OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
www.bio.uz

INTERNET-DO’KONI

Mazkur Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga (xaridorlarga) mahsulotlarni www.bio.uz sayti orqali internet-do’konda masofadan turib sotish to’g’risidagi ommaviy oferta (Pharmaxx International MChJ sotuvchisining taklifi) hisoblanadi.

Pharmaxx International MCHJ sotuvchisidan www.bio.uz saytida taqdim etilgan mahsulotlarga buyurtma bergan shaxs, ushbu oferta shartlarini qabul qilgan va sotuvchi bilan unda belgilangan shartlar asosida mazkur Shartnomani tuzgan (ushbu sotuvchi ofertasini qabul qilgan) deb hisoblanadi.
Xaridor o’zi uchun qulay bo’lgan har qanday vaqtda ushbu Oferta shartnomasining shartlarini qabul qilish (va sotuvchidan mahsulotlarni buyurtma qilish) huquqiga ega.

Hurmatli xaridor,

Agar Siz mazkur ommaviy Oferta shartnomasining matni yoki uning alohida bandlari bilan rozi bo’lmasangiz, sotuvchi sizga sotuvchidan Mahsulotlarni sotib olishdan bosh tortishni taklif qiladi.

 

Agar Siz sotuvchi mahsulotlariga buyurtma bergan bo’lsangiz, mazkur Shartnomaning barcha shartlarini so’zsiz qabul qilganingizni anglatadi va bu bilan siz sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hamkorlik shartlariga to’liq rioya qilishni o’z zimmangizga olasiz.

Pharmaxx International MChJ, joylashgan joyi: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100016, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30, bundan buyon matnda «Sotuvchi» deb yuritiladi, nomidan Nizom va litsenziyalar asosida faoliyat yurituvchi Pharmaxx International MChJ bir tomondan va Xaridor, sotuvchidan www.bio.uz saytida taqdim etilgan mahsulotlarga buyurtma bergan, ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb nomlanadi, mazkur Oferta shartnomasini quyidagilar to’g’risida tuzdilar:

  1. Shartnoma predmeti:
    1.1. Sotuvchi www.bio.uz saytida taqdim etilgan va Xaridor tomonidan buyurtma berilgan Mahsulotni masofaviy savdo orqali Xaridorning mulkiga o’tkazishni o’z zimmasiga oladi, Xaridor esa o’zi tomonidan buyurtma qilingan Mahsulotni ushbu shartnomaga muvofiq tartibda va shartlarda qabul qilish va to’lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
    1.2. Oldi-sotdi jarayonida mazkur Shartnoma bo’yicha Tomonlar o’rtasidagi hamkorlikning ayrim shartlari bajarilmagan taqdirda, Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga bo’ysunadilar.
    1.3. Sotuvchi mazkur Shartnomaga o’zgartirishlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi.
    1.4. Mazkur Shartnomaning amaldagi tahririyati quyidagi internet-manzili bo‘yicha joylashgan: https://www.bio.uz/oferta/
    1.5. Agar mazkur Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, saytga joylashtirilgan ma’lumotlar keng jamoatchilik uchun ochiq.
  2. Mazkur Shartnomada va Tomonlarning hamkorlik doirasida qo’llanilgan tushunchalar va atamalar:
    Sayt – Sotuvchiga tegishli boʻlgan, Internet tarmogʻida www.bio.uz manzilida joylashgan, Sotuvchi tomonidan xarid uchun taklif etilayotgan Mahsulotlar, shuningdek ushbu Mahsulotlarni Xaridorlarga yetkazib berish va Mahsulot uchun haq to’lash shartlari koʻrsatilgan Internet-sayt. Sayt Sotuvchining internet-do’koni hisoblanadi.
    Mahsulot – haqiqiy mahsulotlar – Sotuvchining Saytida sotish uchun taqdim etilgan mahsulot turlari.
    Xaridor – www.bio.uz saytida Saytda ko’rsatilgan va Sotuvchida mavjud bo’lgan Mahsulotlarni sotib olish uchun Buyurtma bergan Foydalanuvchi.
    Buyurtma – Xaridorning saytda tanlangan va Sotuvchida mavjud bo’lgan Mahsulotlarni sotib olish, shuningdek ularni Saytning «Yetkazib berish» bo’limida ko’rsatilgan shartlar asosida Xaridor tomonidan ko’rsatilgan manzilga yetkazib berish to’g’risida tegishli ravishda rasmiylashtirilgan so’rovi.
