Relakzen ta’siri uning tarkibiga kirgan sut oqsili peptidlarining isbotlangan stressga qarshi xususiyatlariga asoslangan. Relakzen xavotirlik belgilarini bartaraf etadi, psixologik hissiyotlarni barqarorlashtiradi, inson organizmining stress paytidagi salbiy holatlarini kamaytiradi, kundalik hayot sifatini yaxshilaydi.
Tarkibi
1 dona kapsula 150 mg sut oqsili gidrolizatidan iborat (Lactium®).
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR
Xavotirlik belgilari va stressni bartaraf etish uchun sut oqsili peptidining qo’shimcha manbai sifatida:
- imtihon, muhim uchrashuv, namoyishlardan oldin va hokazo;
- hissiy holatning beqarorligi bilan birga kechadigan, asabiylashish, xavotirlik, tashvishlanish, diqqatning pasayishi, uyquning buzilishi, ko’p spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, shirinliklar iste’mol qilganda va hokazo holatlarda.
QO’LLASH USULI VA dozalari
Ichga qabul qilish uchun, kuniga 1 mahal 1 kapsuladan suv bilan ichiladi, ertalab yoki kechqurun, kunning qaysi qismida ta’siri muhimroq bo’lsa (qabul qilingandan 1 soat keyin ta’siri seziladi).
Qabul qilish kursi: chegaralanmagan.
Ortiqcha vaznda (120 kg dan yuqori) yoki stress kuchaygan holatda dozani oshirish mumkin.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Sut oqsiliga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.
nojo’ya ta’sirlari
Aniqlanmagan.
chiqarilish shakli
Kapsulalar.
SAQLASH SHAROITI
Quruq, salqin joyda.
YarOqlilik muddati
3 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 0001456/2