tarkibi
1 sashe 400 mg FOS ko’rinishidagi prebiotik hamda 2 milliard (MTB)dan kam bo’lmagan ichak tabiiy mikroflorasi tirik bakteriyalarining quyidagi shtammlaridan iborat:
- Bifidobacterium lactis, BB-12
- Lactobacillus rhamnosus, LGG
ta’siri
Ronoflor Kids tarkibidagi bifido- va laktobakteriyalarning kompleksi ichaklarning ko’p bosqichli himoyasini ta’minlaydi, ichak mikroflorasining muvozanatini tiklaydi va fruktooligosaxaridlar (FOS) esa ichakdagi foydali bakteriyalarning qo’shimcha o’sishiga yordam beradi.
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR
Kattalar, 3 oylik va undan katta bolalarning ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun kerak bo’ladigan foydali probiotik bakteriyalar manbai.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Ozuqaga BFQ ba’zi komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI va dozalari
Ichga qabul qilish uchun.
- 3 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar: kuniga 1 sashedan. Sashe ichidagi kukun ozgina iliq suvda, sutda yoki boshqa bolalar ovqatlari bilan aralashtirish tavsiya etiladi.
- 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: kuniga 2 marta 1 sashedan (ertalab va kechqurun).
Sashe ichidagi kukun og’izga solinib suv bilan ichiladi.
Diqqat! Issiq ichimlikka qo’shmang — mahsulot harorati 40°C dan oshmasligi kerak.
Tavsiya qilinadigan minimal qabul kursi – kamida 5 kun.
Chiqarilish shakli
Og’irligi 0,6 g bo’lgan, sashega (folga plyonkali paketchaga) qadoqlangan shirin ta’mga ega kukun.
SAQLASH SHAROITi
10°C gacha bo’lgan haroratda, bolalar tegmaydigan joyda.
YAROQLILIK MUDDATI
2 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000620/3