Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • 42 000 UZS
      • × Bifilaks Relif 1 × 42 000 UZS

      Jami: 42 000 UZS

      Ko'rishTo'lov

  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Savatcha

    • × Bifilaks Relif 1 × 42 000 UZS

    Jami: 42 000 UZS

    Ko'rishTo'lov

Mijoz "Boshqa zonalaringiz qamrab olmagan joylar" mintaqasiga mos keldi
Savatga “Bifilaks Relif” qo'shildi. Ko'rish
Bosh sahifa / Bolalar

Bifilaxx Baby

47 000 UZS

Probiotik bakteriyalar majmuasi ichak mikroflorasining muvozanatini saqlaydi va tiklashga yordam beradi.

Daniya mutaxassislari tomonidan bolalar hayotining dastlabki kunlaridan qo’llash uchun maxsus ishlab chiqilgan!

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bifilaxx Baby

47 000 UZS

Bo'lim: Bolalar, Hazm qilish

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR
Ta’siri

Probiotik bakteriyalar majmuasi ichak mikroflorasining muvozanatini saqlaydi va tiklashga yordam beradi.

FOS ichak foydali mikroflorasining o’sishi va rivojlanishiga tanlab ta’sir qiladi.

tarkibi

1 sashe 0,5 milliard KTB ichakning tabiiy mikroflorasiga oid (Bifidobacterium lactis, BB-12; Streptococcus thermophilus, TH-4 — 9:1 nisbatda) tirik bakteriyalar va qisqa zanjirli fruktooligosaxaridlar (qz-FOS) dan iborat.

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Bolalar hayotining dastlabki kunlaridan ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun foydali probiotik bakteriyalar manbai.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

BFQ komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.

QO’LLASH USULI VA dozalari

Bolalarga, hayotning dastlabki kunlaridan 1-2 sashedan ovqat mahali beriladi, dastavval sashedagi kukun ona sutida, sut aralashmasida yoki suvda eritiladi.

Diqqat — issiq ichimlik bilan aralashtirmang!
Tavsiya qilinadigan qabul qilish kursi – kamida 5 kun.

Chiqarilish shakli

Sashe (folga plyonkali paketcha) tarkibiy qismi og’irligi 0,6 g. Shirin ta’mga ega kukun.

SAQLASH SHAROITi

Bolalar qo’li yetmaydigan joyda, 10°C gacha bo’lgan haroratda.

YAROQLILIK MUDDATI

2 yil.

 

O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000894/1

AFZALLIKLARI

  • Bifilaks Bebi Daniyalik mutaxassislar tomonidan bolalar hayotining dastlabki kunlaridan qo’llash uchun maxsus ishlab chiqilgan! (mahsulot o’xshash tarkiblari dunyoning ko’plab mamlakatlarida muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda).
  • Tarkibi samaradorligi dunyoning yetakchi markazlarida klinik jihatdan isbotlangan BB-12 bifidobakteriyalari va TH-4 termofil streptokokklarining noyob kombinatsiyasidan iborat.
  • «Klassik» bifidumbakterinlardan farqli o’laroq, Bifilaks Bebi ta’siri fruktooligosaxaridlar (FOS) bilan kuchaytirilgan, bu esa chaqaloqning salomatligi va rivojlanishi uchun juda muhim hisoblangan bifidofloraning o’sishini yanada rag’batlantiradi.
  • Qabul qilishda qulay — suvda yoki sutda oson eriydi.
  • Yoqimli shirin ta’mga ega — bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.
  • Saqlash muddati davomida bakteriyalarning xavfsizligini kafolatlovchi maxsus sashelarga ehtiyotkorlik bilan qadoqlangan.
  • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, sun’iy bo’yoqlar va aromatizator mavjud emas.

