Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
  • Kechirasiz, ushbu mahsulotni sotib olib bo‘lmaydi.
Bosh sahifa / Ko'rish qobiliyati

LUTEIN OFTALMO

UZOQ YILLAR DAVOMIDA KO’Z SALOMATLIGI

Kuchaytirilgan formulaga ega zamonaviy kompleks. Vizual zo’riqishlarda va ko’rish qobiliyatining yosh bilan bog’liq o’zgarishlari yuzaga kelganda funksional holatni saqlab turish va ko’rish apparati faoliyatini optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan.

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bo'lim: Ko'rish qobiliyati, Uzoq umr

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • Преимущества
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR
XAVF GURUHI/KIMlarGA TAVSIYA ETILADI:
  • Keksalarga
  • Muntazam tarzda kompyuterda ishlashda
  • Koʻrish qobiliyati katta zo’riqishlarga duch keladigan insonlarga
  • Maktab o’quvchilari va talabalar
  • Avtomobil ixlosmandlari uchun
  • Suv yaqinida va tog’larda vaqt o’tkazuvchi insonlarga

Har qanday yorug’lik, ayniqsa, intensiv va sun’iy yorug’lik ko’zlarga zarar yetkazadi. Yorug’lik nurlari ko’z orqali o’tib, sariq dog’ (makula) sohasidagi to’r pardaga — yuqori ko’rish o’tkirligi uchun mas’ul bo’lgan maxsus hududga qaratiladi. Intensiv yorug’lik nurlari ta’sirida ko’zda agressiv erkin radikallar hosil bo’lib, to’r pardaning nurga sezgir hujayralariga zarar yetkazadi. Yillar davomida bunday zarar to’planib boradi va ko’rish qobiliyati asta-sekin yomonlashadi.

Baxtimizga, erkin radikallardan himoya qilishning tabiiy mexanizmi mavjud: ko’k-binafsha spektri zararli nurlarining aksariyati tabiiy karotinoidlar — lutein va zeaksantin tomonidan ushlab qolinadi, ularning maksimal zichligi makula sohasida kuzatiladi. Lutein va zeaksantin to’r pardani hujayra darajasida himoya qilish orqali erkin radikallar ta’sirini zararsizlantiradi.

Lutein sintez qilinmaydi, shuning uchun uning ko’z to’qimalarida mavjudligi oziq-ovqat (meva va sabzavotlar) bilan qabul qilinishiga bog’liq. Luteinga bo’lgan kunlik ehtiyoj bor-yo’g’i 5 mg bo’lsa-da, hatto eng muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ham luteinga bo’lgan ehtiyojni to’liq qondira olmaydi. Vaqt o’tishi bilan ko’z tuzilmalarida luteinning yetarli emasligi ko’rish qobiliyatining pasayishi bilan bog’liq qaytarib bo’lmas jarayonlarga olib kelishi mumkin.

Lutein zaxiralarini to’ldirish va ko’z salomatligini saqlash uchun maxsus «Lutein Oftalmo» kompleksi ishlab chiqildi. U dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining standartlashtirilgan tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi: lutein FloraGlo, zeaksantin Optisharp, rux va selen mikroelementlari, shuningdek antioksidant E va C vitaminlari.

QO‘LLASH bo’yicha KO‘RSATMALAR

Ko’zning ko’rish qobiliyati susayganda lutein va zeaksantin qo’shimcha manbai sifatida.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo’lgan bolalar.

QO’LLASH USULI VA dozalari

Ichga qabul qilish uchun, ovqat paytida yoki undan keyin kuniga 1 kapsuladan 1 marta.

Qabul kursi muddati: 20-60 kun.

komponentlar XUSUSIYATLARI

Lutein
U ko’z gavhari va to’r pardasining markaziy (makula) qismida to’planib, u yerda qisman zeaksantinga aylanadi. Lutein va zeaksantin yorug’lik filtri vazifasini bajaradi va ko’zning muhim tuzilmalarini kunduzgi yorug’lik spektrining eng tajovuzkor, ko’k qismidan himoyalaydi. Lutein va zeaksantin kuchli antioksidantlar bo’lib, ular erkin radikallar ta’sirini zararsizlantiradi va to’r pardaning shikastlanishi va ko’z gavharining xiralashishini oldini oladi.

C vitamini
Antioksidantlar (lutein, zeaksantin, antosiyanlar) ta’sirining samaradorligini oshiradi, bu to’r pardada ko’rish pigmentlarini tiklashni tezlashtiradi.

