Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
Bosh sahifa / Homiladorlik davri

VAGILAKS

Ayollar salomatligi uchun probiotik!

Vagilaks – bu tarkibida GR-1 va RC-14 laktobakteriyalarining 2 ta patentlangan shtammlari mavjud bo’lgan, vaginal mikroflora tiklanishini ta’minlovchi ayollar uchun innovatsion probiotik.

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bo'lim: Ayollar salomatligi, Homiladorlik davri

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Vagilaks – bu tarkibida GR-1 va RC-14 laktobakteriyalarining 2 ta patentlangan shtammlari mavjud bo’lgan, vaginal mikroflora tiklanishini ta’minlovchi ayollar uchun innovatsion probiotik.

Vagilaks kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi biologik faol moddalar ishlab chiqaruvchi foydali laktobakteriyalar sonini ko’paytirish hisobiga vaginal mikroflorani me’yorlashtiradi. 2 shtamm uyg’unligi keng doirada mikroblarga qarshi faollikni ta’minlaydi.

tarkibi

1 dona kapsula sog’lom ayollarning vaginal mikroflorasidan ajratilgan 5 milliard KTB Lactobacillus rhamnosus GR-1 va Lactobacillus reuteri RC-14 vaginal probiotik bakteriyalari shtammlaridan iborat.

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Ayollarda vaginal mikrofloraning buzilishi holatlarida.

Qo’llash sohasi

  • Vaginal disbioz, shu jumladan bakterial vaginoz;
  • Ayol jinsiy a’zolarining o’tkir va surunkali yallig’lanish jarayonlari;
  • Antibiotiklar, sitostatiklar, kortikosteroidlar, zamburug’ va viruslarga qarshi preparatlarni qabul qilish;
  • Homilador ayollarni tug’ruqdan oldin tayyorlash;
  • Rejalashtirilgan tekshirish va ginekologik davolash operatsiyalariga tayyorgarlik;
  • Kontrasepsiya (bachadon ichi spirali, KOK, spermitsidlar) va gormonal vositalardan foydalanish;
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

BFQ komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik. 10 yoshgacha bo’lgan qizlar.

qo’llash usuli va DOZALARI

Vagilaks kapsulalarini ovqat paytida yoki undan keyin suv bilan ichish kerak.

Mikroflorani me’yorlashtirish va vaginozning oldini olish uchun

— kuniga 1 kapsuladan qabul qiling.

Vaginal florani yaxshilanish natijasini 2 haftadan keyin, lekin qabul boshlanganidan boshlab 4 haftadan kechiktirmay kutish lozim.

Surunkali yallig’lanish kasalliklarini kompleks davolashda, shuningdek antibiotiklar bilan davolanish paytida va undan keyin

— kuniga 2 kapsuladan qabul qiling.

Antibiotiklarni preoral qabul qilganda Vagilaks antibiotiklar qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki keyin qabul qilinadi.
Diqqat! Vagilaksni issiq ichimliklar yoki spirtli ichimliklar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar.

saqlash sharoiti

Bolalar qo’li yetmaydigan joyda 25°С gacha bo’lgan haroratda. Sovutgichda saqlash shart emas, biroq u mahsulotning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.

yaroqlilik muddati

2 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000894/3

AFZALLIKLARI

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 60 % ayollarda vaginal mikrofloraning buzilishi kuzatiladi.

Vagilaks – bu innovatsion ayollar probiotiki hisoblanib, intim mikroflora tiklanishini ta’minlaydi va ayollar salomatligini saqlash sohasida yangi imkoniyatlar ochadi.
Vagilaks tarkibida dunyoga mashhur kanadalik olimlar Gregor Reid va Andrew Bruce tomonidan kashf etilgan 2 ta GR-1 va RC-14 laktobakteriyalarining patentlangan shtammlari mavjud. 20 yildan ortiq klinik tadqiqotlar vaginal mikroflorani me’yorlashtirish uchun probiotikni og’iz orqali qabul qilish mumkinligini tasdiqladi.

