Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • 0 UZS
    • Savatchada mahsulotlar yo'q.

  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Savatcha

    Savatchada mahsulotlar yo'q.

Bosh sahifa / Bolalar

Vitamixx Classic

49 000 UZS

Vitamixx Classic

49 000 UZS

Bo'lim: Bolalar, Immunitet, Parhez, Sport va fitness, Uzoq umr

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Kompleks kattalar va 7 yoshdan yuqori bolalar uchun vitaminlar, yod, rux va selenga bo’lgan fiziologik ehtiyojni qondirish uchun ishlab chiqilgan.   

tarkibi

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMALAR
  • kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalarda gipo- va avitaminoz profilaktikasi, yod va rux mikroelementlari tanqisligida;
  • muvozanatlashtirilmagan va to’laqonli bo’lmagan ovqatlanishda, parxezlarda;
  • yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy zo’riqishlar, stress holatlarida;
  • vitaminlarga bo’lgan ehtiyojning ortishi bilan kuzatilgan holatlarda (o’sish davri, kasallik, tuzalish davri), tamaki mahsulotlarini chekish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, ovqat hazm qilish jarayoni buzilishlari (oshqozon-ichak kasalliklari, ich ketish), ekologiyasi buzilgan hududlarda yashash va boshqa holatlarda.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

BFQ komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 7 yoshgacha bo’lgan bolalar.

qo’llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun, suv bilan, ovqat paytida yoki undan keyin kuniga 1 kapsuladan 1 marta.

maxsus ko’rsatmalar

Qabul qilish dozasini oshirib yubormaslik maqsadida boshqa polivitamin komplekslari va tarkibida yod bo’lgan dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

chiqarlish shakli

Kapsulalar.

saqlash sharoiti

Bolalar qo’li yetmaydigan joyda 25 °С gacha bo’lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 001180/1

AFZALLIKLARI

Sinchiklab tanlangan Vitamiks Klassik tarkibi vitaminlar va eng muhim mikroelementlarning bir-biriga salbiy ta’sirini istisno qilgan holda ularni qabul qilishdan maksimal foyda olish maqsadida ishlab chiqilgan. Bizning taomnomamiz o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda eng muhim vitaminlar va minerallar tanqisligini to’ldiradi.

  • Tarkibida 7 ta vitamin, yod, rux va selen mavjud
  • Shvetsariya moddalaridan ishlab chiqariladi.
  • Tarkibida yodning mukammal dozasi
  • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, rang beruvchi moddalar va aromatizatorlar mavjud emas.
  • Kuniga 1 dona kapsula vitaminlar va mikroelementlarga bo’lgan kunlik ehtiyojni qondiradi.

BILASIZMI:

Kasalliklarning oldini olish ularni davolash xarajatlaridan doim arzonroq. Shu nuqtai nazardan, vitamin – mineral komplekslarni muntazam ravishda qabul qilish sog’lig’ingizga eng yaxshi sarmoyadir!

QO’LLASH USULI

Ichga qabul qilish uchun, suv bilan, ovqat paytida yoki undan keyin kuniga 1 kapsuladan 1 mahal.

Tarkibida vitaminlar va minerallarning ortiqcha miqdori mavjud emasligi sababli uzoq muddatli profilaktik foydalanish uchun mos keladi.

SAVOL – JAVOBLAR

VITAMIks kLASSik NIMA UCHUN ISHLAB CHIQILGAN?

VITAMIKS KLASSIK sog’liqni, yaxshi kayfiyatni saqlash, shuningdek organizmni atrof-muhitning salbiy omillari ta’siridan himoya qilish uchun kerak bo’lgan eng muhim moddalar – vitaminlar va yod tanqisligini to’ldirish uchun ishlab chiqilgan. VITAMIKS KLASSIK vitaminlar va mikroelementlarning muvozanatlashtirilgan tarkibi salomatlikka kundalik g’amxo’rlik va immunitetni mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan bo’lib, uning universalligi va barcha oila a’zolari tomonidan qabul qilinishi mumkinligi esa VITAMIKS KLASSIKni haqiqiy «oilaviy» vitamin kompleksiga aylantiradi.

VITAMIks kLASSIkNI QABUL QILISHDAN OLDIN U HAQIDA NIMANI BILISHIM KERAK?

VITAMIKS KLASSIK kattalar va 7 yoshdan yuqori bolalar uchun vitaminlar va minerallarning qo’shimcha manbai sifatida so’nggi ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda yetakchi tibbiyot mutaxassislarining tavsiyalari va maslahatlari asosida ishlab chiqilgan. VITAMIKS KLASSIK – bu ozuqaga qo’shimcha ko’rinishidagi vitamin-mineral kompleksi hisoblanib, vitaminlar va yodga bo’lgan fiziologik ehtiyojni qondirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. VITAMIKS KLASSIK 7 ta vitamin va 3 ta mikroelementlardan iborat sinchiklab tanlangan va optimal tarkibga ega. Preparat tarkibida ushbu sinfdagi ko’plab preparatlarda mavjudligi yuqori samaradorlikka ega bo’lmagan ba’zi makro- va mikroelementlar mavjud emas. VITAMIKS KLASSIK boshqa multivitamin komplekslarni qabul qilishni to’liq o’rnini bosa oladi. Shuningdek, VITAMIKS KLASSIK shifokor qo’shimcha kalsiy, magniy yoki temir kabi preparatlarni qabul qilishni buyurgan hollarda ham qulaydir. Shuni ta’kidlash joizki, Vitamiks seriyasidagi barcha preparatlarda ma’lum bir nutrientlarning o’ta yuqori dozalari mavjud emas. Aksincha, biz xavfsiz, o’rtacha va ratsional miqdordagi vitamin va mikroelementlarning muvozanatlashtirilgan tarkibiga e’tibor qaratamiz. Ushbu yondashuv sog’lom ovqatlanish sohasidagi mutaxassislar tomonidan ham qo’llab-quvvatlanadi.