E vitamini
Zararlangan hujayralar yangilanishini tezlashtiradi, to’qimalarning nafas olishida va boshqa muhim metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Kapillyarlarning uziluvchanligiga hamda o’tkazuvchanligiga to’sqinlik qiladi.

Rux
Rux ko’zning to’r pardasi, qon tomirlari va rangdor pardasi tarkibida mavjud. A vitamini darajasini saqlashga yordam beradi, oqsil molekulalarining sintezida ishtirok etadi.

Selen
Antioksidant-mikroelement hisoblanadi. Glutation-peroksidaza fermenti tarkibiga kiradi va uning faolligini belgilab beradi — ko’z to’qimalarining hujayra ichidagi tuzilmalarini zararli kislorod radikallarining nobud qiluvchi ta’siridan himoya qiladi.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 001549

Преимущества

  • Ko’zni himoya qilish uchun karotenoidlar, mikroelementlar va antioksidant-vitaminlarning eng yaxshi uyg’un birikmasidan tarkib topgan.
  • Intensiv zo’riqish holatlarida ko’zlarni himoya qiladi, ko’rish qobiliyatining yosh bilan bog’liq o’zgarishlarining (makula distrofiyasi va katarakta) rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
  • Sinalgan Yevropa tarkibi
  • Sifat kafolati – faqat Shveysariya komponentlaridan ishlab chiqariladi
  • Xavfsiz va samarali — nojo’ya ta’sirlarsiz
  • Lutein va zeaksantinni erkin, maksimal biomavjud shaklidan tarkib topgan
  • Qulay qabul qilish — kuniga 1 dona kapsula!

QO’LLASH USULI

Ichga qabul qilish uchun, suv bilan, ovqat paytida yoki undan keyin kuniga 1 kapsuladan 1 marta.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun.

Qabul kursi muddati: 20-60 kun.

SAVOL – JAVOBLAR

LUTEIN OFTALMO NIMA UCHUN ISHLAB CHIQILGAN?

Lutein Oftalmo ko’z va ko’rish qobiliyati salomatligini qo’llab-quvvatlash, yaxshilash va saqlash uchun ishlab chiqilgan. Ko’z salomatligi uchun eng muhim komponentlarning optimal uyg’un birikmasini tarkib topgan: lutein, zeaksantin, rux, selen, E va C vitaminlari.

So’nggi paytlarda texnik taraqqiyot ko’rish qobiliyatida zo’riqishning keskin oshishiga olib keldi. Kompyuter va televizor ekranining nurlari, har qanday yorqin nur ko’zning eng muhim qismiga – makula, ya’ni to’r pardaning markaziy qismiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tishi bilan bu jiddiy patalogiyaning rivojlanishiga olib keladi – yosh bilan bog’liq makula distrofiyasi (YMD). Ushbu kasallik asta-sekin, ammo muqarrar ravishda ko’rish qobiliyatining to’liq yo’qolishiga olib keladi. Hozirgi kunda 60 yoshdan oshgan odamlarda ko’rish qobiliyati yo’qolishining eng keng tarqalgan sababchisi bu, makuladistrofiyadir. Ushbu kasallik natijasida dunyoda 25-30 million kishi allaqachon ko’rish qobiliyatini yo’qotgan. Vaqt o’tishi bilan YMD bilan kasallanish yosharib bormoqda – bugungi kunda ushbu kasalikka 50-55 yoshdagi odamlar ko’proq duch kelishmoqda. Chekish esa muammoni yanada kuchaytiradi: chekuvchilarda YMD rivojlanish xavfi 6 barobar yuqori! Yana bir keng tarqalgan ko’z kasalligi – bu glaukoma. Uning asosiy alomatlaridan biri optik glaukomatik neyropatiya (OGN) bo’lib, u ko’rish nerv tolalari atrofiyasiga va to’liq ko’rlikka olib kelishi mumkin. OGNning rivojlanish mexanizmi ko’rish nervi boshchasida qon aylanishining buzilishi, ishemiya oqibatida ortiqcha erkin radikallarning paydo bo’lishi va erkin radikallarning ortiqcha shakllanishi bilan moddalar almashinuvining buzilishini o’z ichiga oladi. Afsuski, hozirgi vaqtda YMD va ko’rish nervi atrofiyasi natijasida yo’qotilgan ko’rish qobiliyatini qaytarishning hech qanday usuli mavjud emas. Patologik jarayonni to’xtatish uchun imkon qadar tezroq barcha choralarni ko’rish lozim. To’r parda, ayniqsa uning markaziy qismi – makula, yemirilishdan tabiiy himoyaga – lutein va zeaksantin karotenoidlardan tarkib topgan pigment qatlamiga ega. Lutein inson organizmida sintez qilinmaydi va organizmga faqat oziq-ovqat (meva va sabzavotlar) orqali kiradi, zeaksantin esa to’g’ridan-to’g’ri ko’z to’r pardasida luteindan hosil bo’ladi. Ko’z to’r pardasi salomatligi lutein va zeaksantin miqdoriga bog’liq. Keksalikka qadar yaxshi ko’rish qobiliyatini saqlab qolish uchun inson har kuni kamida 5 mg lutein va 1 mg zeaksantinni oziq-ovqat bilan iste’mol qilishi lozim – bunday miqdor taxminan 250 g ismaloq, 0,5 kg bulg’or qalampiri yoki 1 kg sabzida mavjud. Afsuski, bizning odatiy taomnomamiz qayd etilgan me’yorning 20-30 % o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda yetakchi oftalmologlar ko’z uchun kompleks preparatlar tarkibida luteinni har kuni qo’shimcha qabul qilishni qat’iy tavsiya qiladilar.