Vagilaks

  • vaginal mikrofloraning fiziologik muvozanatini me’yorlashtiradi va tartibga soladi
  • yuqori spesifik (laktobakteriyalarning vaginal shtammlari)
  • 1 kapsulada 5 milliard tirik bakteriyalar mavjud
  • shartli-patogen floraning o’sishini susaytiradi
  • urogenital infeksiyalar qaytalanishini sezilarli darajada kamaytiradi
  • antibiotiklar va antiseptiklardan keyingi davolash sifatini yaxshilaydi
  • xavfsiz – nojo’ya ta’sirlarga ega emas
  • samaradorligi butun dunyo bo’ylab klinik sinovdan o’tgan
  • foydalanish uchun qulay (kuniga 1-2 kapsuladan preoral qabul qilinadi)
  • Hansen A/S (Daniya) litsenziyasi asosida ishlab chiqariladi.

Vaginal mikroflorani tiklash va vaginal infeksiyalarning qaytalanishini oldini olishning qulay va samarali usuli.

Vagilaks – Pharmaxx International kompaniyasining rasmiy ro’yxatdan o’tgan savdo belgisi.

GR-1 va RC-14 – Chr. Hansen A/S kompaniyasining rasmiy ro’yxatdan o’tgan savdo belgilari.


bilasizmi:

Atigi 40% ayollar sog’lom vaginal mikrofloraga ega.

  • Har ikkinchi ayol hayotida kamida bir marta jinsiy a’zolarning yallig’lanish kasalliklari bilan ginekologga murojaat qilgan
  • Har beshinchi homiladorlik o’z-o’zidan bola tushishi bilan tugaydi
  • Har oltinchi ayol vaginal ajralmalar va noxush hid tufayli jinsiy yaqinlikdan voz kechadi
  • Normal vaginal mikroflora- noyob muvozanatli ekotizim (biosenoz) bo’lib, qinni patogen mikroorganizmlar tomonidan egallanishidan yoki shartli-patogen muhitning haddan tashqari rivojlanishidan tabiiy himoya hisoblanadi.
  • Laktobakteriyalar – reproduktiv yoshdagi sog’lom ayollar qin muhitining dominant bakteriyalari (95-98%) hisoblanadi.
  • Laktobakteriyalar sonining kamayishi oqibatida vaginal mikrofloraning buzilishi bakterial vaginoz, urogenital kandidoz, o’ziga xos bo’lmagan vaginit va boshqa aralash infeksiyalar ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin.
  • Laktobakteriyalar sonining kamayishi o’ziga xos bo’lmagan shartli-patogen muhitning o’sishi va urogenital trakt kasalliklarining rivojlanishi uchun omil hisoblanadi. Antibiotiklardan foydalangan holda davolash rejalarining keng ko’lamiga qaramay, bakterial vaginoz va kasalliklarning antibiotik davolashdan keyingi qaytalanishining yuqori darajasi ginekologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
  • Probiotiklarni qo’llash vaginal mikroflorani tiklash va vaginal infeksiyalarning qaytalanishini oldini olishning tabiiy va eng xavfsiz usuli hisoblanadi.
  • Vagilaks Chr.Hansen A/S (Daniya) kompaniyasining rasmiy litsenziyasi asosida ishlab chiqariladi. Mahsulotning o’xshash turlari sotuvi dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida amalga oshirilmoqda.
  • Vagilaks tarkibidagi Lactobacillus rhamnosus GR-1 va Lactobacillus reuteri RC-14 laktobakteriyalarining foydali xususiyatlari kanadalik olimlar – Dr. Andrew W. Bruce va Dr. Gregor Reid tomonidan kashf etilgan. Ushbu kashfiyot sog’lom ayollarning urogenital traktidan laktobaksil shtammlarini ajratish bo’yicha 20 yillik tadqiqotlar va tajribalardan so’ng amalga oshirildi.
  • Vaginal mikroflorani yaxshilash uchun og’iz probiotiklaridan foydalanish bo’yicha tadqiqotlar birinchi marta 1973- yilda kanadalik olimlar Andrew W. Bruce va Dr. Gregor Reid tomonidan olib borilgan. 20 yillik tadqiqotlar natijasida kanadalik olimlar Vagilaksni ishlab chiqarishda foydalanilgan laktobakteriyalarning ikkita shtammini (Lactobacillus rhamnosus GR – 1 va Lactobacillus reuteri RC-14) aniqladilar. Bruce va Reid, shuningdek, ushbu laktobakteriyalarning oshqozondan qinga o’tishda o’z samaradorligini saqlab qolganligi sababli ularni og’iz orqali qabul qilish mumkinligini klinik tadqiqotlar orqali isbotladilar. «Ushbu kashfiyot butun dunyo bo’ylab ayollar va qizlarning sog’lig’ini saqlash va yaxshilashga katta ta’sir ko’rsatgan»ligi sababli, olib borilgan tadqiqotlari uchun Bruce va Reid 2007- yilda Mechnikov nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo’lishdi.
  • Ayni paytda, Gregor Reid probiotiklarning inson organizmiga ta’sirini o’rganish bo’yicha eng nufuzli olimlardan biri hisoblanadi. Dr. Gregor Reid – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Probiotiklar bo’yicha ekspertlar guruhining raisi (Chair of the United Nations/WHO Expert Panel on Probiotics). U Kanadadagi Probiotiklarni tadqiq qilish markazini (Canadian Research and Development Centre for Probiotics) boshqaradi va Kanadaning Ontario shahridagi tibbiy tadqiqotlar instituti (Lawson Health Research Institute) direktorining o’rinbosari hisoblanadi.

