Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • 47 000 UZS
      • × Bifilaxx Baby 1 × 47 000 UZS

      Jami: 47 000 UZS

      Ko'rishTo'lov

  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Savatcha

    • × Bifilaxx Baby 1 × 47 000 UZS

    Jami: 47 000 UZS

    Ko'rishTo'lov

Mijoz "Boshqa zonalaringiz qamrab olmagan joylar" mintaqasiga mos keldi
Savatga “Bifilaxx Baby” qo'shildi. Ko'rish
Bosh sahifa / Bolalar

Ronoflor Baby

47 000 UZS

Bolalar hayotining dastlabki kunlaridan ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun zarur bo’lgan foydali bakteriyalar hamda prebiotiklarning maqbul uyg’unligi!

Pediatrlar tomonidan kichkintoylar uchun maxsus ishlab chiqilgan!

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

100 000 so’mdan yuqori xaridlar uchun yetkazib berish bepul.

Ronoflor Baby

47 000 UZS

Bo'lim: Bolalar, Hazm qilish

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR
tarkibi

1 sashe 300 mg FOS ko’rinishidagi prebiotik hamda 1 milliard (KTB) dan kam bo’lmagan ichak tabiiy mikroflorasi tirik bakteriyalarining quyidagi shtammlaridan iborat:

  • Bifidobacterium lactis, BB-12
  • Lactobacillus rhamnosus, LGG
ta’siri

Ronoflor Baby tarkibidagi bifido- va laktobakteriyalarning kompleksi ichaklarning ko’p bosqichli himoyasini ta’minlaydi, ichak mikroflorasi muvozanatini tiklaydi va fruktooligosaxaridlar (FOS) esa ichakdagi foydali bakteriyalarning qo’shimcha o’sishiga yordam beradi.

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Bolalar hayotining dastlabki kunlarida ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun zarur bo’lgan foydali probiotik bakteriyalar manbai.

O’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Ozuqaga BFQ ba’zi komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.

 QO’LLASH USULI

Bolalar hayotining dastlabki kunlaridan kuniga 1 sashedan ovqat mahali beriladi, dastavval sashe-paketdagi kukun ona sutida, sut aralashmasida yoki suvda eritiladi.

Diqqat — issiq ichimliklar bilan aralashtirmang.

Tavsiya etilgan qabul qilish kursi kamida 5 kun.

Chiqarilish shakli

Og’irligi 0,5 g bo’lgan, sashega (folga plyonkali paketcha) qadoqlangan shirin ta’mga ega kukun.

SAQLASH SHAROITi

Bolalar qo’li yetmaydigan joyda, 10°C gacha bo’lgan haroratda.

YAROQLILIK MUDDATI

2 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000620/1

AFZALLIKLARI

  • Ronoflor Bebi Daniyalik mutaxassislar tomonidan bolalar hayotining dastlabki kunlaridan qo’llash uchun maxsus ishlab chiqilgan! (mahsulot o’xshash tarkiblari dunyoning ko’plab mamlakatlarida muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda).
  • Tarkibi samaradorligi dunyoning yetakchi markazlarida klinik jihatdan isbotlangan Bifidobacterium lactis, BB-12 va Lactobacillus rhamnosus, LGG ning noyob kombinatsiyasidan iborat.
  • «Klassik» bifidumbakterinlardan farqli o’laroq, Ronoflor Bebi ta’siri fruktooligosaxaridlar (FOS) bilan kuchaytirilgan, bu esa chaqaloqning salomatligi va rivojlanishi uchun juda muhim hisoblangan bifidofloraning o’sishini yanada rag’batlantiradi.
  • Qabul qilishda qulay — suvda oson eriydi.
  • Yaroqlilik muddati davomida bakteriyalarning xavfsizligini kafolatlovchi maxsus sashe-paketlarga ehtiyotkorlik bilan qadoqlangan.
  • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, sun’iy ranglar va aromatizator mavjud emas.