  3. Buyurtmani rasmiylashtirish va Mahsulotlarni sotish shartlari
    3.1. Mahsulotlarga Buyurtma berish Xaridor Saytda ro’yxatdan o’tganidan so’ng Sayt xizmatidan foydalanish orqali yoki telefon orqali (majburiy ro’yxatdan o’tmasdan) amalga oshirilishi mumkin.
    3.2. Mahsulotlarga har qanday tarzda buyurtma berishda Xaridor Sotuvchi tomonidan belgilangan Buyurtmani amalga oshirish va Mahsulotni sotish shartlariga rozi bo’ladi. Xaridor Saytda yoki telefon orqali buyurtma berishda Buyurtmani amalga oshirish va Mahsulotni sotish shartlariga rozi bo’ladi.
    3.3. Saytda taqdim etilgan barcha axborot ma’lumot uchun taqdim etilgan bo’lib, Mahsulotlarning o’ziga xosligi va xususiyatlari, shu jumladan hajmi, rangi, shakli to’g’risida aniq ma’lumotlarni to’liq yetkaza olmaydi. Agar Xaridorda Mahsulotlarning o’ziga xosligi va xususiyatlariga oid savollar paydo bo’lsa, Xaridor buyurtma berishdan oldin qo’shimcha tushuntirishlar uchun Sotuvchiga murojaat qilishi shart. Xaridor tomonidan Mahsulotga buyurtma berish Xaridorni Mahsulot bilan yetarlicha va to’liq tanishganligini anglatadi.
    3.4. Sayt orqali Buyurtma berish uchun Xaridor buyurtma qilinayotgan Mahsulot va uning miqdorini qayd etishi kerak, so’ngra Buyurtma berish uchun Sayt xizmatining ko’rsatmalariga amal qilishi lozim.
    Telefon orqali buyurtma berish uchun Xaridor Saytda ko’rsatilgan Sotuvchi aloqa markazining telefon raqamidan foydalanishi va buyurtmani qabul qiluvchi operatorga buyurtma qilingan mahsulot nomi va/yoki artikuli hamda uning miqdorini, shuningdek zarur aloqa ma’lumotlarini og’zaki ravishda yetkazishi shart.
    Sotuvchining aloqa markazi orqali qabul qilingan buyurtmalar Sotuvchi Saytida ko’rsatilgan bonus va jamg’arma chegirmalari tizimida ishtirok etmaydi va Xaridorning Buyurtmalari, hatto u ilgari Buyurtmalarni Sotuvchi Saytida mustaqil ravishda rasmiylashtirgan bo’lsa ham, Buyurtmalar tarixida aks etmaydi. Xaridor mustaqil ravishda amalga oshirilgan Buyurtma raqamini yoki Sotuvchi ma’lumotlar bazasida o’zining mijoz raqamini ko’rsatgan holatlar bundan mustasno.
    Xaridor Buyurtmani joylashtirishda Sotuvchi tomonidan Xaridor oldidagi majburiyatlarni to’g’ri bajara olmasligiga sabab bo’luvchi noto’g’ri ma’lumotlarning taqdim etilganligi uchun to’liq javobgar bo’ladi.
    3.5. Mahsulotga buyurtma berishda shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali Xaridor ularni sotuvchi tomonidan ishlov berilishiga, shu jumladan sotuvchi tomonidan Mahsulotlar va xizmatlarni ilgari surish maqsadida ishlov berilishiga rozilik bergan hisoblanadi.
    3.6. Xaridorning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Sotuvchi Saytda ro’yxatdan o’tgan Xaridor haqidagi ma’lumotlarni himoya qilish uchun barcha mavjud va qonuniy choralar va usullarni ko’rgan holda, Xaridorning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan uchinchi shaxslarning harakatlari uchun javobgar emas.
