Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
Bosh sahifa / Bolalar

BaktoLOR

Sog’lom tomoq uzoq vaqtga!

Streptococcus salivarius BLIS K12

LOR- infeksiyalari va og’izdagi noxush hid bilan kurashish uchun dunyodagi birinchi oral probiotik hisoblanadi.

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bo'lim: Bolalar, Immunitet

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Ta’siri

Og’iz bo’shlig’i — bu patogen mikroorganizmlarning organizmga o’tish joyi hisoblanadi. Stress, bir qator kasalliklarda yoki antibakterial vositalarni qabul qilganda og’iz bo’shlig’ida bakteriyalar muvozanati buziladi, natijada og’izda noxush hid va LOR- infeksiyalari kabi keng tarqalgan muammolar paydo bo’lishi mumkin. Og’iz bo’shlig’i mikroorganizmlari patogenlardan himoyalovchi va sog’likni butunligicha ushlab turuvchi birinchi va muhim bo’lim hisoblanadi. Streptococcus salivarius — sog’lom odam og’iz bo’shlig’i mikroflorasida ko’p uchraydigan foydali mikrofloraning vakili hisoblanadi. Streptococcus salivarius BLIS K12 shtammi og’iz bo’shlig’i va tomoqda optimal muhitni yaratuvchi ilg’or probiotik hisoblanadi. S. salivarius K12 «Bakteriyalarni Ingibirlovchi Substansiya» — BLIS (“Bacteriocin-Like Inhibitory Substance”), LOR- infeksiyalari va og’izdan noxush hid keltirib chiqaruvchi zararli bakteriyalardan himoyalaydi.

Streptococcus salivarius BLIS K12:

  • patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarga yaqqol antagonist ta’sirga ega patentlangan shtamm;
  • og’iz va burun-halqumdagi mikroflora muvozanatini tiklaydi;
  • 2 ta kuchli mikroblarga qarshi substansiya (salivaritsin A va B) zararli bakteriyalarni bartaraf etadi yoki o’sishdan to’xtatadi;
  • Tomoq og’rig’i va og’iz bo’shlig’i bakteriologik infeksiyalarida sog’ayish jarayonini tezlashtiradi;
  • 30 yildan ko’proq ilmiy tekshiruvlar asosida tasdiqlangan.
TARKIBI

1 sasheda 1 milliard KTB dan kam bo’lmagan Streptococcus salivarius BLIS K12 shtammi foydali tirik bakteriyalari va 1365 mg fruktooligosaxaridlar (FOS) mavjud.

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Kattalar va 1 yoshdan katta bolalar uchun foydali bakteriyalarning qo’shimcha manbai sifatida:

— og’iz bo’shlig’i va burun-halqumda mikroflorani me’yorlashtiradi,

— og’iz bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llari infeksiyasining oldini oladi,

— og’izdan noxush hid kelishidan saqlaydi.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot komponentlariga bo’lgan individual sezuvchanlik.

QO’LLASH USULI VA dozalari 

1 sashe kuniga 1 mahal, kechasi yotishdan oldin.

Sashe kukunni og’iz bo’shlig’ida sekin erib ketguncha shimish kerak, suv bilan ichilmaydi.

Qabul qilish kursi – 1 haftadan 4 haftagacha.

 
Bir yoshdan boshlab bolalarga preparatni bir necha (kichik) qismlarga bo’lib qoshiqcha bilan berish tavsiya etiladi.

Diqqat! Probiotik qo’llanilgandan keyin kamida 40 daqiqa ovqatlanmaslik va suv ichmaslik kerak.

Chiqarilish shakli

Sashe-paket.

SAQLASH SHAROITI

Quruq va salqin joyda, 10 °C gacha bo’lgan haroratda.

YAROQLILIK MUDDATI

2 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000601/1

 

AFZALLIKLARI

Og’iz bo’shlig’i va burun-halqum organizm bakteriyalar va viruslarga duch keladigan birinchi himoya chizig’i hisoblanadi.

Quloq, tomoq, burun kasalliklariga moyillik ko’p jihatdan burun-halqum shilliq qavatining mikroflorasi holatiga bog’liq.

Noqulay omillar ta’sirida shilliq qavat mikroflorasi buzilishi mumkin, bu esa immunitetning zaiflashishiga olib keladi va infeksiya uchun qulay muhit yaratadi.

Dunyo aholisining taxminan 2% tomoq kasalliklaridan deyarli aziyat chekmaydi!