BILASIZMI:

Bifidobacterium lactis, BB-12

  • Dunyoda eng ko’p o’rganilgan bifidoshtamm hisoblanadi
  • Sog’lom odamlarda ichak tabiiy mikroflorasida mavjud

Lactobacillus rhamnosus, LGG

  • Dunyoda eng ko’p o’rganilgan laktoshtamm hisoblanadi
  • Oshqozon shirasi va safroga chidamli!
  • LGG® Christian Hansen kompaniyasi savdo belgisi, Daniya.

Bolalarning sun’iy oziqlantirilishi oqibatida ozuqa tarkibida oligosaxaridlarning yetarli miqdorda emasligi chaqaloqlarda disbiotik holatlarning namoyon bo’lishining sabablaridan biridir.

Oligosaxaridlar ona sutida juda yuqori konsentratsiyada mavjud — 12-14 g/l (masalan, sigir sutida 1 g/l dan kam).


Mahsulotning yuqori sifati probiotiklarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi hisoblangan Chr. Hansen A/S (Daniya) kompaniyasi texnologiyasi va xom-ashyosidan foydalanish bilan kafolatlanadi.

QO’LLASH USULI

  1. Sashe ichidagi kukunni ona suti, sutli aralashma yoki suvda eritib oling.
  2. Ovqatlanish oralig’ida yoki ichimlik bilan birgalikda bering. Diqqat — issiq ichimlik bilan aralashtirmang!

Dozasi:

  • 12 oygacha bo’lgan bolalar uchun – kuniga 1 marta 1 sashedan.

Qabul kursi – 5 kun, agar zarur bo’gan holatda qabul kursi 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

SAVOL – JAVOBLAR

NIMA UCHUN BOLALARDA DISBAKTERiOZ XAVFI YUQORI?

Chaqaloq tug’ilganda steril toza ichak bilan tug’iladi. Ichak mikroflorasining faol o’rnashishi va shakllanishi chaqaloq hayotining dastlabki kunlarida sodir bo’ladi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqqa ta’sir qiladigan har qanday salbiy omillar u yoki bu darajada to’liq sog’lom ichak mikroflorasining shakllanishiga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, chaqaloqlar disbakteriozdan aziyat chekishlariga sabab bo’luvchi bir qator xavf omillari aniqlangan:

  • erta tug’riq holatlari
  • kesercha kesish usulidagi tug’ruqlar
  • chaqaloqlik davrning nomaqbul kechishi
  • tug’ruqxonada uzoq vaqt qolish
  • ko’krakka kech qo’yish
  • erta sun’iy oziqlantirish
  • ichak motor funksiyasining fiziologik yetuk emasligi.

 

BOLADA DISBAKTERIOZ BORLIGINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?

Ichak disbakteriozi juda xilma-xil klinik ko’rinishlar bilan tavsiflanadi, ammo eng yaqqol tavsiflovchi xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • sanchiqlar
  • ich ketish
  • qabziyat
  • qorin dam bo’lishi
  • atopik dermatitning namoyon bo’lishi
  • immunitetning zaiflashishi.
BOLALARDA DISBAKTERIOZ NIMA UCHUN XAVFLI?

Bolaning mikroflorasida kerakli miqdorda foydali bakteriyalarning mavjud emasligi ularning o’rnida shartli-patogen va patogen flora ko’payishiga olib keladi, bu nafaqat hazm qilish tizimining buzilishiga, balki oshqozon-ichak trakti kasalliklari, allergiya va boshqa oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari, normal mikroflorasiz bola ichaklari to’liq ishlay olmaydi, bu esa o’sayotgan organizm uchun muhim bo’lgan ozuqa moddalari, mikroelementlar, vitaminlar so’rilishiga imkon bermaydi.