    3.7. Ushbu oferta shartnomasini qabul qilish orqali Xaridor Sotuvchi tomonidan Xaridorning elektron pochtasi va mobil telefoniga axborot xabarlari, shu jumladan reklama xabarlarini yuborishga roziligini bildiradi. Xaridor yozma ravishda Sotuvchining elektron pochtasiga xabar berish orqali rad etish sabablariga izoh bermagan holda reklama va boshqa ma’lumotlarni qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega. Xaridorni buyurtma va uni qayta ishlash bosqichlari to’g’risida xabardor qiladigan xizmat xabarlari Sotuvchi tomonidan avtomatik ravishda yuboriladi va bu kabi xabarlar foydalanuvchi tomonidan rad etilishi mumkin emas. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini Sotuvchi tomonidan ishlov berilishiga va Sotuvchi tomonidan Xaridorga axborot xabarlari, shu jumladan reklama xabarlarini yuborishga roziligi Xaridor mazkur Oferta shartnomasi shartlarini Sotuvchi saytida belgilangan tartibda qabul qilingan paytdan boshlab Sotuvchi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
    3.8. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari uchun javobgar emas.
    3.9. Buyurtma rasmiylashtirilganidan so’ng, Xaridorga telefon orqali yetkazib berishning taxminiy sanasi to’g’risida ma’lumot beriladi. Mazkur Buyurtmaga xizmat ko’rsatuvchi Sotuvchining vakili Buyurtma tafsilotlarini, Buyurtma tarkibini (tanlangan hajm, o’lchamlar va ranglarni ko’rsatgan holda) yetkazib berish sanasi va buyurtmaga ishlov berish va yetkazib berish uchun zarur bo’lgan vaqtni belgilaydi.
    3.10. «Mahsulot vaqtincha mavjud emas» yozuvi bilan belgilangan mahsulotga Sayt xizmatlari va telefon orqali buyurtma berish mumkin emas.
    3.11. Agar Xaridor «Mahsulot vaqtincha mavjud emas» belgisiga ega bo’lmagan Mahsulotga buyurtma bergan bo’lsa, lekin Xaridor ushbu buyurtmani amalga oshirayotgan paytda Mahsulot Sotuvchining omborida yo’q bo’lsa, Sotuvchi ro’yxatdan o’tish vaqtida Xaridor tomonidan ko’rsatilgan manzilga tegishli elektron xabarni yuborish yoki sotuvchining vakili qo’ng’irog’i yordamida xaridorni xabardor qilish orqali ushbu Mahsulotni buyurtmadan chiqarish va/yoki Xaridorning buyurtmasini bekor qilish huquqiga ega.
    3.12. To’liq yoki qisman oldindan to’langan buyurtma bekor qilingan taqdirda, bekor qilingan Mahsulotlarning qiymati sotuvchi tomonidan xaridorga arizada ko’rsatilgan rekvizitlar bo’yicha naqd pulsiz shaklda qaytariladi.
    3.13. Sotuvchi o’z omborida Saytda taqdim etilgan barcha Mahsulotlarni ta’minlash uchun barcha mumkin bo’lgan qonuniy choralarni ko’radi.
    3.14. Sotuvchi Xaridor tomonidan Mahsulotda nuqsonlar mavjudligi bilan bog’liq bo’lmagan sabablarni ko’rsatgan holda ilgari 2 yoki undan ortiq marta rad etilgan Mahsulot mavjud bo’lgan Xaridorning Buyurtmalarini bekor qilishga haqli.
    3.15. Agar Xaridor tomonidan avvalgi Buyurtmalar rasmiylashtirilgan va qabul qilinmagan bo’lsa, Sotuvchi Buyurtmani rad etish huquqiga ega.
    3.16. Agar sotuvchining fikriga ko’ra, ilgari Xaridor tomonidan sotuvchiga nisbatan ishonchsizlik holatlari kuzatilgan bo’lsa, Sotuvchi Xaridorga har qanday keyingi Buyurtmani rasmiylashtirishni va Mahsulotni sotishni rad etishga haqlidir. Ishonchsizlik holatlari deganda Xaridorning nojo’ya xatti-harakati, xaridorning tashabbusi va/yoki nomidan da’volar, sud nizolari mavjudligi, Xaridor tomonidan sotuvchiga sifatli Mahsulotlarni takroriy ravishda qaytarish va boshqa holatlar tushuniladi.
    3.17. Buyurtmalar Sotuvchi tomonidan to’lov shartlari bo’yicha buyurtma berish paytida Sotuvchining saytida ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Sotuvchi aksiyalarni, arzonlashtirilgan sotuvlarni va boshqa tadbirlarni amalga oshirayotganda, ayrim turdagi Mahsulotlarni kamaytirilgan (aksiya) qiymatida sotishda Sotuvchi tomonidan mazkur Mahsulotlar har bir Xaridor uchun son bo’yicha cheklanishi mumkin.