Olimlar buning sababi og’iz bo’shlig’ida va burun-halqumda Streptococcus salivarius BLIS K12 shtamm foydali streptokokkining doimiy mavjudligi ekanligini aniqladilar.

Streptococcus salivarius – me’yoriy muvozanatda inson og’iz bo’shlig’i mikroflorasi va burun-halqumning tabiiy va eng muhim vakili hisoblanadi. BLIS K12 shtammi quloq, tomoq, burun, milk, tish kasalliklari va og’iz bo’shlig’ida noxush hid paydo bo’lishiga olib keluvchi bakteriyalarni bartaraf etuvchi yoki o’sishdan to’xtatuvchi mikroblarga qarshi 2 xil substansiya (salivaritsin A va B) ishlab chiqaradi.

Agar siz dunyo aholisining baxtli 2% ga kirmasangiz – bu fojea emas. Endi sizda BaktoLOR – tarkibida foydali streptokokk BLIS К12 mavjud bo’lgan probiotik bor!

  • Foydali mikroflora muvozanatini tiklaydi
  • Immunitetni mustahkamlaydi
  • Kasallik paytida tomoqni infeksiyalardan himoya qiladi

Baktolor – LOR infeksiyalari va og’izdagi noxush hid keltirib chiqaruvchi bakteriyalardan himoya qiladi!

  • 1 kunda 1 dona sashe!
  • Yoqimli shirin ta’m!
  • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, sun’iy bo’yoqlar va aromatizator mavjud emas.

 

BILASIZMI:

  • Streptococcus salivarius – me‘yoriy muvozanatda inson og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi va burun–halqumning tabiiy va eng muhim vakili bo’lgan foydali bakteriyalar turkumi hisoblanadi.
  • BaktoLORning asosiy faol moddasi og’iz bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llari uchun probiotikning o’ziga xos shtammidir — Streptococcus salivarius K12, shuningdek BLIS  deb ham ataladi.
  • BLIS — inglizcha “Bacteriocin-Like Inhibitory Substance” — «Bakteriyalarni Ingibirlovchi Substansiya» atamasining qisqartmasi hisoblanadi.
  • BLIS K12 Yangi Zelandiyada mikrobiologiya professori Jon Tagg —  streptokokklar bo’yicha butun dunyoda tan olingan mutaxassis tomonidan kashf etilgan bo’lib, u 30 yildan ortiq tadqiqotlar natijasida turli odamlarda og’iz bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llarining mikroflorasida yashovchi bakteriyalarning bir xil turlari mavjudligini va bu tur bakteriyalar turli xil xususiyatlarga ega ekanligini aniqladi.
  • BLIS K12 ning o’ziga xosligi shundaki, u og’iz bo’shlig’i va burun-halqum patogen (kasallik keltirib chiqa) bakteriyalariga qarshi yuqori samaradorlik va misli ko’rilmagan faollikni ta’minlaydi.
  • BLIS K12 dunyoning turli mamlakatlarida, shu jumladan AQSh, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Yangi Zelandiyada 42 ta patent bilan himoyalangan.
  • BLIS K12 shtammining samaradorligi va xavfsizligi 30 yildan ortiq tadqiqotlar davomida ko’plab ilmiy ishlar asosida tasdiqlangan.

QO’LLASH USULI

1 sashe kuniga 1 mahal, kechasi yotishdan oldin.

Sashe kukunni og’iz bo’shlig’ida sekin erib ketguncha shimish kerak, suv bilan ichilmaydi.

Qabul qilish kursi – 1 haftadan 4 haftagacha.

BaktoLOR og’iz bo’shlig’ida faollashish orqali ta’sir ko’rsata boshlaydi. Oddiy qilib aytganda, BLIS K12 bakteriyalari og’iz shilliq qavati va burun-halqum hujayralariga o’rnashib olishi kerak. Shuning uchun preparat qabuli uchun eng yaxshi vaqt kechasi, uxlashdan oldin hisoblanadi. Sekin erib ketguncha shimish jarayonini ta’minlash juda muhim, aks holda bakteriyalar og’iz so’lagi bilan qizilo’ngachga «o’tib ketadi», ular esa samarali ta’sir uchun aynan og’iz bo’shlig’ida kerak bo’ladi.

Sekin erib ketguncha shimish jarayonini ta’minlash uchun preparatni og’zingizda iloji boricha uzoqroq saqlashga harakat qiling. Buning uchun sashe tarkibini tilga to’king va butun kukunni yuqori tanglayga yopishtiring.

