Shimish uchun tabletkalar (1 g.)
Ta’siri
Streptococcus salivarius K12 – probiotik bakteriya bo’lib, u inson tug’ilganidan keyin og’iz-halqumini birinchi bo’lib egallaydi hamda og’iz- va burun-halqum sog’lom florasi vakili va organizmning birinchi himoya chizig’i bo’lib qoladi. Streptococcus salivarius K12 shtammining doimiy mavjudligi kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga qarshi tabiiy to’siqni paydo qiladi va og’iz bo’shlig’i mikroflorasining funksional holatini, organizmning infeksiyalardan tabiiy himoyasini ta’minlaydi.
TARKIBI
1 ta tabletka 1 mlrd.dan kam bo’lmagan Streptococcus salivarius K12 shtammi tirik foydali bakteriyalardan, D vitamini (cholecalciferol) 200 XB mavjud. Yordamchi moddalar: fruktoza, maltodekstrin, kremniy dioksid, magniy stearat, aromatizatordan iborat.
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR
Ozuqaga faol biologik qo’shimcha sifatida 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalardagi og’iz bo’shlig’i va tomoq mikroflorasining sog’lom muvozanatini saqlovchi tirik probiotik bakteriyalar (Streptococcus salivarius K12) manbai hisoblanadi.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Ozuqaga BFQ ba’zi komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI va dozalari
Baktoblis kechqurun yotishdan oldin, tishlaringizni yuvgandan keyin qabul qilinadi.
Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalar kuniga 1 tabletkadan to’liq erib ketguncha shimiladi. Tabletkani chaynash, yutish yoki suv va boshqa suyuqliklar bilan ichish taqiqlanadi.
Diqqat! Baktoblisni qabul qilgandan so’ng 30 daqiqa davomida ovqatlanmaslik kerak.
Chiqarilish shakli
7 tabletkadan iborat blister o’ram qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda karton qutiga joylashtirilgan.
SAQLASH SHAROITI
Mahsulotni bolalar tegmaydigan joyda 25°C haroratdan yuqori bo’lmagan sharoitda saqlash kerak.
YAROQLILIK MUDDATI
2 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000852