Ichak disbakteriozida barcha bolalarda immunitet pasayishi kuzatiladi, ular tez-tez va uzoq vaqt kasal bo’ladilar. Buning sababi esa, aynan sog’lom ichak mikroflorasi immunitet ishlab chiqarishni rag’batlantirish uchun zarur bo’lgan moddalarni ajratishida hisoblanadi.

RONOFLOR BEBI QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?

Ronoflor Bebi mahsuloti ovqat hazm qilish a’zolaridan o’tib, tirik holda ichaklarga yetib boruvchi millardlab foydali bakteriyalarni o’z ichiga oladi. U yerda ushbu bifidobakteriyalar allaqachon ichakka o’rnashib olgan bakteriyalarga qo’shilib, ularga ichak sog’lig’ini saqlashga, ovqatni yaxshiroq hazm qilishga, patogen bakteriyalarni nazorat ostida ushlab turishga va organizmning tabiiy himoyasini kuchaytirishga yordam beradi.

NIMA UCHUN BIFIDOBAKTERIYALAR BOLA UCHUN JUDA MUHIM?

Bifidobakteriyalar kichkintoylar normal mikroflorasining asosiy omili bo’lib, normal ichak funksiyasining tabiiy shakllanishiga yordam beradi. Ular yangi tug’ilgan chaqaloqning ovqat hazm qilish a’zolarida birinchilardan bo’lib paydo bo’ladi va ovqat hazm qilish fermentlarining samarali faoliyati uchun ichakda maqbul muhit yaratadi, shu bilan birga keraksiz kasallik keltirib chiqaruvchi mikrofloraning ortiqcha o’sishini oldini oladi. Bundan tashqari, bifidobakteriyalar ichak qisqarishiga (peristaltika) ijobiy ta’sir ko’rsatadi va immunitet shakllanishini rag’batlantiradi.

Sog’lom bolalarning ichaklari organizm himoya kuchlari va mikroblar o’rtasidagi muvozanatli o’zaro ta’sirning ajoyib namunasidir. Ichakdagi mikrob hujayralarining ulushi va ularning tarkibi bolaning ovqatlanish xususiyatiga bog’liq. Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarda bifidobakteriyalar mikrofloraning 60% dan 90% gacha, sun’iy oziqlantirishda esa huddi shunday ko’rsatkich taxminan 30% -75% ni tashkil qiladi (kattalarda bifidobakteriyalarning ulushi ancha kam — taxminan 5%).

RONOFLOR BEBI MAVJUD BOSHQA PROBIOTIKLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

Bu, birinchi navbatda foydalanilgan bakteriya shtammlarining yuqori sifati, barqarorligi, xavfsizligi va klinik jihatdan tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bundan tashqari, Ronoflor Bebi sinbiotik hisoblanib, tarkibida preparatni qo’llash ta’sirini kuchaytiradigan FOS prebiotiklari ham mavjud.

ronoflor BEBI TARKIBIDA PREBIOTIK HAM MAVJUD. u NIMA VA NIMA UCHUN ZARUR?

Prebiotikalar – foydali mikroflora uchun ozuqa hisoblanadi, ya’ni uning o’sishi va hayotiy faoliyatini kuchaytiruvchi moddalardir. Ronoflor Bebi tarkibidagi prebiotik (qisqa zanjirli FOS ko’rinishida) ichakdagi foydali bakteriyalarning yaxshi birikishi va o’sishiga yordam beradi va shu bilan mahsulotdan foydalanish ta’sirini kuchaytiradi.

O‘xshash mahsulotlar

Vitamiks Immuno

41 000 UZS
Savatga

Ronoflor Forte

59 000 UZS
Savatga

Bifilaks Relif

42 000 UZS
Savatga

DEFISINK

28 000 UZS
Savatga
NEW

BaktoLOR tab

73 000 UZS
Savatga

IMMULOR (IMMULOR)

120 000 UZS
Savatga

Ronoflor Kids

47 000 UZS
Savatga

Bifilaxx Baby

47 000 UZS
Savatga
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?