Uzoqroq shimish jarayonini taminlash maqsadida bolalar uchun kukunni kichik qismlarda berishni tavsiya etamiz.

Chaqaloqlar uchun kukunni chaqaloqning milkiga avvaldan yuvilgan barmoq bilan bir necha marta surtishni tavsiya etamiz.

Bir yoshdan boshlab bolalarga preparatni bir necha(kichik) qismlarga bo’lib qoshiqcha bilan berish tavsiya etiladi.

Diqqat! Probiotik qo’llanilgandan keyin kamida 40 daqiqa ovqatlanmaslik va suv ichmaslik kerak.

SAVOL – JAVOBLAR

BAKTOLOR NIMA UCHUN VA KIM UCHUN ISHLAB CHIQILGAN?

BaktoLOR tomoq, bodomsimon bezlar, yuqori nafas yo’llari va o’rta quloqning tez-tez qaytalanuvchi infeksiyalari, shuningdek og’iz bo’shlig’i tez-tez qaytalanuvchi infeksiyalaridan (stomatit, gingivit, kandidoz, galitoz) aziyat chekuvchi kattalar va bolalar uchun mo’ljallangan.

BAKTOLOR QANDAY HOLATLARDA SAMARALI HISOBLANADI?

BaktoLOR faringit, tonzillit, gingivit, aftoz stomatit, og’iz bo’shlig’i kandidozi va galitoz (ogʻizdan noxush hid kelishi) keltirib chiqaruvchi infeksiyalarning oldini olishda samarali hisoblanadi.

BaktoLOR yosh bolalarda, uzoq muddatli qabul qilishda o’rta quloq otitining oldini olishda ham samarali ta’sir ko’rsatadi.

BAKTOLOR QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?

BaktoLOR tarkibidagi BLIS K12  shtammi quloq, tomoq, burun, milk, tish kasalliklari va og’iz bo’shlig’ida noxush hid paydo bo’lishiga olib keluvchi bakteriyalarni bartaraf etuvchi yoki o’sishdan to’xtatuvchi mikroblarga qarshi 2 xil substansiya (salivaritsin A va B) ishlab chiqaradi.

BLIS NIMA?

BLIS — inglizcha “Bacteriocin-Like Inhibitory Substance” — «Bakteriyalarni Ingibirlovchi Substansiya» atamasining qisqartmasi hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda, bu Baktolor bakteriyalari foydali shtammidan LOR infeksiyalari va noxush hid keltirib chiqaruvchi zararli bakteriyalardan himoya qilish va ularning faolligini cheklash uchun ajraluvchi maxsus tabiiy antibiotiklardir.

BAKTOLORNI QABUL QILISHNING QANDAY AFZALLIKLARI BOR?

Baktolorning asosiy afzalligi uning og’iz bo’shlig’ini himoya qilishning tabiiy yechimida hisoblanadi — biologik tabiiy usul va nojo’ya ta’sirlarning yo’qligi.
Qisqa qilib aytganda, Baktolorning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Tomoqni mumkin bo’lgan bakterial, virusli va zamburug’li infeksiyalardan himoya qiladi.
    • Kasalliklar davrida mahalliy immunitetni mustahkamlaydi.
    • Tomoq va og’iz bo’shlig’ining bakterial infeksiyalarida sog’ayish jarayonini tezlashtiradi.
    • Kasallik tufayli yo’qotilgan kunlar sonini qisqartiradi – maktab, bolalar bog’chasi, ish joyida qulay.
    • Tabiiy antiseptik — antibiotiklar va kimyoviy antiseptiklardan foydalanish zaruriyatini kamaytiradi.
    • 100% tabiiy — nojo’ya ta’sirlarga ega emas.
    • Qabul qilishda qulay: kuniga 1 mahal
    • 30 yildan ko’proq ilmiy tadqiqotlar asosida tasdiqlangan.
    • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, sun’iy bo’yoqlar va aromatizator mavjud emas
BAKTOLORNI QANDAY QILIB TO’G’RI QABUL QILISH KERAK?