QO’LLASH USULI

Vagilaks kapsulalarini ovqat paytida yoki undan keyin suv bilan ichish kerak.

Mikroflorani me’yorlashtirish va vaginozning oldini olish uchun

— kuniga 1 kapsuladan qabul qiling.

Vaginal florani yaxshilanish natijasini 2 haftadan keyin, lekin qabul boshlanganidan boshlab 4 haftadan kechiktirmay kutish lozim.

Surunkali yallig’lanish kasalliklarini kompleks davolashda, shuningdek antibiotiklar bilan davolanish paytida va undan keyin

— kuniga 2 kapsuladan qabul qiling.

Antibiotiklarni preoral qabul qilganda Vagilaks antibiotiklar qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki keyin qabul qilinadi.

Diqqat! Vagilaksni issiq ichimliklar yoki spirtli ichimliklar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

SAVOL – JAVOBLAR

VAGILAks NIMA UCHUN ishlab chiqilgan?

Vaginal infeksiyalar eng keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan biridir. JSST ma’lumotlariga ko’ra, ayollarning 60% dan ko’prog’i hayotida kamida bir marta vaginal disbioz (disbakterioz) deb ataluvchi vaginal mikrofloraning buzilishlariga duch kelgan. Vagilaks qin ichidagi foydali laktobakteriyalar sonini ko’paytirish orqali vaginal mikroflorani tiklash uchun mo’ljallangan.

VAGILAKsNI YARATIliSH TARIXI QANDAY?

80-yillarda ayol jinsiy a’zolarining muammolari va kasalliklarini o’rgangan ikki kanadalik urolog — Gregor Reid va Andrew Bruce sog’lom ayollarning qin mikroflorasidan laktobakteriyalarning 2 ta noyob shtammini ajratib olishdi: GR-1 va RC-14.

Keyingi 10 yil ushbu shtammlarning samaradorligi va xavfsizligini batafsil o’rganishga, ularni vaginal mikrofloraning boshqa shtammlari bilan taqqoslashga sarflandi. 90-yillarda, olimlarning klinik tadqiqotlari laktobakteriyalarni vaginal qo’llash usuliga yo’naltirildi va ularning tanosil tizimi infeksiyalarini bartaraf etishdagi yuqori samaradorligini isbotladilar.

2001- yildan boshlab klinik tadqiqotlar probiotikni og’iz orqali qabul qilish usuliga qaratildi va vaginal mikroflorani shu tarzda tiklash imkoniyati isbotlandi, bu esa PROBIOTIKNI biologik faol qo’shimcha toifasida chiqarishga imkon berdi.

2004- yilda Chr.Hansen kompaniyasi, ushbu yangilikni patentladi va probiotikni savdoga chiqara boshladi. Mahsulotning ommaviy ishlab chiqarilishi dunyoning turli mamlakatlarida – Daniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda amalga oshirildi.

