Ta’siri
Og’iz bo’shlig’i — bu patogen mikroorganizmlarning organizmga o’tish joyi hisoblanadi. Stress, bir qator kasalliklarda yoki antibakterial vositalarni qabul qilganda og’iz bo’shlig’ida bakteriyalar muvozanati buziladi, natijada og’izda noxush hid va LOR- infeksiyalari kabi keng tarqalgan muammolar paydo bo’lishi mumkin. Og’iz bo’shlig’i mikroorganizmlari patogenlardan himoyalovchi va sog’likni butunligicha ushlab turuvchi birinchi va muhim bo’lim hisoblanadi. Streptococcus salivarius — sog’lom odam og’iz bo’shlig’i mikroflorasida ko’p uchraydigan foydali mikrofloraning vakili hisoblanadi. Streptococcus salivarius BLIS K12 shtammi og’iz bo’shlig’i va tomoqda optimal muhitni yaratuvchi ilg’or probiotik hisoblanadi. S. salivarius K12 «Bakteriyalarni Ingibirlovchi Substansiya» — BLIS (“Bacteriocin-Like Inhibitory Substance”), LOR- infeksiyalari va og’izdan noxush hid keltirib chiqaruvchi zararli bakteriyalardan himoyalaydi.
Streptococcus salivarius BLIS K12:
- patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarga yaqqol antagonist ta’sirga ega patentlangan shtamm;
- og’iz va burun-halqumdagi mikroflora muvozanatini tiklaydi;
- 2 ta kuchli mikroblarga qarshi substansiya (salivaritsin A va B) zararli bakteriyalarni bartaraf etadi yoki o’sishdan to’xtatadi;
- Tomoq og’rig’i va og’iz bo’shlig’i bakteriologik infeksiyalarida sog’ayish jarayonini tezlashtiradi;
- 30 yildan ko’proq ilmiy tekshiruvlar asosida tasdiqlangan.
TARKIBI
1 sasheda 1 milliard KTB dan kam bo’lmagan Streptococcus salivarius BLIS K12 shtammi foydali tirik bakteriyalari va 1365 mg fruktooligosaxaridlar (FOS) mavjud.
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR
Kattalar va 1 yoshdan katta bolalar uchun foydali bakteriyalarning qo’shimcha manbai sifatida:
— og’iz bo’shlig’i va burun-halqumda mikroflorani me’yorlashtiradi,
— og’iz bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llari infeksiyasining oldini oladi,
— og’izdan noxush hid kelishidan saqlaydi.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Mahsulot komponentlariga bo’lgan individual sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI VA dozalari
1 sashe kuniga 1 mahal, kechasi yotishdan oldin.
Sashe kukunni og’iz bo’shlig’ida sekin erib ketguncha shimish kerak, suv bilan ichilmaydi.
Qabul qilish kursi – 1 haftadan 4 haftagacha.
Bir yoshdan boshlab bolalarga preparatni bir necha (kichik) qismlarga bo’lib qoshiqcha bilan berish tavsiya etiladi.
Diqqat! Probiotik qo’llanilgandan keyin kamida 40 daqiqa ovqatlanmaslik va suv ichmaslik kerak.
Chiqarilish shakli
Sashe-paket.
SAQLASH SHAROITI
Quruq va salqin joyda, 10 °C gacha bo’lgan haroratda.
YAROQLILIK MUDDATI
2 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000601/1