LUTEIN OFTALMO QABUL qilishDAN OLDIN U HAQIDA NIMANI BILISHIM KERAK?

Lutein Oftalmo luteinning qo’shimcha manbai sifatida so’nggi ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda yetakchi tibbiyot mutaxassislarining tavsiyalari va maslahatlari asosida ishlab chiqilgan. Lutein Oftalmo dori vositasi hisoblanmaydi va faqat qo’shimcha davolashda profilaktika va qo’llab-quvvatlovchi vosita sifatida qo’llanilishi mumkin.

LUTEIN OFTALMO KIMLARGA TAVSIYA ETILADI?

Lutein Oftalmo ko’z salomatligini yaxshilash, qo’llab-quvvatlash va himoya qilishni istagan har bir kishiga tavsiya etiladi, ayniqsa:

  • Keksalarga
  • Har qanday yoshda, muntazam tarzda kompyuterda ishlashda
  • Yuqori vizual zo’riqishlarga ega insonlarga
  • Maktab o’quvchilari va talabalar
  • Avtomobil ixlosmandlari uchun
  • Suv yaqinida va tog’larda vaqt o’tkazuvchi insonlarga
LUTEIN VA ZEAKSANTIN KAROTENOIDLARINING TA’SIR MEXANIZMLARI QANDAY?

Tabiatda umumiy hisobda 600 ga yaqin karotenoidlar ma’lum bo’lib, ulardan 50 tasini biz oziq-ovqat bilan qabul qilamiz, 13 tasi qon plazmasiga kirishi mumkin va faqat 2 tasi (lutein va zeaksantin) ko’z makulasida mavjud bo’ladi.

Lutein va zeaksantinning himoya ta’siri biologik va optik mexanizmlar bilan bog’liq:

Biologik mexanizm lutein va zeaksantinning erkin radikallarni zararsizlantirishda yuqori antioksidant qobiliyati, shuningdek, ko’z makulasida to’planish qobiliyati (inson organizmida karotenoidlar kontsentratsiyasi eng yuqori bo’lgan qismi —  sariq dog’ deb ataladi) orqali to’r pardani eng xavfli — yorug’likning ko’k qismi, xususan ultrabinafsha nurlanishining zararli ta’siridan himoya qilish bilan bog’liq.

Optik mexanizm lutein va zeaksantinning ko’z ichi rangli filtrlar vazifasini bajarish qobiliyatiga bog’liq bo’lib, quyidagilarni ta’minlaydi:

— ko’zni qamashtiruvchi nurlardan himoya va qulaylik uchun (ko’z qamashishidan — fotostressdan keyin ko’rishning tez tiklanishi)

— «ultrabinafsha tuman» ni yutish orqali qismlarni ko’rish va idrok etishni yaxshilash

— yetarlicha yoritilmagan muhitda ko’rish o’tkirligi yaxshilash

— past yorug’lik sharoitida tasvir va ravshanlikni oshirish.

ACTILEASE TEXNOLOGIYASI NIMA VA U QANDAY FOYDA KELTIRADI?

