Skip to content
  • OFERTA
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
Bosh sahifa / Yurak va qon tomirlari

Relakzen

Nojo’ya ta’sirlarsiz, tarkibida “Lactium” sut oqsili bo’lgan tabiiy tinchlantiruvchi,!

Xavotir va stresslarsiz to’laqonli hayot!

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bo'lim: Ayollar salomatligi, Stress, Yurak va qon tomirlari

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Relakzen ta’siri uning tarkibiga kirgan sut oqsili peptidlarining isbotlangan stressga qarshi xususiyatlariga asoslangan. Relakzen xavotirlik belgilarini bartaraf etadi, psixologik hissiyotlarni barqarorlashtiradi, inson organizmining stress paytidagi salbiy holatlarini kamaytiradi, kundalik hayot sifatini yaxshilaydi.

Tarkibi 

1 dona kapsula 150 mg sut oqsili gidrolizatidan iborat (Lactium®).

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR                                                                                               

Xavotirlik belgilari va stressni bartaraf etish uchun sut oqsili peptidining qo’shimcha manbai sifatida:

  • imtihon, muhim uchrashuv, namoyishlardan oldin va hokazo;
  • hissiy holatning beqarorligi bilan birga kechadigan, asabiylashish, xavotirlik, tashvishlanish, diqqatning pasayishi, uyquning buzilishi, ko’p spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, shirinliklar iste’mol qilganda va hokazo holatlarda.
QO’LLASH USULI VA dozalari

Ichga qabul qilish uchun, kuniga 1 mahal 1 kapsuladan suv bilan ichiladi, ertalab yoki kechqurun, kunning qaysi qismida ta’siri muhimroq bo’lsa (qabul qilingandan 1 soat keyin ta’siri seziladi).

Qabul qilish kursi: chegaralanmagan.

Ortiqcha vaznda (120 kg dan yuqori) yoki stress kuchaygan holatda dozani oshirish mumkin.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Sut oqsiliga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.

nojo’ya ta’sirlari

Aniqlanmagan.

chiqarilish shakli 

Kapsulalar.

SAQLASH SHAROITI

Quruq, salqin joyda.

YarOqlilik muddati

3 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 0001456/2

AFZALLIKLARI

Tabiiy, qulay va xavfsiz tinchlantiruvchi vosita qidirayapsizmi?

Hamda butun oila uchun mos bo’lsinmi?

Relakzenni Sinab Ko’ring!

  • Relakzen asab tizimini samarali va muloyimlik bilan tinchlantiradi, tashvishlanish va stress belgilarini bartaraf etadi!
  • Nojo’ya ta’sirlarga ega emas – va bu uning asosiy afzalligi!
  • Sut oqsilidan olingan tabiiy mahsulot!
  • Boshqa tinchlantiruvchi vositalardan farqli o’laroq, qaramlikni, o’rganib qolishni, uyquchanlikni keltirib chiqarmaydi, diqqatni pasaytirmaydi!
  • Qabul qilishda qulay – kuniga bir marta!
  • Uzoq muddatli iste’mol uchun to’g’ri keladi!
  • Fransuz Lactium moddasidan ishlab chiqariladi!

bilasizmi:

  • Relakzenning faol komponenti birinchi marta ona sutidan emizikli chaqaloqlarning chuqur uyqusini o’rganish doirasida ajratib olingan. Ushbu tinchlantiruvchi modda chaqaloqlarning ovqat hazm qilish tizimida noyob parchalanish jarayonidan o’tuvchi maxsus oqsilni o’z ichiga oladi. Chaqaloqlar voyaga yetishi bilan ushbu parchalanish qobiliyati yo’qoladi.
  • Fransuz olimi selektiv fermentativ gidroliz usuli orqali ushbu oqsilni oddiy sutdan olishga muvaffaq bo’ldi va uni «Lactium» nomi bilan patentladi.
  • Lactium dunyoning turli mamlakatlarida, shu jumladan AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida patentlar bilan himoyalangan.
  • Lactiumning samaradorligi va xavfsizligi klinik jihatdan tasdiqlangan. Lactium shunchalik xavfsizki, u hatto bolalar ozuqasiga ham qo’shiladi.

QO’LLASH USULI

Ichga qabul qilish uchun, kuniga 1 mahal 1 kapsuladan suv bilan ichiladi, ertalab yoki kechqurun, kunning qaysi qismida ta’siri muhimroq bo’lsa (qabul qilingandan 1 soat keyin ta’siri seziladi).