  4. Buyurtmani yetkazib berish:
    4.1. Mahsulotlarni yetkazib berish usullari saytda «Yetkazib berish va to’lov» bo’limida https://bio.uz/oplata-i-dostavka/ manzilida ko’rsatilgan.
    4.2. Yetkazib berish xizmati Sotuvchining alohida xizmat turi hisoblanadi. Yetkazib berish Xaridor tomonidan sotib olinayotgan Mahsulotning ajralmas qismi emas.
    4.3. Saytda taqdim etilgan Mahsulotlarni yetkazib berish hududi O’zbekiston Respublikasi chegaralari bilan cheklangan.
    Buyurtmalarni yetkazib berish Sotuvchi tomonidan tegishli vakolatli vakillari orqali to’g’ridan-to’g’ri buyurtma berish paytida Xaridor tomonidan ko’rsatilgan manzilga amalga oshiriladi.
    4.4. Xaridor yetkazib berish usulini buyurtma berish vaqtida sotuvchi tomonidan taklif qilingan usullardan mustaqil ravishda tanlaydi. Yetkazib berish muddati Sotuvchining vakili Xaridorga qo’ng’iroq qilgan vaqtda tomonlar o’rtasida kelishib olinadi.
    4.5. Yetkazib berish narxi buyurtma narxiga, Mahsulot og’irligiga, viloyat va yetkazib berish usuliga, shuningdek (agar kerak bo’lsa) to’lov shakliga qarab yakka tartibda hisoblab chiqiladi va Buyurtmani rasmiylashtirish so’nggi bosqichida Saytda ko’rsatiladi.
    4.6. Yetkazib berishda Buyurtma xaridorga yoki Buyurtmada Qabul qiluvchi sifatida ko’rsatilgan uchinchi shaxsga topshiriladi (bundan keyin Xaridor va uchinchi shaxs «Qabul qiluvchi» deb nomlanadi). Agar yuqorida ko’rsatilgan shaxslar tomonidan naqd pul shaklida to’langan Buyurtmani qabul qilishning iloji bo’lmasa, Buyurtma buyurtma to’g’risidagi ma’lumotlarni (jo’natma raqami va/yoki Qabul qiluvchining to’liq ismi) taqdim eta oladigan, shuningdek Buyurtmani yetkazib beruvchi shaxsga Buyurtma narxini to’liq to’lay oladigan shaxsga topshirilishi mumkin.
    4.7. Firibgarlik holatlarining oldini olish, shuningdek majburiyatlarni bajarish uchun, oldindan to’lov amalga oshirilgan buyurtmani topshirishda, buyurtmani yetkazib beruvchi shaxs qabul qiluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishga, shuningdek buyurtma to’lov topshiriqnomasida qabul qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatning turi va raqamini ko’rsatishga haqlidir.
    4.8. Mahsulotga egalik qilish, shuningdek Mahsulotning tasodifiy nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi Xaridorga quyidagi holatlarda o’tadi:
    – Buyurtma Xaridorga yoki uning vakolatli qabul qiluvchisiga berilgan paytdan boshlab;
    – yoki Mahsulot Qabul qiluvchi tomonidan pochta aloqasi bo’limida qabul qilingan paytdan boshlab.
    Yetkazib berish xizmati, Sotuvchining alohida xizmati sifatida, Qabul qiluvchi Mahsulotni qabul qilgan vaqtda tugallanadi.
    4.9. Xaridor tomonidan ko’rsatilgan manzilga Sotuvchi yetkazib berish xizmati orqali Buyurtmani qabul qilishning o’ziga xosligi:
    Xaridor yoki uning vakolatli qabul qiyluvchisi yetkazib berilgan Mahsulotni tekshirishi va uning belgilangan miqdorda ekanligi, Mahsulot turi va to’liqligiga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek yetkazib berilgan Mahsulotning xizmat qilish muddati va qadoq o’ramining yaxlitligini tekshirishi shart.
    Yetkazib berish xizmati xodimi Qabul qiluvchining manzilida 10 daqiqadan ortiq qolmasligi kerak.