2008- yilda FDA (Food & Drugs Administration — oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi) AQShda probiotikni sotishga ruxsat beradi. Bugungi kunda tarkibida GR-1 va RC-14 shtammlari bo’lgan o’xshash turdagi mahsulolar dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida sotilmoqda va o’z segmentlarida yetakchi savdo mavqeini egallab turibdi. Vagilaks ishlab chiqarilishi boshlanishi bilan O’zbekiston ayollar salomatligini saqlash uchun maxsus Probiotik mavjud bo’lgan 36- mamlakatga aylandi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu probiotikni turli mamlakatlarda ishlab chiqarish va sotish Chr. Hansen kompaniyasi litsenziyasi asosida amalga oshiriladi. Masalan, G’arbiy Yevropada sotish huquqlari Merck (Bion Flore Intime) kompaniyasiga, AQShda – Jarrow (Fem-Dophilus), Rossiya va MDH mamlakatlarida esa (O’zbekistondan tashqari) JGL (Vagilac/Lactogyn) kompaniyalariga tegishli. O’zbekistonda esa Pharmaxx International kompaniyasi ushbu mahsulotni ishlab chiqarish va sotish litsenziyasiga ega.

VAGILAks MAVJUD BOSHQA PROBIOTIKLARDAN NIMASI BILAN farq qiladi?

Vagilaksning boshqa probiotiklardan farq qiluvchi xususiyatlari:

  • Laktobakteriyalarning eng yuqori o’ziga xosligi (vaginal shtammlar, ichak shtammlari emas).
    • Qulay preoral qabul qilish usuli.
    • Klinik jihatdan tasdiqlangan yuqori samaradorlik.
    • Nojo’ya ta`sirlarning yo’qligi.
    • Qo’llash xavfsizligi, shu jumladan homilador ayollarda.
VAGINAL MIKROFLORANING ahamiyati QANDAY?

Vaginal mikroflora – ayollar salomatligi himoyasining noyob tizimidir. Bu mikroblarga qarshi tabiiy to’siq bo’lib, mahalliy immunitetni oshiradi. Vaginal ekotizim me’yoriy faoliyatida biologik faol moddalar (bakteriotsinlar, vodorod peroksid, biosurfaktantlar va boshqalar) hamda sut va boshqa kislotalar ishlab chiqaruvchi laktobakteriyalar (bakteriyalarning umumiy sonining 95-98%) ustunlik qilib, ular vaginal muhitni kislotali muhitga o’zgartiradi va shu bilan fiziologik antibakterial ta’sirni ta’minlaydi. Vaginal mikroflora muvozanati buzilishi vaginal disbiozga (disbakterioz) olib keladi.

VAGINAL DISBIOZ QANDAY NAMOYON BO’LADI VA NIMA UCHUN XAVFLI?

Vaginal disbioz hayz ko’rish, hovuzda suzish, stress va boshqalardan keyin hech qanday sababsiz paydo bo’ladigan qichishish, achishish, ajralmalar kabi belgilar bilan namoyon bo’ladi. Vaginal mikroflora muvozanatining buzilishi quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  • vaginal infeksiyalarning rivojlanishi
  • davolanayotgan infeksiyalarning kuchayishi (qaytalanishi)
VAGINAL INFEKSIYALAR HAQIDA QISQACHA ma’lumot BERA OLASIZMI?

Vaginal infeksiyalarning 2 asosiy turi mavjud:

  1. Vaginal floraning buzilishi
  2. Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar

Vaginal floraning buzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

* Bakterial vaginoz (BV)

* Vulvovaginal kandidoz (zamburug’)

* Aerob vaginit (oddiy flora orqali paydo bo’lgan)

* Aralash vaginit

Ushbu infeksiyalar odatda qinda juda oz miqdorda mavjud bo’lgan mikroorganizmlar tomonidan keltirib chiqariladi. Ularning o’sishi asosan laktobakteriyalar (maxsus himoya tizimi) tomonidan tartibga solinadi va bartaraf etiladi. Turli omillar ta’sirida tabiiy vaginal himoya buziladi va mikroorganizmlar (stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchalari) juda tez ko’paya boshlaydi, bu esa qichishish, achishish, ajralmalar va hokazo kabi noxush alomatlar paydo bo’lishiga olib keladi.

