Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • 0 UZS
    • Savatchada mahsulotlar yo'q.

  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Savatcha

    Savatchada mahsulotlar yo'q.

NEW
Bosh sahifa / Bolalar

BaktoLOR tab

73 000 UZS

Og’iz bo’shlig’i mikroflorasining sog’lom muvozanati.

Respirator probiotik tarkibida Streptococcus salivarius К12 mavjud

LOR- infeksiyalari va og’izdagi noxush hid bilan kurashish uchun dunyodagi birinchi oral probiotik hisoblanadi.

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

BaktoLOR tab

73 000 UZS

Bo'lim: Bolalar, Ichki go’zallik, Immunitet

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Shimish uchun tabletkalar (1 g.)

Ta’siri

Streptococcus salivarius K12 – probiotik bakteriya bo’lib, u inson tug’ilganidan keyin og’iz-halqumini birinchi bo’lib egallaydi hamda og’iz- va burun-halqum sog’lom florasi vakili va organizmning birinchi himoya chizig’i bo’lib qoladi. Streptococcus salivarius K12 shtammining doimiy mavjudligi kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga qarshi tabiiy to’siqni paydo qiladi va og’iz bo’shlig’i mikroflorasining funksional holatini, organizmning infeksiyalardan tabiiy himoyasini ta’minlaydi.

TARKIBI

1 ta tabletka 1 mlrd.dan kam bo’lmagan Streptococcus salivarius K12 shtammi tirik foydali bakteriyalardan, D vitamini (cholecalciferol) 200 XB mavjud. Yordamchi moddalar: fruktoza, maltodekstrin, kremniy dioksid, magniy stearat, aromatizatordan iborat.

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Ozuqaga faol biologik qo’shimcha sifatida 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalardagi og’iz bo’shlig’i va tomoq mikroflorasining sog’lom muvozanatini saqlovchi tirik probiotik bakteriyalar (Streptococcus salivarius K12) manbai hisoblanadi.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Ozuqaga BFQ ba’zi komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.

QO’LLASH USULI va dozalari

BaktoLor tab kechqurun yotishdan oldin, tishlaringizni yuvgandan keyin qabul qilinadi.

Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalar kuniga 1 tabletkadan to’liq erib ketguncha shimiladi. Tabletkani chaynash, yutish yoki suv va boshqa suyuqliklar bilan ichish taqiqlanadi.

Diqqat! Baktolorni qabul qilgandan so’ng 30 daqiqa davomida ovqatlanmaslik kerak.

Chiqarilish shakli

7 tabletkadan iborat blister o’ram qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda karton qutiga joylashtirilgan.

SAQLASH SHAROITI

Mahsulotni bolalar tegmaydigan joyda 25°C haroratdan yuqori bo’lmagan sharoitda saqlash kerak.

YAROQLILIK MUDDATI

2 yil.

 

O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 002563

 

AFZALLIKLARI

Og’iz bo’shlig’i va burun-halqum organizm bakteriyalar va viruslarga duch keladigan birinchi himoya chizig’i hisoblanadi.

Quloq, tomoq, burun kasalliklariga moyillik ko’p jihatdan burun-halqum shilliq qavatining mikroflorasi holatiga bog’liq.

Noqulay omillar ta’sirida shilliq qavat mikroflorasi buzilishi mumkin, bu esa immunitetning zaiflashishiga olib keladi va infeksiya uchun qulay muhit yaratadi.

Dunyo aholisining taxminan 2% tomoq kasalliklaridan deyarli aziyat chekmaydi!

Olimlar buning sababi og’iz bo’shlig’i va burun-halqumda Streptococcus salivarius K12 shtamm foydali streptokokkining doimiy mavjudligi ekanligini aniqladilar.

Streptococcus salivarius – me’yoriy muvozanatda inson og’iz bo’shlig’i mikroflorasi va burun-halqumning tabiiy va eng muhim vakili hisoblanadi. K12 shtammi quloq, tomoq, burun, milk, tish kasalliklari va og’iz bo’shlig’ida noxush hid paydo bo’lishiga olib keluvchi bakteriyalarni bartaraf etuvchi yoki o’sishdan to’xtatuvchi mikroblarga qarshi 2 xil substansiya (salivaritsin A va B) ishlab chiqaradi.