    4.10. Buyurtmani pochta aloqasi bo’limlaridan qabul qilishning o’ziga xosligi:
    Pochta aloqasi bo’limida Buyurtmani qabul qilganidan hamda yetkazib berilgan Mahsulot uchun to’lovni amalga oshirgandan so’ng, Qabul qiluvchi yetkazib berilgan Mahsulotni ko’zdan kechirishi va pochta xodimlari ishtirokida Mahsulotni belgilangan miqdorda ekanligi, Mahsulot turi va to’liqligiga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek yetkazib berilgan Mahsulotning xizmat qilish muddati va qadoq o’ramining yaxlitligini tekshirishi shart.
    Yetkazib berilgan Mahsulotga nisbatan da’volar (Mahsulot belgilangan miqdorda emasligi, Mahsulot jo’natma qaydnomasida ko’rsatilgan Mahsulotdan farq qilishi, ishlab chiqarishdagi nuqson, boshqa da’volar) mavjud bo’ lgan taqdirda Qabul qiluvchi ko’rsatmasiga binoan O’zbekiston pochtasi xodimlari tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklar to’g’risida dalolatnoma tuziladi.
    Agar Qabul qiluvchi tomonidan yuqorida keltirilgan tartibda da’vo qabul qilinmagan bo’lsa, Sotuvchi Mahsulotni yetkazib berish bo’yicha majburiyatini to’liq va to’g’ri bajargan deb hisoblanadi.
    Pochta xizmati orqali yetkazib berilgan Mahsulotga nisbatan da’volar mavjudligi sababli ushbu Mahsulot qaytarilgan taqdirda, Qabul qiluvchi qaytarilgan Mahsulotni o’z ichiga olgan Jo’natmaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi shart:
    – to’lovni qaytarish uchun ariza;
    – aniqlangan nomuvofiqliklar dalolatnomasining nusxasi;
    – Jo’natma qaydnomasi nusxasi.
    4.11. Mahsulotni qabul qilib olgach va to’lovlar amalga oshirilgandan so’ng Sotib olingan Mahsulot sifatiga oid kelib chiqqan da’volar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga va sotuvchining kafolat majburiyatlariga muvofiq ko’rib chiqiladi. Shu munosabat bilan Mahsulotni yetkazib berish bilan sotib olish Xaridorga kafolatli xizmat ko’rsatish yoki almashtirish maqsadida sotib olingan Mahsulotni yetkazib berishni talab qilish huquqini bermaydi, Xaridor manziliga borish orqali kafolatli xizmat ko’rsatish yoki Mahsulotni almashtirish imkonini bermaydi, hamda Xaridor “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunga muvofiq, Mahsulot uchun pulni qaytarish huquqiga ega bo’lgan hollarda, Mahsulotni yetkazib berish narxini qaytarish imkoniyatini anglatmaydi.
    4.12. Yetkazib berishda kechikishlar Sotuvchining aloqasi bo’lmagan kutilmagan holatlar tufayli sodir bo’lishi mumkin.
    4.13. Buyurtma yetkazib berilmagan taqdirda, Xaridor Buyurtmasi bo’yicha Mahsulotning yo’qolganligi to’g’risidagi tasdiqnomani Sotuvchi o’z vakilidan olganidan so’ng, Sotuvchi Xaridorga oldindan to’langan Buyurtma va yetkazib berish narxini to’liq miqdorda qoplaydi.
  5. Mahsulot narxi va Buyurtma uchun to’lov shartlari:
    5.1. Tomonlar o’rtasidagi barcha hisob-kitoblar so’mda amalga oshiriladi.
    5.2. Mahsulot narxi saytda ko’rsatiladi.
    5.3. Saytda taqdim etilgan Mahsulot narxi Sotuvchi tomonidan bir tomonlama tartibda o’zgartirilishi mumkin. Shu bilan birga, Xaridor tomonidan buyurtma qilingan Mahsulot narxi o’zgatirilishi mumkin emas.
    5.4. Sotuvchi tomonidan Mahsulotning alohida (yoki barcha) turlariga chegirma belgilanishi mumkin (Xaridor ushbu Mahsulot turlariga Buyurtma qilish paytida amal qilishi mumkin bo’lgan aktsiya). Chegirmadagi Mahsulot narxi saytda ko’rsatiladi.
    5.5. Xaridor Buyurtma uchun to’lovni Saytda ko’rsatilgan usullaridan birini tanlash orqali amalga oshiradi.
    Sotuvchining ixtiyoriga ko’ra, muayyan Xaridor uchun Buyurtmani rasmiylashtirishda naqd pulsiz mablag’lar orqali Buyurtma uchun 100% oldindan to’lov mavjud bo’lishi mumkin.