BILASIZMI:

Bifidobacterium lactis, BB-12

  • Dunyoda eng ko’p o’rganilgan bifidoshtamm hisoblanadi
  • Sog’lom odamlarda ichak tabiiy bioqatlamida mavjud

Streptococcus thermophilus, TH-4

  • Laktozani singdiradi va qayta ishlaydi (laktaza tanqisligida samarali)
  • Nordonlashtiruvchi ta’siriga ega
  • Qayt qilishning oldini olishga yordam beradi

Bolalarning sun’iy oziqlantirilishi oqibatida ozuqa tarkibida oligosaxaridlarning yetarli miqdorda emasligi chaqaloqlarda disbiotik holatlarning namoyon bo’lishining sabablaridan biridir.

Oligosaxaridlar ona sutida juda yuqori konsentratsiyada mavjud — 12-14 g/l (masalan, sigir sutida 1 g/l dan kam).


Mahsulotning yuqori sifati probiotiklarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi hisoblangan Chr. Hansen A/S (Daniya) kompaniyasi texnologiyasi va xom-ashyosidan foydalanish bilan kafolatlanadi.

QO’LLASH USULI

  1. Sashedagi kukunni ona suti, sutli aralashma yoki suvda eritib oling.
  2. Ovqat paytida yoki ichimlik bilan birgalikda bering. Diqqat — issiq ichimlik bilan aralashtirmang!

Dozasi:

  • 6 oygacha bo’lgan bolalar uchun – 1 sashedan kuniga 1 mahal.
  • 6-12 oylik bolalar uchun – 1 sashedan kuniga 2 mahal.

Qabul qilish kursi – 5 kun, zarur holatda 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

SAVOL – JAVOBLAR

NIMA UCHUN BOLALARDA DISBAKTERiOZ paydo bo’lish XAVFI YUQORI?

Chaqaloq tug’ilganda steril toza ichak bilan tug’iladi. Ichak mikroflorasining faol o’rnashishi va shakllanishi chaqaloq hayotining dastlabki kunlarida sodir bo’ladi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqqa ta’sir qiladigan har qanday salbiy omillar u yoki bu darajada to’liq sog’lom ichak mikroflorasining shakllanishiga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, chaqaloqlar disbakteriozdan aziyat chekishlariga sabab bo’luvchi bir qator xavf omillari aniqlangan:

  • erta tug’riq holatlari
  • kesercha kesish usulidagi tug’ruqlar
  • chaqaloqlik davrning nomaqbul kechishi
  • tug’ruqxonada uzoq vaqt qolish
  • ko’krakka kech qo’yish
  • erta sun’iy oziqlantirish
  • ichak motor funksiyasining fiziologik yetuk emasligi.
BOLADA DISBAKTERIOZ BORLIGINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?

Ichak disbakteriozi juda xilma-xil klinik ko’rinishlar bilan tavsiflanadi, ammo eng yaqqol tavsiflovchi xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • sanchiqlar (kolika)
  • ich ketish
  • qabziyat
  • qorin dam bo’lishi (meteorizm)
  • atopik dermatitning namoyon bo’lishi
  • immunitetning zaiflashishi.
BOLALARDA DISBAKTERIOZ NIMA UCHUN XAVFLI?

Bolalarning mikroflorasida kerakli miqdorda foydali bakteriyalarning mavjud emasligi ularning o’rnida shartli-patogen va patogen flora ko’payishiga olib keladi, bu nafaqat hazm qilish tizimining buzilishiga, balki oshqozon-ichak trakti kasalliklari, allergiya va boshqa oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari, normal mikroflorasiz bola ichaklari to’liq ishlay olmaydi, bu esa o’sayotgan organizm uchun muhim bo’lgan ozuqa moddalari, mikroelementlar, vitaminlar so’rilishiga imkon bermaydi.

Ichak disbakteriozida barcha bolalarda immunitet pasayishi kuzatiladi, ular tez-tez va uzoq vaqt kasal bo’ladilar. Buning sababi esa, aynan sog’lom ichak mikroflorasi immunitet ishlab chiqarishni rag’batlantirish uchun zarur bo’lgan moddalarni ajratishida hisoblanadi.

