoglobin bilan bog’liq bo’lmagan) ko’plab modda almashinuv reaksiyalarida ishtirok etadi. Bu quvvat ishlab chiqarish, immunitet tizimining me’yoriy faoliyati va bolalar uchun normal aqliy rivojlanish uchun zarurdir.
  • Inson ehtiyojining kunlik me’yori taxminan 15 mg temirni tashkil qiladi. Organizm temirni sintez qila olmaydi. Shuning uchun ushbu moddani kunlik oziq-ovqat tarkibida qabul qilish kerak. Tabiatda hamma narsa uyg’undir: temirning so’rilish darajasi organizmdagi mavjud zaxiralarga (ferritin) qarab o’zgaradi. Bunday himoya tizimi ortiqcha temirning zaharli ta’siridan himoya qiladi, shuningdek, ayniqsa ayollarda uchraydigan temir tanqisligi bilan kurashadi.
  • JSST ma’lumotlariga ko’ra, tug’ish yoshidagi har uchinchi ayol kamqonlikdan aziyat chekadi. Va homilador ayollar orasida bu ko’rsatkich yanada yuqori. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, bu holatlarning yarmi temir tanqisligi (temir tanqisligi anemiyasi) bilan bog’liq.

QO’LLASH USULI

Ayollar va 11 yoshdan katta bolalar — kuniga 1 mahal 1 kapsuladan, yetarli darajada suv bilan, ovqatdan 1-2 soat oldin. Homilador ayollar — kuniga 2 mahal 1 kapsuladan.

Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarur holatlarda kurs takrorlanadi.

SAVOL – JAVOBLAR

NOVOFERRIN NIMA UCHUN ISHLAB CHIQILGAN?

Novoferrin organizmdagi temir tanqisligini to’ldirish uchun oson hazm bo’ladigan liposomali Lipofer kompleks shaklida, tarkibida temir mavjud bo’lgan ozuqaga biologik faol qo’shimcha (BFQ) sifatida ishlab chiqilgan.

LIPOSOMA NIMA VA U NIMA UCHUN FOYDALI?

Novoferrin tarkibida liposoma ichiga o’ralgan 3-valentli temir pirofosfat mavjud. Liposoma – bu barqaror sferik tuzilma bo’lib, uning qobig’i fosfolipidlarning ikki qatlamidan iborat va tabiiy hujayra membranalarining tuzilishini takrorlaydi. Yetkazib berish vositasi sifatida liposoma ikkita asosiy funksiyani bajaradi: ovqat hazm qilish traktida ta’sirga uchramasdan, to’g’ridan-to’g’ri ichakka singib ketadi va jigar hujayralariga yetib boradi, ferritin molekulalariga organizm tomonidan keyingi foydalanish uchun temirni beradi; liposoma oshqozon-ichak shilliq qavatini temirning salbiy ta’siridan himoya qiladi, buning natijasida temir preparatlarini qabul qilishda tez-tez uchraydigan nojo’ya ta’sirlardan saqlanish imkoniyatini beradi: jig’ildon qaynashi, oshqozon-ichak shilliq qavatini bezovta bo’lishi, ich kelishini buzilishi (qabziyat, ich ketishi), og’iz bo’shlig’i shilliq qavati va tish emalining bo’yalishi kabi.

TEMIR TANQISLIGI QANDAY NAMOYON BO’LADI VA NIMA UCHUN XAVFLI?

Temir gemoglobin oqsilini sintez qilish uchun zarur bo’lgan mineral bo’lib, u qizil qon tanachalari (eritrositlar) ichida joylashgan va inson tanasining barcha hujayralariga asosiy kislorod tashuvchi hisoblanadi. Temir mioglobin va nafas olish fermentlarida ham mavjud. Temir tanqisligi gemoglobin yetishmasligi va qizil qon tanachalarida uning miqdori kamayishi natijasida temir tanqisligi anemiyasini rivojlanishiga olib keladi. Temir tanqisligi qonning kislorod bilan normal boyitilishiga to’sqinlik qiladi va charchoq, loqaydlik va soch to’kilishi, mo’rt tirnoqlar, uyquchanlik, nafas olishning qiyinlishishi kabi alomatlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.

AN’ANAVIY TEMIR PREPARATLARI BILAN TAQQOSLAGANDA NOVOFERRINNING AfZALLIGI NIMADA?

Ko’pgina og’iz orqali qabul qilinuvchi temir preparatlari oshqozon va ichak shilliq qavatini bezovta qiluvchi ta’sirga ega, bu esa jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi, qorin og’rig’i, disbakterioz, qayt qilish, qabziyat, ich ketishi, tish emalini qora rangga bo’yalishiga olib keladi. Temir tanqisligini davolash uzoq davom etganligi sababli, ko’plab bemorlar nojo’ya ta’sirning namoyon bo’lishi sababli tarkibida temir mavjud dori vositalarini qabul qilishdan bosh tortishadi.

Novoferrinning asosiy «xususiyati» an’anaviy temir preparatlariga xos bo’lgan nojo’ya ta’sirlarning yo’qligida hisoblanadi. Novoferrin oshqozon-ichak shilliq qavatini bezovta qilmasdan liposomalarda temirni xavfsiz yetkazib berish texnologiyasidan foydalangan holda, nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarmasdan temirning yuqori xavfsizligi va bio-hazm bo’lishini ta’minlaydi.

HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA NOVOFERRINNI QABUL QILISH MUMKINMI?

Mumkin. Yuqori xavfsizlik darajasi va nojo’ya ta’sirlarning yo’qligi Novoferrinni homilador va emizikli ayollar uchun eng maqbul tanlov preparatiga aylantiradi.

MAHSULOT NIMADAN TAYYORLANADI?

Preparat Yevropa xom-ashyosidan (liposomali temir kompleksi- Lipofer) ishlab chiqariladi.

Novoferrin o’xshash turlari sotuvi butun dunyoda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda hamda Ispaniya va Italiya kabi ba’zi mamlakatlarda temir preparatlari reytingida 1-o’rinni egallaydi.

O‘xshash mahsulotlar

Mamavit Prenatal

106 000 UZS
Savatga

VAGILAKS

62 000 UZS
Savatga

Mamavit Laktatsiya

106 000 UZS
Savatga

Ronoflor Relief

42 000 UZS
Savatga
-5%

Relakzen

60 000 UZS Original price was: 60 000 UZS.57 000 UZSCurrent price is: 57 000 UZS.
Savatga

Q10 MAXX

144 000 UZS
Savatga

Ronoflor Forte

59 000 UZS
Savatga
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?