  6. Mahsulotlarni almashtirish va qaytarish:
    6.1. Mahsulotni qaytarish “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunda (agar Mahsulotni sotib oluvchi jismoniy shaxs bo ‘lsa), shuningdek O’zbekiston Respublikasining boshqa amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
    6.2. Xaridor buyurtma qilingan mahsulotni qabul qilishdan oldin istalgan vaqtda rad etishga haqlidir.
    6.3. Nomaqbul sifatga ega Mahsulotni qaytarish kafolat muddati davomida amalga oshiriladi, agar Mahsulot kafolat muddati belgilanmagan bo’lsa – “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun qoidalariga amal qilgan holda – agar Mahsulotdan foydalanilmagan bo’lsa, mahsulot ko’rinishi, iste’mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan bo’lsa, qadog’i (agar qadoq Mahsulot qismi sifatida keltirilgan bo’lsa) saqlanib qolgan bo’lsa, shuningdek kassa cheklari (chekning yo’qligi, Xaridorga boshqa qaytarish shartlariga rioya qilgan holda Mahsulotni qaytarish talablarini qondirishdan bosh tortish uchun asos bo’lmaydi) mavjud holatlarda amalga oshiriladi.
    6.4. Sotuvchi, agar mahsulotdan foydalnilganlik holati aniqlanganda va/yoki Mahsulotda mexanik shikastlanishlar (yoriqlar, tirnalishlar, chiplar) kuzatilsa, Mahsulotni qaytarishni rad etishga haqlidir, buning uchun bahsga sabab bo’lgan mahsulot ekspertiza uchun Sotuvchining bosh ofisiga qaytariladi.
    6.5. Sotuvchi Mahsulot uchun to’langan pul mablag’larni Xaridordan qaytarilayotgan Mahsulotga ilova qilingan tegishli talab qaydlari olingan paytdan e’tiboran 10 kalendar kun ichida qaytaradi.
    6.6. Nomaqbul sifatga ega Mahsulot deganda nuqsonli va o’z vazifa sifatlarining bajarilishini ta’minlay olmaydigan mahsulot tushuniladi. Saytdagi tavsifda keltirilgan ko’rinish yoki bezak elementlari va haqiqiy mahsulot o’rtasidagi farq Mahsulotning sifatsizligi yoki Mahsulot yaroqsizligi belgisi emas.
    6.7. Nomaqbul sifatga ega Mahsulot sotilgan Xaridor (agar uning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ko’rsatilmagan bo’lsa) o’z xohishiga ko’ra sotuvchidan quyidagi harakatlardan birini bajarishni talab qilishga haqlidir:
    – sifatsiz Mahsulotni tegishli sifatli Mahsulot bilan almashtirish;
    – sifatsiz Mahsulot narxining mutanosib ravishda pasaytirish;
    – Mahsulot kamchiliklarini bepul bartaraf etish (agar bunday kamchiliklarni bartaraf etish mumkin bo’lsa);
    6.9. Mahsulot xususiyatlariga ko’ra mavjud nuqsonlarni yo’q qilish imkoni bo’lmagan holatlarda, Xaridor o’z xohishiga ko’ra bunday Mahsulotni tegishli sifatli Mahsulot bilan almashtirishni yoki Mahsulot narxining mutanosib ravishda pasaytirilishini talab qilishga haqlidir.
    6.10. Xaridor talabiga binoan Mahsulotni Sotuvchi tomonidan almashtirilishi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunda nazarda tutilgan holatlarda, shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
    6.12. O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va qo’llaniladigan boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan Mahsulotlar almashtirilmaydi.
    6.13. Agar Xaridor Mahsulotni almashtirish to’g’risida murojaat qilganda, shunga o’xshash Mahsulot Sotuvchida mavjud bo’lmasa, Xaridor ko’rsatilgan mahsulot uchun to’langan pul miqdorini qaytarishni talab qilishga haqlidir.
    6.14. To’lovni qaytarish to’langan Mahsulotlar qiymatini bank kartasiga qaytarish orqali amalga oshiriladi.
  7. Tomonlar majburiyatlari.
    7.1. Sotuvchi sotib olingan Mahsulotdan noto’g’ri foydalanish natijasida Xaridorga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.