Agar siz dunyo aholisining baxtli 2% ga kirmasangiz – bu fojea emas. Endi sizda BaktoLOR tab® – tarkibida foydali streptokokk K12 mavjud bo’lgan probiotik bor!

BaktoLOR tab®
  • Foydali mikroflora muvozanatini tiklaydi
  • Immunitetni mustahkamlaydi
  • Kasallik davrida tomoqni infeksiyalardan himoya qiladi

BaktoLOR tab® LOR- infeksiyalari va og’izdagi noxush hid keltirib chiqaruvchi bakteriyalar bilan kurashadi!

  • 1 kunda 1 dona tabletka!
  • Yoqimli shirin ta’m!

BILASIZMI:

  • Streptococcus salivarius – me‘yoriy muvozanatda inson og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi va burun–halqumning tabiiy va eng muhim vakili hisoblangan foydali bakteriyalar turkumi hisoblanadi.
  • Baktoblisning asosiy faol moddasi og’iz bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llari uchun probiotikning o’ziga xos shtammidir — Streptococcus salivarius K12, shuningdek K12 deb ham ataladi.
  • K12 Yangi Zelandiyada mikrobiologiya professori Jon Tagg —  streptokokklar bo’yicha butun dunyoda tan olingan mutaxassis tomonidan kashf etilgan bo’lib, u 30 yildan ortiq tadqiqotlar natijasida turli odamlarda og’iz bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llarining mikroflorasida yashovchi bakteriyalarning bir xil turlari mavjudligini va bu tur bakteriyalar turli xil xususiyatlarga ega ekanligini aniqladi.
  • K12 ning o’ziga xosligi shundaki, u og’iz bo’shlig’i va burun-halqum bo’shlig’i kasallik tarqatuvchi patogen bakteriyalariga qarshi yuqori samaradorlik va misli ko’rilmagan faollikni ta’minlaydi.
  • K12 shtammining samaradorligi va xavfsizligi 30 yildan ortiq tadqiqotlar davomida ko’plab ilmiy ishlar asosida tasdiqlangan.

 

QO’LLASH USULI

BaktoLOR tab kechqurun yotishdan oldin, tishlaringizni yuvgandan keyin qabul qilinadi.

Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalar kuniga 1 tabletkadan to’liq erib ketguncha shimiladi. Tabletkani chaynash, yutish yoki suv va boshqa suyuqliklar bilan ichish taqiqlanadi.

Diqqat! BaktoLOR tabni qabul qilgandan so’ng 30 daqiqa davomida ovqatlanmaslik kerak.

SAVOL – JAVOBLAR

BactoLOR tab NIMA UCHUN VA KIM UCHUN ISHLAB CHIQILGAN?

BaktoLOR tab tomoq, bodomsimon bezlar, yuqori nafas yo’llari va o’rta quloqning tez-tez qaytalanuvchi infeksiyalari, shuningdek og’iz bo’shlig’i tez-tez qaytalanuvchi infeksiyalaridan (stomatit, gingivit, kandidoz, galitoz) aziyat chekuvchi kattalar va bolalar uchun mo’ljallangan.

BaktoLOR tab QANDAY HOLATLARDA SAMARALI HISOBLANADI?

BaktoLOR tab faringit, tonzillit, gingivit, aftoz stomatit, og’iz bo’shlig’i kandidozi va galitoz (ogʻizdan noxush hid kelishi) keltirib chiqaruvchi infeksiyalarning oldini olishda samarali hisoblanadi.

BaktoLOR tab yosh bolalarda, uzoq muddatli qabul qilishda o’rta quloq otitining oldini olishda ham samarali ta’sir ko’rsatadi.

BaktoLOR tab QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?

