TA’SIRI
Ronoflor Forte tarkibidagi bifido- va laktobakteriyalarning maxsus kompleksi ichaklarning ko’p bosqichli himoyasini ta’minlaydi, ichak mikroflorasining muvozanatini tiklaydi va organizm himoyasining o’ziga xos bo’lmagan omillarini faollashtiradi.
TARKIBI
Har bir kapsula kamida 5 milliard (MTB) dan kam bo’lmagan ichak tabiiy mikroflorasi tirik bakteriyalarining quyidagi shtamlaridan iborat:
- Bifidobacterium lactis, BB-12
- Lactobacillus rhamnosus, LGG
- Lactobacillus paracasei, CRL-431
QO’LLASH BO’YICHA KO’RSATMALAR
Kattalar, 3 yosh va undan katta bolalarning immunitetini oshirish va ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun kerak bo’ladigan foydali probiotik bakteriyalar manbai.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
BFQ koponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI VA DOZALARI
Ichga qabul qilish uchun, kuniga 1 kapsuladan 1 mahal, biroz suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Tavsiya qilinadigan qabul qilish kursi – kamida 9 kun.
Uzoq muddatli foydalanish zarur bo’lgan hollarda (1 oydan ortiq) quyidagi sxema bo’yicha qabul qilish mumkin: 9 kun – kuniga 1 kapsuladan, keyingi kunlar – har 2 kunda 1 kapsuladan.
Diqqat! Ronoflor Forte issiq ichimliklar yoki spirtli ichimliklar bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi.
CHIQARILISH SHAKLI
Blister o’ramda 9 kapsuladan iborat. 1, 2, 3 blister o’ramlari qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda karton qutiga joylashtiriladi.
SAQLASH SHAROITI
Bolalar qo’li yetmaydigan joyda, 25 °C gacha bo’lgan haroratda.
Sovutgichda saqlash shart emas, ammo u mahsulotning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.
YAROQLILIK MUDDATI
2 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000620/4