Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • 0 UZS
    • Savatchada mahsulotlar yo'q.

  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Savatcha

    Savatchada mahsulotlar yo'q.

Bosh sahifa / Bolalar

Ronoflor Kids

47 000 UZS

Prebiotik va bifido- va laktobakteriyalarning bolalar uchun maxsus kompleksi.

Pediatrlar tomonidan 3 oylik va undan katta bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan!

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

100 000 so’mdan yuqori xaridlar uchun yetkazib berish bepul.

Ronoflor Kids

47 000 UZS

Bo'lim: Bolalar, Hazm qilish

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR
tarkibi

1 sashe 400 mg FOS ko’rinishidagi prebiotik hamda 2 milliard (MTB)dan kam bo’lmagan ichak tabiiy mikroflorasi tirik bakteriyalarining quyidagi shtammlaridan iborat:

  • Bifidobacterium lactis, BB-12
  • Lactobacillus rhamnosus, LGG
ta’siri

Ronoflor Kids tarkibidagi bifido- va laktobakteriyalarning kompleksi ichaklarning ko’p bosqichli himoyasini ta’minlaydi, ichak mikroflorasining muvozanatini tiklaydi va fruktooligosaxaridlar (FOS) esa ichakdagi foydali bakteriyalarning qo’shimcha o’sishiga yordam beradi.

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Kattalar, 3 oylik va undan katta bolalarning ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun kerak bo’ladigan foydali probiotik bakteriyalar manbai.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Ozuqaga BFQ ba’zi komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.

 QO’LLASH USULI va dozalari

Ichga qabul qilish uchun.

  • 3 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar: kuniga 1 sashedan. Sashe ichidagi kukun ozgina iliq suvda, sutda yoki boshqa bolalar ovqatlari bilan aralashtirish tavsiya etiladi.
  • 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: kuniga 2 marta 1 sashedan (ertalab va kechqurun).

Sashe ichidagi kukun og’izga solinib suv bilan ichiladi.

Diqqat! Issiq ichimlikka qo’shmang — mahsulot harorati 40°C dan oshmasligi kerak.

Tavsiya qilinadigan minimal qabul kursi – kamida 5 kun.

Chiqarilish shakli

Og’irligi 0,6 g bo’lgan, sashega (folga plyonkali paketchaga) qadoqlangan shirin ta’mga ega kukun.

SAQLASH SHAROITi

10°C gacha bo’lgan haroratda, bolalar tegmaydigan joyda.

YAROQLILIK MUDDATI

2 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000620/3

AFZALLIKLARI

  • Ronoflor Kids Daniyalik mutaxassislar tomonidan bolalar hayotining dastlabki kunlaridan qo’llash uchun maxsus ishlab chiqilgan! (mahsulot o’xshash tarkiblari dunyoning ko’plab mamlakatlarida muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda).
    • Tarkibi samaradorligi dunyoning yetakchi markazlarida klinik jihatdan isbotlangan Bifidobacterium lactis, BB-12 va Lactobacillus rhamnosus, LGG ning noyob kombinatsiyasidan iborat.
  • Tarkibi samaradorligi dunyoning yetakchi markazlarida klinik jihatdan isbotlangan Bifidobacterium lactis, BB-12 va Lactobacillus rhamnosus, LGG ning noyob kombinatsiyasidan iborat.
  • «Klassik» bifidumbakterinlardan farqli o’laroq, Ronoflor Kids ta’siri fruktooligosaxaridlar (FOS) bilan kuchaytirilgan, bu esa chaqaloqning salomatligi va rivojlanishi uchun juda muhim hisoblangan bifidofloraning o’sishini yanada rag’batlantiradi.
  • Qabul qilishda qulay — suvda oson eriydi.
  • Yaroqlilik muddati davomida bakteriyalarning xavfsizligini kafolatlovchi maxsus sashe-paketlarga ehtiyotkorlik bilan qadoqlangan.
  • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, sun’iy bo’yoqlar va aromatizator mavjud emas.