Qabul qilish kursi: chegaralanmagan.

Ortiqcha vaznda (120 kg dan yuqori) yoki stress kuchaygan holatda dozani oshirish mumkin.

SAVOL – JAVOBLAR

RELAKZEN NIMA UCHUN ishlab chiqilgan?

Relakzen stressning quyidagi holatlarda namoyon bo’lishiga — tashvish, kayfiyatning keskin o’zgarishi, tushkunlik, qo’rquv, uyqu buzilishi, muhim voqealar oldidan hayajonlanish, libidoning pasayishi, ishtahaning yo’qligi yoki aksincha ortiqcha ovqatlanish, alkogol va chekishga bo’lgan ishtiyoq va shu kabi holatlaraga qarshi kurash uchun mo’ljallangan.

STRESS NIMA VA U QANDAY XAVFGA EGA?

Stress – bu tashqi muhit o’zgarishlariga moslashishning me’yoriy mexanizmi bo’lib, xavf va noqulayliklarga qarshi tabiiy javob hissi hisoblanadi. Ishdan chiqqan soat, yo’ldagi tirbandlik, qattiq charchash yoki do’kondagi juda sekin harakatlanuvchi navbat … hayot stressli vaziyatlarga to’la bo’lishi mumkin. Shartli ravishda stressni «yaxshi» va «yomon»ga ajratish mumkin.

Ba’zi hollarda stress bizning do’stimiz bo’lishi va oldinga harakatlanishimizda yordam berishi mumkin. Ushbu javob reaksiyasi bo’lmaganda qadimda ajdodlarimiz hech qachon g’orlarini tark etmas edilar! U bizga adrenalin, xavfdan qutulish, imtihon topshirish, sport chaqiruvlarini qabul qilish, jamoat oldida namoyishlardan oldin zo’riqishni yengish uchun zarur bo’lgan energiyani beradi. Yuqori bo’lmagan dozalarda stress «yaxshi» bo’lishi mumkin!

Biroq, bizning hissiy holatimizga ko’ra ma’lum bir vaziyatlar zararli va boshqarish qiyin hisoblangan stressni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, ishdagi doimiy qiyinchiliklar, ayriliq, umumiy charchoq va hokazolarni boshdan kechirganimizda. Stress belgilari tez orada yaqqol namoyon bo’lishi va uyqusizlik, qorin bezovtaligi va bosh og’rig’i, charchoq, asabiylashish, nafas qisilishi, terlash, past ruhiy holat, tez-tez taom iste’mol qilish, tamaki va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, diqqatning susayishi yoki xotira muammolari va shu kabi holatlar ko’rinishida kechishi mumkin. Bunday stress turini «yomon» deb atash mumkin! Uzoq muddatlarda ushbu belgilar sog’ligimiz uchun xavf tug’dirishi mumkin (masalan, yuqori qon bosimi, depressiya, immunitetning pasayishi va kasalliklar).

RELAKZEN MENGA QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?

Relakzen asab tizimini tinchlantirish orqali quyidagi holatlarda yordam beradi:

  • Stressni bartaraf etish va tushkunlik, xavotirlik loqaydlik tuyg’ularini yo’q qilish.
  • Uyquni yaxshilash.
  • Mas’uliyatli tadbirlar oldidan hissiy zo’riqish va qo’rquvni bartaraf etish.
  • Boshqa tinchlantiruvchi vositalarga qaramlikni kamaytirish.
  • Kundalik hayot sifatini yaxshilash.
STRESSNI QISQA MUDDATLI ASAB zo’riqishiDAN QANDAY AJRATISH MUMKIN?

Ta’kidlanganidek, stress – bu tananing me’yoriy reaksiyasi hisoblanadi. Agar siz yaqinlaringiz bilan janjallashib qolgan bo’lsangiz yoki ishdagi muammolar sizni qiynayotgan bo’lsa, bunday holatlarda yomon kayfiyat yuzaga kelishi kafolatlanadi. Ammo bu kabi kayfiyat buzilishi tezda o’tib ketadi va jismoniy holatga ta’sir qilmaydi. Ammo surunkali stress holatida vaziyat boshqacha ko’rinish oladi – kunlar o’tgan sari xavotirlik belgilari kamaymaydi, bundan tashqari, boshqa alomatlar ham kuzatila boshlaydi. O’z-o’zidan o’tib ketmaydigan jiddiy stressning eng umumiy belgilarini ko’rib chiqamiz:

  • Uyqusizlik yoki doimiy uyquchanlik, tunda tez-tez uyg’onishlar.
  • Dam olish kuni, ta’tildan keyin ham o’tib ketmaydigan charchoq hissi.
  • Bosh og’rig’i, bosh aylanishi.
  • Ishtahaning yo’qligi yoki aksincha, ko’p ovqatlanish, oshqozon-ichak trakti me’yoriy faoliyatining buzilishi.
  • Issiqlik yoki jismoniy kuchlanishlar bilan bog’liq bo’lmagan terlash xurujlari, titroq, oyoq-qo’llarning uvushib qolishi.
  • Diqqatni jamlash va hatto eng oddiy qarorlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklar, unutuvchanlik, ilgarigi quvonchli va chalg’itadigan mashg’ulotlarga nisbatan qiziqishning yo’qolishi.
  • Libido pasayishi.
  • Keskin vazn yo’qotish yoki semirish.
  • Allergik toshmalar toshishi.
  • Kayfiyatning keskin va asossiz o’zgarishi yoki doimiy tushkunlik, qo’rquv, yaxshi tarafga o’zgarishlarga nisbatan ishonchsizlik hissi, asabiylashish va tajovuzkorlik.
RELAKZEN MAVJUD BOSHQA TINCHLANTIRUVCHI vositaLARDAN NIMASI BILAN farq qiladi?

Relakzen boshqa tinchlantiruvchi vositalardan quyidagilar bilan farq qiladi:

  • Relakzen 100% tabiiy – dori vositasi hisoblanmaydi.
  • Xavfsiz – nojo’ya ta’sirlarga ega emas.
  • Bo’shashish va uyquchanlikni keltirib chiqarmaydi (sedativ ta’sir).
  • Diqqat jamlanishini kamaytirmaydi, transport boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
  • Uzoq muddatli foydalanish uchun to’g’ri keladi va o’rganish hissini keltirib chiqarmaydi («bekor qilish sindromi» mavjud emas).
  • Kun davomida bir necha marta qabul qilishni talab qilmaydi (qulay hisoblangan bir kunda bir martalik qabul).
RELAKZEN UYQU dorisi HISOBLANADIMI?

Yo’q, relakzen katta dozada ham sedativ (uyqu keltiruvchi) ta’sirga ega emas. Uning ta’sir qilish mexanizmi xavotirlik belgilarini bartaraf etish hisoblanadi. Relakzenni qabul qiluvchi odamlar shunchaki xotirjamlikni his qilishadi va odatda oson uyquga ketishadi, uzoqroq uxlashadi va osonroq uyg’onishadi.

o’rganib qolish yoki CHEKLOVLAR BORMI?

Relakzenni uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin, o’rganish hissini keltirib chiqarmaydi. Qabul qilish kursi: chegaralanmagan. Relakzen uyquchanlikni keltirib chiqarmaydi va kundalik ishlarning bajarilishiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Preparatni boshqa tinchlantiruvchi vositalar bilan birgalikda qabul qilish mumkin.

RELAKZEN ANTIDEPRESSANTLAR o’rnini bosishi MUMKINMI?

Relakzen dori vositasi hisoblanmaydi hamda xavotirlik belgilari va depressiyaga qarshi kurashda shifokor buyurgan har qanday tibbiy davolanishni o’rnini bosa olmaydi. Uyquning buzilishiga saba bo’luvchi kasalliklarda har doim mutaxassis maslahati zarur.

QABUL QILISH dozasini OSHIRISH MUMKINMI?

Mumkin. Qabul qilish dozasini oshirish natijani yaxshilaydi. Ortiqcha vaznda (120 kg dan yuqori) yoki stress kuchaygan holatda dozani oshirish mumkin.

RELAKZEN qaysi moddadan ishlab chiqariladi?

Relakzen sut oqsilidan olinadigan fransuz Lactium moddasidan tayyorlanadi. Faol modda haqida batafsil ma’lumotni quyidagi sayt orqali olishingiz mumkin: www.lactium.com

O‘xshash mahsulotlar

NEW

Novoferrin

Batafsil

VAGILAKS

Batafsil

Q10 MAXX

Batafsil

Mamavit Prenatal

Batafsil

Mamavit Laktatsiya

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?