VITAMiks kLASSIkNI TAVSIYA ETILGAN QABUL QILISH DAVOMIYLIGI QANCHA?

Mutaxassislarning so’nggi tavsiyalariga ko’ra, vitamin komplekslarni tavsiya etilgan kunlik me’yorlarga javob bersagina yil davomida, uzilishlarsiz (yaponiyaliklar bunga misol bo’lishi mumkin) qabul qilish mumkin. VITAMIKS KLASSIK tarkibi barcha komponentlarning xavfsiz miqdorini o’z ichiga olganligi sababli doimiy qabul qilish uchun ideal darajada muvozanatlashtirilgan.

VITAMIks KLASSIKNI QACHON VA QANDAY QABUL QILISH KERAK?

VITAMIKS KLASSIK ovqat paytida yoki ovqatdan keyin suv yoki issiq bo’lmagan har qanday ichimlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatni oziq-ovqat bilan qabul qilish vitaminlarning yaxshiroq so’rilishiga yordam beradi.

NIMA UCHUN VITAMIks kLASSIk TARKIBIDA FAQAT 3 TA MIKROELEMENT MAVJUD?

Bizning komplekslarimiz tarkibida yod, rux va selen mavjudligi bejiz emas. Yod va rux moddalari tanqisligi mintaqamizda keng tarqalgan va ushbu moddalar eng muhim mikroelementlar hisoblanadi. Selen organizmning antioksidant himoya elementi sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, ushbu mikroelementlarning mahsulot tarkibiga kiritilishi vitaminlarning o’zaro bog’liqligi va mumkin bo’lgan salbiy ta’sir o’tkazishi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarmaydi, bu esa bizning komplekslarimiz samaradorligining asosiy omili hisoblanadi – axir, bu vitaminlar har qanday vitamin va mineral kompleksning asosiy tarkibiy qismlari ekanligini unutmang.

VITAMIks kLASSIkNI BOSHQA DORILAR BILAN BIRGA QABUL QILISH MUMKINMI?

Umumiy qoida sifatida VITAMIKS KLASSIKni boshqa dorilar bilan birga qo’llash mumkin, chunki preparat tarkibida o’rtacha miqdordagi vitaminlar va minerallar mavjud. Ammo, agar siz allaqachon tarkibida vitaminlar bo’lgan biron bir dori vositasini qabul qilayotgan bo’lsangiz, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashish maqsadga muvofiqdir.

VITAMIKS KLASSIK BILAN QO’SHIMCHA YOD PREPARATLARINI QABUL QILISH KERAKMI?

VITAMIKS KLASSIK tarkibida allaqachon yetarli miqdordagi yod mavjud, shuning uchun qo’shimcha yod qabul qilish shart emas.

VITAMIKS KLASSIKNI QABUL QILISHDA NOJO’YA TA’SIRlar mavjudmi?

Umuman olganda, VITAMIKS KLASSIK tavsiya etilgan dozalarda qo’llanilsa, deyarli hech qanday nojo’ya ta’sirga ega emas. Ammo kamdan-kam holatlarda preparat tarkibiy qismlariga nisbatan allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Ba’zida, och qoringa vitamin-mineral komplekslarni qabul qilishda oshqozon sohasida noqulaylik hissi paydo bo’lishi mumkin. Riboflavin borligi sababli siydik sariq rangga bo’yalishi mumkin, bu mutlaqo zararsizdir.

VITAMIks kLASSIk QANDAY komponentlardan ishlab chiqariladi?

VITAMIKS KLASSIK dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi komponentlaridan ishlab chiqarilgan. Masalan, vitaminlar premiksi Shvetsariyadan – vitaminlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi yetakchi – DSM Nutritional Products (Roche Vitamins) kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchilar haqida batafsil ma’lumotni «Hamkorlar» bo’limida o’qing.

O‘xshash mahsulotlar

Ronoflor Kids

47 000 UZS
Savatga
NEW

BaktoLOR tab

73 000 UZS
Savatga

Bifilaks Relif

42 000 UZS
Savatga

BaktoLOR

51 000 UZS
Savatga

Bifilaxx Baby

47 000 UZS
Savatga

Vitamiks Immuno

41 000 UZS
Savatga

Ronoflor Relief

42 000 UZS
Savatga

IMMULOR (IMMULOR)

120 000 UZS
Savatga
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?