BILASIZMI:

Bifidobacterium lactis, BB-12

  • Dunyoda eng ko’p o’rganilgan bifidoshtamm hisoblanadi
  • Sog’lom odamlarda ichak tabiiy bioqatlamida mavjud

Lactobacillus rhamnosus, LGG

  • Dunyoda eng ko’p o’rganilgan laktoshtamm hisoblanadi
  • Oshqozon shirasi va safroga chidamli!
  • LGG® Christian Hansen kompaniyasi savdo belgisi, Daniya.

Bolalarning sun’iy oziqlantirilishi oqibatida ozuqa tarkibida oligosaxaridlarning yetarli miqdorda emasligi chaqaloqlarda disbiotik holatlarni namoyon bo’lishining sabablaridan biridir.

Oligosaxaridlar ona sutida juda yuqori konsentratsiyada mavjud — 12-14 g/l (misol uchun, sigir sutida 1 g/l dan kam).


Mahsulotning yuqori sifati probiotiklarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi hisoblangan Chr. Hansen A/S (Daniya) kompaniyasi texnologiyasi va xom-ashyosidan foydalanish bilan kafolatlanadi.

QO’LLASH USULI

  1. Sashe ichidagi kukunni ona suti, sutli aralashma yoki suvda eritib oling.
  2. Ovqatlanish oralig’ida yoki ichimlik bilan birgalikda bering.

Diqqat — issiq ichimlik bilan aralashtirmang!

Dozasi:

  • 3 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar –kuniga 1 marta 1 sashedan.
  • 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: kuniga 2 marta 1 sashedan (ertalab va kechqurun).

Qabul kursi – 5 kun, agar zarur bo’gan holatda qabul kursi 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

SAVOL – JAVOBLAR

RONOFLOR KIDS KIMLAR UCHUN TAVSIYA ETILADI?
  • Ichak buzilishlari bo’lgan bolalar.
  • Uzoq muddatli disbakterioz holatida.
  • Antibiotiklar bilan davolanishning har bir kursidan keyin.
  • Allergiyaga moyil bo’lgan bolalar.
  • Tez-tez kasal bo’ladigan bolalar uchun umumiy yaxshilash vositasi sifatida.
  • Bolalar uchun safar va sayohat vaqtida.
  • Oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarida.
NIMA UCHUN HAZM QILISH MUAMMOLARI KENG TARQALGAN?

Shifokorlarning ma’lumotlariga ko’ra, har 10 kishidan 9 nafari disbakteriozning u yoki bu turidan aziyat chekadi, bu bizning sanoat turmush tarzimiz uchun o’ziga xos to’lovdir. Birinchi sabab – biz har kuni suv quvurlaridan ichadigan xlorli suv. Ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi sabablar ekologiya, noto’g’ri ovqatlanish va antibiotiklardan asossiz foydalanish. Va nihoyat, yana bir sabab – sterillikka nisbatan haddan tashqari ishtiyoq va antiseptiklardan ommaviy foydalanish.

BOLALARDA DISBAKTERIOZ NIMA UCHUN XAVFLI?

Ichak disbakteriozi qabziyat, ich ketishi, gazlar, allergiya, qorin bo’shlig’idagi og’riqlar kabi alomatlarga ega bo’lib, ichak himoya mikroflorasining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bolaning normal ichak mikroflorasi asosan bifido- va laktobakteriyalardan iborat bo’lib, ular bola organizmini xavfli mikroblardan himoya qiladi.

Bolaning mikroflorasida kerakli miqdorda foydali bakteriyalarning mavjud emasligi ularning o’rnida shartli-patogen va patogen flora ko’payishiga olib keladi, bu nafaqat hazm qilish tizimining buzilishiga, balki oshqozon-ichak trakti kasalliklari, allergiya va boshqa oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari, normal mikroflorasiz bola ichaklari to’liq ishlay olmaydi, bu esa o’sayotgan organizm uchun muhim bo’lgan ozuqa moddalari, mikroelementlar, vitaminlar so’rilishiga imkon bermaydi.

Ichak disbakteriozida barcha bolalarda immunitet pasayishi kuzatiladi, ular tez-tez va uzoq vaqt kasal bo’ladilar. Buning sababi esa, aynan sog’lom ichak mikroflorasi immunitet ishlab chiqarishni rag’batlantirish uchun zarur bo’lgan moddalarni ajratishida hisoblanadi.

RONOFLOR KIDS QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?