Bakterial vaginoz (BV) eng keng tarqalgan vaginal infeksiyalardan biridir. BV – bu vaginal floraning buzilishi (disbioz) hisoblanib, bunda laktobakteriyalar soni keskin kamayadi va ularning o’rnini anaerob mikroorganizmlar egallaydi (Gardnerella, peptokokklar, peptostreptokokklar va boshqalar). Bakterial vaginozda ajralmalar oq, sarg’ish, kulrang bo’lib, ularning hajmi tuli xil bo’lishi mumkin. Bakterial vaginozning asosiy namoyon bo’lishi ajralmalarning o’ziga xos «baliq» hidliligidir. Qichishish va achishish BV uchun xos xususiyat emas.

BVni davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • kasallik keltirib chiquvchi mikroorganizmlarni yo’q qilish.
  • qinni laktobakteriyalar bilan to’ldirish va tabiiy himoyani to’liq tiklash uchun ularning ko’payishini ta’minlash.

Vulvo-vaginal kandidoz (tibbiy nomi).

Bu Candida zamburug’lari keltirib chiqaradigan kasallik. Ushbu zamburug’lar me’yoriy holatda qinda mavjud bo’ladi. Kasallik belgilari Candida intensiv ravishda ko’payishni boshlaganda paydo bo’ladi. Kandidoz kamida bir marta har 4 ayoldan 3 tasida uchraydi, ayollarning taxminan yarmida ushbu kasallik davolanishdan keyin yana qaytalanadi.

Kandidozga xos bo’lgan alomatlar: ko’plab oq «tvorog» ko’rinishdagi ajralmalar, qichishish va achishish. Kandidoz jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar turiga tegishli emas.

Kandidozni davolash uchun turli xil zamburug’ga qarshi preparatlardan foydalaniladi. Kandidoz vaginal disbioz ekanligini hisobga olgan holda, tabiiy vaginal himoyani tiklash uchun preparatlar buyuriladi (laktobakteriyalar sonini tiklash va ularning hayotiy faoliyatini ta’minlash).

Ko’pincha, kandidozni davolash laktoflorani tiklamasdan, faqat kandidozga qarshi preparatlar bilan cheklanadi. Bunday holatda, kasallikning yana qaytalanish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi, chunki bir muncha vaqt o’tgach, kandidoz yana intensiv ravishda ko’payishi mumkin.

VAGINAL INFEKSIYALARNING SABABLARI NIMA?

Vaginal infeksiyalarning paydo bo’lishining asosiy sababi va qo’zg’atuvchisi vaginal mikroflora muvozanatining buzilishi hisoblanadi. Ushbu muvozanatga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ko’plab omillar mavjud.

Avvalo, bu tashqi omillar, masalan:

  • Turli xil ham mahalliy (vaginal tabletkalar va shamlar), ham tizimli (bular og’iz orqali qabul qilingan yoki in’ektsiya yo’li bilan berilgan) antibiotiklar, antiseptiklar, metronidazol guruhi preparatlarini qabul qilish.
    • Immunitetni sustlovchi preparatlar bilan davolash (kortikosteroidlar va boshqalar)
    • Haddan tashqari ko’p yoki noto’g’ri shaxsiy gigiena amallari (qinni tez-tez yuvib turish va dush qabul qilish)
    • Kontratseptivlarni qabul qilish (tabletkalar, qin shamlari, kremlar, diafragmalar va hokazo)
    • Xlorli suvda uzoq vaqt qolish (suzish havzalari)
    • Asabiylashish, tashvishli holatlar, zo’riqish
    • Uzoq vaqt mobaynida sovuqqotish
    • Jarrohlik aralashuvlari

Ichki kasalliklar va boshqa holatlarda immunitetning pasayishi

  • Homiladorlik va emizish davri
    • Hayz ko’rish
    • Umumiy kasalliklar (qandli diabet)
    • Ayol jinsiy gormonlari ishlab chiqarilishining pasayishi (menopauza)
VAGINAL INFEKSIYALARNING MUMKIN BO’LGAN OQIBATLARI QANDAY?