Standart kristalli qo’shimchalar yoki o’simlik ekstraktlari organizmda yaxshi o’zlashtirilmaydi va keyinchalik qayta ishlanishni talab qiladi. Actilease™ – faol moddalarni mikroskopik nanobo’laklarga ajratish imkonini beruvchi, suvda eriydigan qobiq bilan himoyalangan patentlangan mikrokapsulyatsiya texnologiyasi hisoblanadi. Actilease™ texnologiyasi inson organizmi tomonidan faol moddalarning yuqori darajada singishiga yordam beradi va saqlash vaqtida mahsulotning mukammal barqarorligini ta’minlaydi. Masalan, Actilease texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan luteinning biomavjudligi oziq-ovqat manbalaridan qabul qilinadigan luteinga nisbatan 5-10 barobar yuqori hisoblanadi.

Lutein Oftalmo tarkibidagi lutein va zeaksantin Actilease texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan.

LUTEIN OFTALMO UCHUN TAVSIYA ETILGAN QABUL QILISH MUDDATI QANCHA?

Kompleksni qabul qilish 20 kundan kam bo’lmagan muddatda, bu ko’z to’r pardasi makulasida lutein va zeaksantin karotenoidlarining asta – sekin to’planishi bilan bog’liq. Shu sababli qabul qilish muddati qancha uzoq bo’lsa, natija shunchalik yaxshi bo’ladi. Preparatni qabul qilishdan so’ng ko’rish qobiliyati yaxshilanishining darhol ta’sirini kutmaslik kerak.

LUTEIN OFTALMONI QANDAY VA QACHON QABUL QILISH KERAK?

Lutein Oftalmo ovqatdan keyin suv yoki issiq bo’lmagan har qanday ichimlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatni oziq-ovqat bilan qabul qilish kopmleks komponentlarining yaxshi singishi va so’rilishiga yordam beradi.

LUTEIN OFTALMO BIR VAQTNING O’ZIDA BOSHQA polIVITAMIN KOMPLEKSLAR BILAN BIRGA QABUL QILINISHI MUMKINMI?

Ha, mumkin.

LUTEIN OFTALMO BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN BIRGA QABUL QILINISHI MUMKINMI?

Ha, mumkin.

LUTEIN OFTALMO QABUL QILISHDA NOJO’YA TA’SIRLAR BORMI?

Umuman olganda, Lutein Oftalmo deyarli hech qanday nojo’ya ta’sirga ega emas. Ammo, juda kam holatlarda preparat komponentlariga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

LUTEIN OFTALMONI QABUL QILISH TUNDA MASHINAda harakatlanayotganda KO’RISHNI YAXSHILASHGA YORDAM BERISHI MUMKINMI?

Preparatni muntazam ravishda qabul qilish makula tarkibidagi sariq pigment miqdorini oshirishga yordam beradi, bu esa ko’zni qamashtiruvchi yorug’lik sharoitida ko’rish o’tkirligini yaxshilaydi, shuningdek, fotostressdan keyin ko’rish qobiliyatini tiklash vaqtini qisqartiradi, masalan, uzoq faralar oqibatida ko’z qamashganda («ko’z qamashgan» holatda haydash deb ataladi). Misol uchun, yorug’lik zarbidan tiklanish vaqtining besh soniyaga qisqarishi soatiga 100 km tezlikda 140 metr masofada «ko’z qamashgan» holatda haydashga teng!

LUTEIN OFTALMO uzoqni ko’ra olmaslikni (MIOPIYA) DAVOLASHDA YORDAM BERADIMI?

Lutein Oftalmodan miopiyani kompleks davolashda foydalanish ko’rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi, ammo e’tibor berishingiz kerak bo’lgan jihat shuki, Lutein Oftalmo dori vositasi hisoblanmaydi va shuning uchun uni faqat miopiyani davolashda foydalanmaslik kerak. Faqat mutaxassis tomonidan buyurilishi mumkin bo’lgan kompleks davolash talab etiladi.

LUTEIN OFTALMO QANDAY komponentlardan ISHLAB CHIQARILADI?

Lutein Oftalmo dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi komponentlaridan ishlab chiqariladi. Masalan, lutein, zeaksantin va vitaminlar Shveysariyadan, minerallar esa Germaniyadan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchilar haqida batafsil ma’lumotni «Hamkorlar» bo’limida o’qing.

HAR BIR LUTEIN OFTALMO QADOG’IDA NECHTA KAPSULA MAVJUD?

Lutein Oftalmoning bir o’ramida 40 ta kapsula (yoki 20 ta kapsuladan 2 dona blister) mavjud bo’lib, bu 40 kunlik qabulga to’g’ri keladi.

O‘xshash mahsulotlar

IMMULOR (IMMULOR)

Batafsil

Q10 MAXX

Batafsil

Ronoflor Relief

Batafsil

Vitamixx Classic

Batafsil

Vitamiks Immuno

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?