BaktoLOR tab tarkibida kam uchraydigan K12 shtammi quloq, tomoq, burun, milk, tish kasalliklari va og’iz bo’shlig’ida noxush hid paydo bo’lishiga olib keluvchi bakteriyalarni bartaraf etuvchi yoki o’sishdan to’xtatuvchi mikroblarga qarshi 2 xil substansiya (salivaritsin A va B) ishlab chiqaradi.

BLIS NIMA?

BLIS — inglizcha “Bacteriocin-Like Inhibitory Substance” — «Bakteriyalarni Ingibirlovchi Substansiya« atamasining qisqartmasi hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda, bu BaktoBLIS bakteriyalari foydali shtammidan LOR- infeksiyalari va noxush hid keltirib chiqaruvchi zararli bakteriyalardan himoya qilish va ularning faolligini cheklash uchun ajraluvchi maxsus tabiiy antibiotiklardir.

BaktoLOR tab QANDAY QILIB TO’G’RI QABUL QILISH KERAK?

BaktoLOR tab – bu shimish uchun tabletkalar hisoblanadi. Tabletka kuniga bir mahal, kechqurun yotishdan oldin tishlaringizni yuvgandan keyin qabul qilinadi. Tabletka to’liq erib ketguncha shimiladi. Chaynash, yutish yoki suv bilan ichish taqiqlanadi. Qabul qilgandan so’ng, 30 daqiqa davomida ovqatlanmaslik va suyuqliklar ichmaslik kerak.

BaktoLOR tab KUNIGA BIR MARTADAN KO’P QABUL QILISH MUMKINMI?

BaktoLOR tabning tavsiya etilgan dozasi kuniga 1 tabletkadan iborat. Qabul qilish dozasi davolovchi shifokorning tavsiyasiga binoan oshirilishi mumkin. BaktoLOR tabning kunlik dozasini oshirishdan oldin, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.

BaktoLOR tab QABUL QILGANDAN SO’NG NIMA UCHUN SUV ICHISH, OVQATLANISH VA TISHLARINI YUVISH MUMKIN EMAS?

Yana bir bor eslatib o’tamiz, BaktoLOR tab og’iz bo’shlig’ida faollashish orqali ta’sir ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, K12 bakteriyalari og’iz shilliq qavati va burun-halqum hujayralariga o’rnashib olishi kerak. Issiq suv ichish, ovqatlanish yoki tishlarni yuvish kabi har qanday ta’sir shilliq qavatga o’rnashishda muammolarni keltirib chiqaradi va shu bilan preparatning samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

BaktoLOR tab TARKIBIDA FRUKTOZA mavjud, bu QANDLI DIABET KASALLIGIDA QABUL QILISHGA QARSHI KO’RSATMA BO’LA OLADIMI?

BaktoLOR tabning 1 dona tabletkasida taxminan 1/10 choy qoshiq shakar mavjud. BaktoBLISda ushbu shakar miqdori fruktoza shaklida bo’lib, bu qonda insulin miqdoriga bevosita ta’sir qilmaydi. Shuning uchun tavsiya etilgan dozada BaktoLOR tab diabetga chalingan bemorlar uchun xavfsiz mahsulot hisoblanadi. BaktoLOR tab qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

BaktoLOR tab QABUL QILGANDAN SO’NG NIMA UCHUN SUV ICHISH, OVQATLANISH VA TISHLARINI YUVISH MUMKIN EMAS?

Yana bir bor eslatib o’tamiz, BaktoLOR tab og’iz bo’shlig’ida faollashish orqali ta’sir ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, K12 bakteriyalari og’iz shilliq qavati va burun-halqum hujayralariga o’rnashib olishi kerak. Issiq suv ichish, ovqatlanish yoki tishlarni yuvish kabi har qanday ta’sir shilliq qavatga o’rnashishda muammolarni keltirib chiqaradi va shu bilan preparatning samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

HOMILADORLIK VA EMIZISH davrida BAKTOBLISNI QABUL QILISH MUMKINMI?

Ha, mumkin. BaktoLOR tab xech qanday qarshi ko’rsatmalarga ega emas.