Vaginal infeksiyalar ko’pincha ayollar tomonidan kam baholanadigan juda jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Vaginal infeksiyalar qo’zg’atuvchisi bo’lgan mikroorganizmlar qindan ayol jinsiy tizimining yuqori qismlariga yetib borish qobiliyatiga ega. Natijada yallig’lanish bachadon, bachadon naychalari va tuxumdonlarga tarqalishi va quyidagi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:

  • Vaginit va kolpit (qinning yallig’lanishi)
    • Servitsit (bachadon bo’yni yallig’lanishi)
    • Sistit (siydik pufagining yallig’lanishi)
    • Uretrit (uretraning yallig’lanishi)
    • Tos sohasidagi surunkali og’riqlar
    • Bepushtlik
    • Bachadon o’smalarining shakllanishi

Homiladorlik paytida vaginal infeksiyalar ayniqsa xavfli hisoblanib, quyidagilarga sabab bo’lishi mumkin:

  • Erta tug’ruq
    • O’z-o’zidan bola tushishi
    • Xomila infeksiyasi
    • Xorioamnionit (homila membranalarning yallig’lanishi)
    • Endometrit (bachadon shilliq qavatining yallig’lanishi)
NIMA UCHUN DAVOLANGANDAN KEYIN VAGINAL INFEKSIYALAR YANA QAYTAlANADI?

Vaginal infeksiyalar kuchayishining sababi, tabiiy vaginal himoyaning buzilishidadir. Har qanday yallig’lanish jarayoni (bakterial vaginoz, kandidoz, vaginit) natijasida, shuningdek dorilar (antibiotiklar, har qanday vaginal shamchalar yoki tabletkalar, kandidozni davolovchi dorilar) ta’siri ostida laktobakteriyalar nobud bo’ladi. Vaginal himoya tizimi buziladi, laktobakteriyalar endi zamburug’lar, stafilokokklar va vaginal infeksiyalarni keltirib chiqaruvchi boshqa mikroorganizmlarning ko’payishini nazorat qila olmaydi.

Xech qanday xavf tug’diruvchi omillar qolmagach, kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar juda tez ko’payishni boshlaydi. 10-30 kundan keyin ularning soni juda ko’payib, yallig’lanish paydo bo’ladi. Natijada, qiyinchilik bilan davolangan ajralmalar, achishish, qichishish, noqulaylik holatlari yana qaytalanadi.

Davolash qayta buyuriladi, vaqtincha yaxshilanish fazasi kuzatiladi va vaqt o’tib kasallik (qaytalanish) yana kuchayishni boshlaydi. Tabiiy vaginal himoya tiklanmaguncha, qaytalanish vaqti-vaqti bilan, yiliga bir, ikki yoki bir necha marta sodir bo’ladi.

KASALLIK QAYTALANISHINI QANDAY OLDINI OLISH MUMKIN?

Vaginal infeksiyalar qaytalanmasligi uchun shikastlangan vaginal himoyani tiklash zarur.

Shuning uchun har qanday vaginal infeksiyani davolashning to’liq kursi, u kandidoz yoki boshqa kasallik bo’lsin, ikki bosqichdan iborat bo’lishi kerak:

  1. barcha kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni bartaraf etish
  2. tabiiy vaginal mikroflorani tiklash

Agar davolanish faqat 1- bosqich bilan cheklangan bo’lsa, davolanishdan 10-30 kun o’tgach, alomatlar yana qaytalanishi uchun barcha sharoitlar mavjud bo’ladi. Shuning uchun qinni laktobakteriyalar bilan to’ldirish juda muhim hisoblanadi. Ushbu usul davolash tugagandan so’ng darhol yoki har qanday infeksiyaga qarshi davolanish (har qanday vaginal shamlar yoki tabletkalar, og’iz orqali yoki in’ektsiya yo’li bilan qabul qilingan antibiotiklar) bilan bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi kerak.

VAGILAks LAKTOBAKTERIYALARI QINGA QANDAY yetib boradi?

Vagilaks odatdagi tabletkalar singari og’iz orqali qabul qilinadi. Yutilgan kapsula oshqozonga kiradi, u yerda uning qobig’i eriydi, ammo laktobakteriyalar maxsus gel bilan himoyalangan bo’lib, oshqozon ta’siriga uchramaydi. Ingichka ichakda laktobakteriyalar geldan ajralib, to’g’ri ichakka kiradi. To’gri ichak va qin sohasining anatomik yaqinligi tufayli bakteriyalar qinga kirib, uni tabiiy ravishda egallashga kirishadi. Kanadalik olimlar Bruce va Reid oshqozon-ichak trakti orqali o’tishga va qinga joylashishga qodir bo’lgan laktobakteriyalarni kashf etgani uchun nufuzli Mechnikov xalqaro mukofotiga sazovor bo’lishdi.