    7.2. Sotuvchi Xaridor tomonidan saytda ommaviy shaklda taqdim etilgan ma’lumotlar uchun javobgar emas.
    7.3. Har qanday holatda ham, mazkur Shartnoma bo’yicha Sotuvchining umumiy javobgarligi, oferta Shartnomasi yoki uning bajarilishi bo’yicha har qanday da’vo yoki noroziliklar bo’yicha, Xaridor tomonidan sotuvchiga tegishli Buyurtma uchun to’langan to’lov miqdori bilan cheklanadi va agar uning harakatlarida ayb bo’lsa, javobgarlik Sotuvchiga yuklanadi.
    7.4. Sotuvchi Xaridorning Buyurtmasini unga bog’liq bo’lmagan har qanday sabablarga ko’ra bajara olmasligi, shu jumladan aloqa liniyalarining ishlamay qolishi, uskunalar nosozligi, xizmatlar yetkazib berishga mas’ul shaxslarning majburiyatlarini bajarmaganligi va boshqalar uchun javobgar bo’lmaydi.
    7.5. Agar biron sababga ko’ra Sotuvchi Mahsulotni Xaridorga yetkazib bermasa yoki Mahsulot belgilangan muddatdan kechikkan holda jo’natilsa, Ыotuvchining majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi faqat Mahsulotni yetkazib berish muddatlarini uzaytirish bilan cheklanadi.
    7.6. Sotuvchi har qanday holatda mazkur Shartnoma bo’yicha quyidagi holatlarda hech qanday javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi: a) har qanday uchinchi shaxslarning harakatlari/harakatsizligining bevosita yoki bilvosita natijasi bo’lgan har qanday harakatlar va/yoki harakatsizlik; b) Sotuvchi bunday yo’qotishlarni oldindan ko’ra bilish imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar Xaridor va/yoki uchinchi shaxslarning har qanday bilvosita zarari va/yoki yo’qolgan foydasi; d) xaridor tomonidan buyurtma uchun to’lovni amalga oshirishda ushbu Shartnoma bo’yicha Mahsulot uchun to’lovni amalga oshirishning tanlangan shaklidan foydalanish (foydalanishning imkoni yo’qligi) va undan foydalanishdan (foydalanishning imkoni yo’qligi) kelib chiqqan oqibatlar.
    7.7. Tomonlar ushbu Foydalanuvchi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bunday buzilish yengib bo’lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari, shu jumladan: davlat hokimiyati organlarining harakatlari (shu jumladan, qonun hujjatlarni qabul qilish), yong’in, toshqin, zilzila, boshqa tabiiy ofatlar, elektr energiyasi yo’qligi va/yoki kompyuter tarmog’i ishlashidagi uzilishlar , ish tashlashlar, fuqarolik tartibsizliklari, tartibsizliklar hamda yuqorida sanab o’tilganlar bilan cheklanmagan holda, tomonlarning o’z majburiyatlarini bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan boshqa holatlar sababli yuzaga kelgan bo’lsa.
    7.8. Sud tomonidan ushbu oferta Shartnomasining biron bir qoidasini haqiqiy emas yoki amalga oshirib bo’lmaydigan deb topilishi mazkur Shartnoma boshqa qoidalarining haqiqiy emasligi yoki bajarilmasligiga olib kelmaydi.
    8. Shartnoma muddati:
    8.1. Mazkur Shartnoma tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini to’liq bajarmagunlariga qadar amal qiladi. Xaridor tomonidan Shartnoma imzolangan vaqt – xaridorning Saytda ro’yxatdan o’tgan yoki Sayt orqali buyurtma bergan vaqti hisoblanadi; Sotuvchi tomonidan Shartnoma imzolangan vaqt – Sotuvchi tomonidan mazkur Shartnomani saytda joylashtirish vaqti deb tan olinadi.
  8. Yakuniy shartlar:
    9.1. Tomonlar o’rtasida yuzaga keladigan barcha nizolar nizolarni hal qilishning sudgacha bo’lgan tartibiga rioya qilgan holda to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar va yozma da’vo yozishmalari orqali hal qilinadi.
    9.2. Hal qilinmagan nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida ko’rib chiqiladi.
    9.3. Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlarda tomonlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga bo’ysunadilar.

Sotuvchining yuridik manzili:

Pharmaxx International MChJ
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100016, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30