BaktoLOR tab QANCHALIK TEZ TA’SIR KO’RSATA BOSHLAYDI?
  1. salivarius K12 birinchi qabul qilishdan boshlab og’iz-halqum bo’shlig’iga o’rnashishni boshlaydi. S. salivarius mavjudligining me’yoriy ko’rsatkichlariga, asosan, preparat qabul qilinishining 2-haftasida erishiladi. Me’yoriy ko’rsatkichlarni saqlab qolish uchun BaktoLOR tabni 30-90 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUDMI?

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar sifatida mahsulot komponentlariga individual sezuvchanlik holatlari qayd etilganda. BaktoLOR tab 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.

BaktoLOR tab ANTIBIOTIKLAR/ANTISEPTIKLAR BILAN BIRGALIKDA QABUL QILISH MUMKINMI?

Antibiotiklar har qanday bakteriyalarga, ham patogen bakteriyalar, ham probiotiklarga ta’sir ko’rsatganligi sababli, BaktoLOR tabni antibiotiklar bilan birgalikda qabul qilish maqsadga muvofiq emas. BaktoBLISni antibiotik terapiya kursi tugagandan so’ng qabul qilish tavsiya etiladi. Mahalliy antibiotiklar va antiseptiklarni o’z ichiga olgan preparatlar ham butun mikrofloraga ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun bu kabi preparatlar hamda BaktoBLISni qabul qilish vaqtini ajratish tavsiya etiladi. Normal mikroflorani va tabiiy himoyani tiklash uchun ushbu dorilar qabulidan keyin BaktoLOR tabni qabul qilish tavsiya etiladi.

AGAR BEMOR TABLETKALARNI SHIMA OLMASA NIMA QILISH KERAK?

Tabletkalarni shima olmaydigan bemorlar tabletkani kukun shakliga keltirishlari va suv bilan ichmagan holda kukunni milklarga surtishlari mumkin.

SELIAKIYA KASALLIGI BO’LGAN ODAMLAR UCHUN BAKTOBLISNI QABUL QILISH MUMKINMI?

BaktoLOR tab tarkibida gluten mavjud emas, shuning uchun qarshi ko’rsatmalarga ega emas. BaktoLOR tab qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

MENDA SURUNKALI TONZILLIT BOR. BAKTOBLISNI QANCHA VAQT QABUL QILISHIM KERAK?

Minimal qabul kursi 30 kun bo’lishi kerak. Biroq, klinik ma’lumotlarga ko’ra og’iz bo’shlig’iga eng yaxshi ta’sir samarasini ta’minlash uchun 90 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Ushbu kursdan so’ng, kasallikning qaytalanish ehtimoli 60-90% gacha kamayadi va qabul qilishni to’xtatgandan keyingi oylarda infeksiyalardan yuqori darajada himoya ta’minlanadi.

BaktoLOR tab YO’TALDA YORDAM BERADIMI?

Yo’q, yo’talga qarshi maxsus vositalarni qabul qilishni tavsiya etamiz.

BaktoLOR tab O’TKIR FARINGIT HOLATIDA QABUL QILISH MUMKINMI?

Odatda, o’tkir faringitda antibiotik davolash usuli qo’llanilishi kerak.

BaktoLOR tab QANCHA MUDDAT QABUL QILISH MUMKIN?

BaktoLOR tab 30 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Tadqiqotlar natijasida BaktoLOR tab 90 kun davomida doimiy ravishda qabul qilish jarayonida noxush hodisalar aniqlanmadi va ijobiy ta’sirga erishildi. 90 kundan ortiq vaqt davomida qabul qilish bo’yicha, iltimos, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

O‘xshash mahsulotlar

Ronoflor Relief

42 000 UZS
Savatga

BaktoLOR

51 000 UZS
Savatga

Bifilaxx Baby

47 000 UZS
Savatga

Ronoflor Kids

47 000 UZS
Savatga

Vitamixx Classic

49 000 UZS
Savatga

Ronoflor Forte

59 000 UZS
Savatga

Vitamiks Immuno

41 000 UZS
Savatga

DEFISINK

28 000 UZS
Savatga
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?