Q10 koenzimi organizm uchun tabiiy modda hisoblanadi. U organizmning barcha tirik hujayralari tomonidan hosil qilinib, ularda mavjud bo’ladi. Q10 ayniqsa yurak va mushaklarning ishlashi uchun zarur hisoblangan quvvat hosil bo’lishida ishtirok etadi. Shuningdek, Q10 samarali antioksidant ta’sirga ega bo’lib, erkin radikallarning ta’sirini zararsizlantirish orqali hujayralarni shikastlanish va parchalanishdan himoya qiladi va insonga uzoq vaqt yosh qolishida yordam beradi.
Tarkibi
Q10 Maksning 1 kapsulasi quyidagilardan iborat:
- Q10 koenzimi (ubixinon) — 15 mg
- Е vitamini — 5 XB
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR
Q10 Maks Q10 koenzimi va E vitaminining qo’shimcha manbai sifatida yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, yurak aritmiyasi, miokardiodistrofiya, giperxolesterinemiya va ateroskleroz (ayniqsa statinlarni qabul qilishda), qandli diabet, surunkali pankreatit, jigar sirrozi, gepatit, jigar yog’li distrofiyasi, nefroskleroz, parodontoz, surunkali charchoq sindromi, zaiflik, mushak distrofiyasi, gipotireoz, ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlari, bepushtlik, semirish, organizmning erta qarishilarni oldini olish va kompleks davolashda qo’llaniladi.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
BFQ komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davri.
qo’llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun, kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun – kuniga 1 kapsuladan 2 mahal ovqat paytida iste’mol qilinadi.
Profilaktik kurs davomiyligi – 1-2 oy. Ko’proq samaradorlik uchun yiliga ikki marta profilaktik kurs o’tkazish maqsadga muvofiq.
Terapevtik maqsadlarda foydalanilganda qabul qilish dozasi va kursi shifokor tomonidan belgilanadi.
chiqarilish shakli
Kapsulalar.
Saqlash sharoitlari
Quruq, qorong’u joyda 25°C gacha bo’lgan haroratda.
yaroqlilik muddati
2 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000704