Ronoflor Kids mahsuloti hazm qilish traktidan o’tib, tirik holda ichaklarga yetib boruvchi milliardlab bifido- va laktobakteriyalarni o’z ichiga oladi. U yerda ushbu bifidobakteriyalar allaqachon ichakka o’rnashib olgan bakteriyalarga qo’shilib, ularga ichak sog’lig’ini saqlashga, ovqatni yaxshiroq hazm qilishga, patogen bakteriyalarni nazorat ostida ushlab turishga va organizmning tabiiy himoyasini kuchaytirishga yordam beradi.

SOG’LOM BOLALARGA PROFILAKTIKA MAQSADIDA RONOFLOR KIDS BERISH MUMKINMI?

Bolalar ichak bakteriyalari muvozanati turli xil kundalik omillarga juda sezgir. Noto’g’ri ovqatlanish, stress va organizm himoyasini zaiflashtiradigan boshqa omillar ichakdagi foydali bakteriyalar sonining kamayishiga olib kelishi mumkin. Ronoflor Kids ichakdagi «foydali» bakteriyalar sonini ko’paytirishning samarali va ishonchli usulini taklif qiladi, shu bilan normal mikloflorani saqlashga yordam beradi va mukammal profilaktika va yaxshilash vositasi hisoblanadi.

RONOFLOR KIDS MAVJUD BOSHQA PROBIOTIKLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

Bu, birinchi navbatda foydalanilgan bakteriya shtammlarining yuqori sifati, barqarorligi, xavfsizligi va klinik jihatdan tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bundan tashqari, Ronoflor Kids sinbiotik hisoblanib, tarkibida preparatni qo’llash ta’sirini kuchaytiradigan FOS prebiotiklari ham mavjud.

HAR BIR RONOFLOR KIDS SASHE-PAKETIDA QANCHA BAKTERIYA MAVJUD?

Mahsulot bitta sashe-paketida 1:1 nisbatda 2,0 milliarddan kam bo’lmagan bifido- va laktobakteriyalar mavjud. Shuni ta’kidlashni istardikki, Ronoflor Kids tarkibida keltirilgan bakteriyalar soni ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar kabi ishlab chiqarilgan sanaga emas, balki yaroqlilik muddatiga ko’ra kafolatlanadi.

ConsumerLab (AQSh) mustaqil tadqiqot laboratoriyasi 2008- yilda 24 xil kapsula va kukun ko’rinishidagi probiotiklar tarkibini o’rgandi va ulardan 15 tasi (60%!!!) tarkibida qadoqda ko’rsatilgan bakteriyalar sonini mavjud emasligi aniqlandi.

RONOFLOR KIDS TARKIBIDA PREBIOTIK HAM MAVJUD. U NIMA VA NIMA UCHUN KERAK?

Prebiotikalar – foydali mikroflora uchun ozuqa hisoblanadi, ya’ni uning o’sishi va hayotiy faoliyatini kuchaytiruvchi moddalardir. Ronoflor Kids tarkibidagi prebiotik (qisqa zanjirli FOS ko’rinishida) ichakdagi foydali bakteriyalarning yaxshi birikishi va o’sishiga yordam beradi va shu bilan mahsulotdan foydalanish ta’sirini kuchaytiradi.

bolalar RONOFLOR KIDSni … qo’llashi MUMKINMI?

… dori-darmonlar qabul qilish paytida?

Ha, mahsulotni qabul qilish dori-darmonlar bilan davolanishga xalaqit bermaydi.

… vitaminlar bilan bir vaqtda?

Ha. Ronoflor Kids vitaminlar bilan bir vaqtda qabul qilinishi mumkin.

… antibiotiklar qabul qilish paytida?

Ha, antibiotiklar «zararli» va «foydali» bakteriyalarni birdek nobud qilganligi sababli, shifokorlar ko’pincha ichak mikroflorasini tiklash uchun antibiotiklarni qabul qilish bilan bir vaqtda yoki undan keyin probiotiklarni qabul qilishni tavsiya etishadi. Shu bilan birga, antibiotiklar va Ronoflor Kidsni bir oz tanaffus bilan qabul qilish tavsiya etiladi.

…qabziyatdan aziyat chekayotganda?