NIMA UCHUN BIFIDOBAKTERIYALAR BOLA UCHUN JUDA MUHIM?

Bifidobakteriyalar kichkintoylar normal mikroflorasining asosiy omili bo’lib, normal ichak funksiyasining tabiiy shakllanishiga yordam beradi. Ular yangi tug’ilgan chaqaloqning ovqat hazm qilish a’zolarida birinchilardan bo’lib paydo bo’ladi va ovqat hazm qilish fermentlarining samarali faoliyati uchun ichakda maqbul muhit yaratadi, shu bilan birga keraksiz kasallik keltirib chiqaruvchi mikrofloraning ortiqcha o’sishini oldini oladi. Bundan tashqari, bifidobakteriyalar ichak qisqarishiga (peristaltika) ijobiy ta’sir ko’rsatadi va immunitet shakllanishini rag’batlantiradi.

Sog’lom bolalarning ichaklari organizm himoya kuchlari va mikroblar o’rtasidagi muvozanatli o’zaro ta’sirning ajoyib namunasidir. Ichakdagi mikrob hujayralarining ulushi va ularning tarkibi bolaning ovqatlanish xususiyatiga bog’liq. Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarda bifidobakteriyalar mikrofloraning 60% dan 90% gacha, sun’iy oziqlantirishda esa huddi shunday ko’rsatkich taxminan 30% -75% ni tashkil qiladi (kattalarda bifidobakteriyalarning ulushi ancha kam — taxminan 5%).

BIFILAKS BEBI QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?

Bifilaks Bebi mahsuloti ovqat hazm qilish a’zolaridan o’tib, tirik holda ichaklarga yetib boruvchi millionlab foydali bakteriyalarni o’z ichiga oladi. U yerda ushbu bifidobakteriyalar allaqachon ichakka o’rnashib olgan bakteriyalarga qo’shilib, ularga ichak sog’lig’ini saqlashga, ovqatni yaxshiroq hazm qilishga, patogen bakteriyalarni nazorat ostida ushlab turishga va organizmning tabiiy himoyasini kuchaytirishga yordam beradi.

BIFILAKS BEBI MAVJUD BOSHQA PROBIOTIKLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

Bifilaks Bebi oson eriydigan kukun shaklida chaqaloqlar va bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Uning tarkibi yevropalik pediatrlar tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoning ko’plab mamlakatlarida muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Shuningdek, biz foydalanilgan bakteriya shtammlarining yuqori Yevropa sifati, barqarorligi, xavfsizligi va klinik jihatdan tasdiqlangan samaradorligini kafolatlaymiz. Bundan tashqari, Bifilaks Bebi sinbiotik hisoblanib, tarkibida preparatni qo’llash ta’sirini kuchaytiradigan FOS prebiyotiklari ham mavjud.

Mahsulot afzalliklari haqida batafsil ma’lumotni bu yerda o’qing >>>

BIFILAKS BEBI TARKIBIDA PREBIOTIK HAM MAVJUD. U NIMA va nima UCHUN kerak?

Prebiotikalar – foydali mikroflora uchun ozuqa hisoblanadi, ya’ni uning o’sishi va hayotiy faoliyatini kuchaytiruvchi moddalardir. Bifilaks Bebi tarkibidagi prebiotik (qisqa zanjirli FOS ko’rinishida) ichakdagi bifidobakteriyalarning yaxshi birikishi va o’sishiga yordam beradi va shu bilan mahsulotdan foydalanish ta’sirini kuchaytiradi.

O‘xshash mahsulotlar

DEFISINK

28 000 UZS
Savatga

Ronoflor Baby

47 000 UZS
Savatga

BaktoLOR

51 000 UZS
Savatga

Ronoflor Relief

42 000 UZS
Savatga
NEW

BaktoLOR tab

73 000 UZS
Savatga

Bifilaks Relif

42 000 UZS
Savatga

Ronoflor Kids

47 000 UZS
Savatga

Vitamiks Immuno

41 000 UZS
Savatga
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?