VAGILAks KANDIDOZDA YORDAM BERADIMI?

Vagilaks kandidozni davolashdan keyin vaginal mikroflorani tiklashga va kandidozni oldini olishga yordam beradi. Kandidozni ginekolog tomonidan tayinlangan zamburug’ga qarshi vositalar bilan davolash lozim. Avval zamburug’ga qarshi preparatni qabul qilishni tugatish va kandidozning namoyon bo’lishi bartaraf etilishini kutish juda muhim va shundan keyingina Vagilaks yordamida mikroflorani tiklashni boshlash zarur. Kandidoz – bu Candida zamburug’lari keltirib chiqaradigan infeksiya bo’lib, ular foydali laktobakteriyalarni siqib chiqaradi va normal vaginal kislota muvozanatini o’zgartiradi. Vaginal mikrofloraning buzilishi kandidoz va boshqa vaginal infeksiyalarning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Zamburug’ga qarshi vositalar kasallik alomatlaridan xalos bo’lishga imkon beradi, ammo shu bilan birga kandidoz sababli buzilgan vaginal mikroflorani tiklamaydi. Vagilaks tarkibida vaginal mikroflorani tiklash va kandidozning qaytalanishini oldini olishga yordam beruvchi tirik laktobakteriyalar mavjud.

HOMILADORLIK davrida VAGILAKsNI QABUL QILISH MUMKINMI VA UNING NOJO’YA TA’SIRI yo’qmi?

Ko’plab klinik tadqiqotlar Vagilaks tarkibidagi laktobakteriyalarning nojo’ya ta’sirlari yo’qligini isbotladi. Shuning uchun Vagilaksni homilador ayollarga vaginal mikroflorani tiklashda qabul qilish tavsiya etiladi.

VAGILAks QIN SHAMCHALARIDAN (MAHALLIY PROBIOTIKLAR) QANDAY FARQ QILADI?

Vagilaks – bu og’iz orqali qabul qilinadigan probiotik, ya’ni Vagilaks kapsulalari oddiy tabletkalar kabi ichiladi. Bundan tashqari, Vagilaks tarkibida sog’lom ayollarning urogenital traktidan ajratilgan tirik laktobakteriyalar mavjud, mahalliy probiotiklar esa (qin shamlari) ichak florasidan ajratilgan bakteriyalar asosida tayyorlanadi. Ichakdan ajratilgan bakteriyalar faol ravishda ko’paya olmasligi, qinda koloniyalar hosil qilmasligi va kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarni siqib chiqara olmasligi sababli ayol organizmini genital infeksiyalarning qayta rivojlanishidan himoya qila olmaydi. Vagilaks laktobakteriyalari qin shilliq qavatida yaxshi o’rnashishga, qin bo’shlig’ida faol ko’payishga va o’rnashib olishga qodir. Ular kasallik patogen mikroblarni nobud qiluvchi bir qator biologik faol moddalarni (bakteriotsinlar, lizotsim, vodorod peroksid) ishlab chiqaradi.

VAGILAks hamda VAGINORM-C o’rtasida QANDAY FARQ mavjud?

Farqi shundaki, Vagilaks tarkibida sog’lom ayollarning urogenital traktidan ajratilgan tirik laktobakteriyalar mavjud, Vaginorm C tarkibida esa faqat askorbin kislotasi mavjud bo’lib, u vaginal kislota muvozanatini vaqtincha me’yorlashtiradi. Vaginorm C qin orqali yuboriladi, Vagilaks esa oddiy tabletkalar kabi og’iz orqali qabul qilinadi.

O‘xshash mahsulotlar

Ronoflor Relief

Batafsil

Relakzen

Batafsil
NEW

Novoferrin

Batafsil

Ronoflor Forte

Batafsil

Mamavit Prenatal

Batafsil

Mamavit Laktatsiya

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?