BaktoLOR og’iz bo’shlig’ida faollashish orqali ta’sir ko’rsata boshlaydi. Oddiy qilib aytganda,BLIS K12  bakteriyalari og’iz shilliq qavati va burun-halqum hujayralariga o’rnashib olishi kerak. Shuning uchun preparat qabuli uchun eng yaxshi vaqt kechasi, uxlashdan oldin hisoblanadi. Sekin erib ketguncha shimish jarayonini ta’minlash juda muhim, aks holda bakteriyalar og’iz so’lagi bilan qizilo’ngachga «o’tib ketadi», ular esa samarali ta’sir uchun aynan og’iz bo’shlig’ida kerak bo’ladi. Sekin erib ketguncha shimish jarayonini ta’minlash uchun preparatni og’zingizda iloji boricha uzoqroq saqlashga harakat qiling. Buning uchun sashe tarkibini tilga to’king va butun kukunni yuqori tanglayga yopishtiring.
Uzoqroq shimish jarayonini taminlash maqsadida bolalar uchun kukunni kichik qismlarda berishni tavsiya etamiz. Chaqaloqlar uchun kukunni chaqaloqning milkiga avvaldan yuvilgan barmoq bilan bir necha marta surtishni tavsiya etamiz.

BAKTOLORNI BOLALARGA SUVDA YOKI SUYUQLIKDA ERITIB BERISH MUMKINMI?

Yo’q, preparatni og’izda sekin erib ketguncha shimish kerak. Suyuqlikda eritilganda preparat ichga yutiladi, ammo biz foydali bakteriyalarning o’rnashish samaradorligi uchun og’iz shilliq qavati bilan aloqani ta’minlashimiz kerak. Uzoqroq shimish jarayonini taminlash maqsadida bolalar uchun kukunni kichik qismlarda berishni tavsiya etamiz. Chaqaloqlar uchun kukunni chaqaloqning milkiga avvaldan yuvilgan barmoq bilan bir necha marta surtishni tavsiya etamiz.

BAKTOLOR QABUL QILGANDAN SO’NG NIMA UCHUN SUV ICHISH, OVQATLANISH VA TISHLARINI YUVISH MUMKIN EMAS?

BaktoLOR og’iz bo’shlig’ida faollashish orqali ta’sir ko’rsata boshlaydi. Oddiy qilib aytganda,BLIS K12  bakteriyalari og’iz shilliq qavati va burun-halqum hujayralariga o’rnashib olishi kerak. Issiq suv ichish, ovqatlanish yoki tishlarni yuvish ko’rinishidagi har qanday ta’sir shilliq qavatga o’rnashishda muammolarni keltirib chiqaradi va shu bilan preparatning samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

BAKTOLORNI ANTIBIOTIKLAR BILAN BIRGALIKDA QABUL QILISH MUMKINMI?

Baktolorni antibiotiklar bilan birgalikda qabul qilish maqsadga muvofiq emas, chunki ular Baktolor bakteriyalarini nobud qiladi. Antibiotikni qabul qilish paytida Baktolorni qabul qilishni to’xtatishingizni va antibiotik davo muolajasi to’xtatilgandan 12 soat o’tgach uni davom ettirishingizni tavsiya qilamiz.

HOMILADORLIK VA EMIZISH davrida BAKTOLORNI QABUL QILISH MUMKINMI?

Ha, mumkin. Baktolor xech qanday qarshi ko’rsatmalarga ega emas.

MENDA SURUNKALI TONZILLIT BOR. BAKTOLORNI QANCHA VAQT QABUL QILISHIM KERAK?

Minimal qabul kursi 30 kun bo’lishi kerak. Biroq, klinik ma’lumotlarga ko’ra og’iz bo’shlig’iga eng yaxshi ta’sir samarasini ta’minlash uchun 90 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Ushbu kursdan so’ng, kasallikning qaytalanish ehtimoli 60-90% gacha kamayadi va qabul qilishni to’xtatgandan keyingi oylarda infeksiyalardan yuqori darajadagi himoya ta’minlanadi.

BAKTOLORNI QANCHA MUDDAT QABUL QILISH MUMKIN?

Qabul qilish muddati chegaralanmagan. Qabul qilish muddati qancha uzoq bo’lsa, infeksiyalardan himoya darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.

BAKTOLOR YO’TALDA YORDAM BERADIMI?

Yo’q, yo’talga qarshi maxsus vositalarni qabul qilishni tavsiya etamiz.

BAKTOLORNI O’TKIR FARINGIT HOLATIDA QABUL QILISH MUMKINMI?

Odatda, o’tkir faringitda antibiotik davolash usuli qo’llanilishi kerak.

O‘xshash mahsulotlar

Ronoflor Forte

Batafsil

Vitamixx Classic

Batafsil

Ronoflor Baby

Batafsil

Vitamiks Immuno

Batafsil

IMMULOR (IMMULOR)

Batafsil

Bifilaks Relif

Batafsil

Ronoflor Kids

Batafsil

DEFISINK

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?