Ha, Ronoflor Kids qabul qilish qabziyatni davolashda muhim tarkibiy qism bo’lgan normal ichak mikroflorasini tiklashga yordam beradi. Biroq, Ronoflor Kids qabziyatga qarshi kurashish vositasi emas, balki kompleks davolashning komponentlaridan biri hisoblanadi.

… qandli daibet bilan og’riganda?

Ha, chunki Ronoflor Kids tarkibida shakar yo’q.

BOLALARGA RONOFLOR KIDs BERISHNING ENG YAXSHI USULI QANDAY?

Ronoflor Kids – kukun shaklida bolalar uchun maxsus tayyorlangan bo’lib, yoqimli va shirin ta’mga ega. Siz preparatni har qanday issiq bo’lmagan taomga (bo’tqa, quruq nonushta, yogurt, buterbrod va boshqalar ustiga) qo’shishingiz yoki shunchaki qoshiqda berishingiz mumkin. Agar bola preparatni qoshiqda qabul qilishni istamasa va qarshilik ko’rsatsa, uni oziq-ovqat yoki ichimlikka qo’shish maqsadga muvofiqdir.

Ronoflor Kidsni issiq ovqat va ichimliklarga qo’shish tavsiya etilmaydi, chunki yuqori harorat ta’sirida bakteriyalar tezda nobud bo’lishi mumkin.

RONOFLOR KIDSNI QACHON VA QANDAY QABUL QILISH KERAK?

Ronoflor Kids istalgan vaqtda oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinishi mumkin.

ANTIBIOTIKLAR BILAN DAVOLAniSH MOBAYNIDA RONOFLOR KIDSNI QAY TARZDA qabul QILish YAXSHIROQ?

Eng samarali tanlov – antibiotikni qabul qilgandan keyin 2-3 soat oralig’ida Ronoflor Kidsni qabul qilishdir. Antibiotiklar qabul kursini tugatgandan so’ng, ichak mikroflorasini to’liq tiklash va me’yorlashtirish uchun Ronoflor Kidsni yana 7 kun davomida qabul qilishni davom etish maqsadga muvofiq. Shuningdek, antibiotiklar bilan bir vaqtda qabul qilishga biz boshqa probiotik – Ronoflor Forteni tavsiya etamiz. Ushbu probiotik faolligini yo’qotishidan qo’rqmasdan, antibiotiklar bilan birga qo’llanilishi mumkin.

RONOFLOR KIDS QANCHA MIQDORDA QABUL QILINISHI MUMKIN?

Tabiiy mikrofloraning elementi bo’lgan Ronoflor Kids qarshi ko’rsatmalarga ega emas, shuning uchun mahsulotni tavsiya etilgan dozadan bir necha baravar ko’p miqdorda qabul qilish xavfsiz hisoblanadi.

KATTALAR HAM RONOFLOR KIDS KUKUNLARINI qabul qilishlari MUMKINMI?

Ha, mumkin, ammo qabul qilish dozasi oshirilishi lozim.

RONOFLOR KIDSNI QANDAY SAQLASH KERAK? SOVUQ VA ILIQ HARORATNING mahsulot BARQARORLIGIGA TA’SIRI QANDAY?

Ronoflor Kids asl qadoqlarida, quruq, salqin joyda, 10 ° C haroratdan yuqori bo’lmagan sharoitda saqlash tavsiya etiladi. Ronoflor Kids asl qadoqlarda saqlanganda sovuq harorat (va hatto muzlash) ta’siriga barqaror hisoblanadi. Ronoflor Kids asl qadoqlarda saqlanganda qisqa vaqt davomida (taxminan 3 oy) yuqori haroratga yetarli darajada chidamli hisoblanadi.

O‘xshash mahsulotlar

Bifilaxx Baby

47 000 UZS
Savatga

Bifilaks Relif

42 000 UZS
Savatga

IMMULOR (IMMULOR)

120 000 UZS
Savatga

Vitamiks Immuno

41 000 UZS
Savatga

BaktoLOR

51 000 UZS
Savatga

Ronoflor Relief

42 000 UZS
Savatga

Ronoflor Forte

59 000 UZS
Savatga

DEFISINK

28 000 UZS
Savatga
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?