Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
Bosh sahifa / Homiladorlik davri

Ronoflor Forte

Ichakda eruvchan kapsula ko’rinishidagi mukammal probiotik!

Foydali mikroflora muvozanatini tezda tiklaydi

MIT faoliyatini me’yorlashtiradi

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

100 000 so’mdan yuqori xaridlar uchun yetkazib berish bepul.

Bo'lim: Hazm qilish, Homiladorlik davri, Immunitet, Parhez

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR
TA’SIRI

Ronoflor Forte tarkibidagi bifido- va laktobakteriyalarning maxsus kompleksi ichaklarning ko’p bosqichli himoyasini ta’minlaydi, ichak mikroflorasining muvozanatini tiklaydi va organizm himoyasining o’ziga xos bo’lmagan omillarini faollashtiradi.

TARKIBI

Har bir kapsula kamida 5 milliard (MTB) dan kam bo’lmagan ichak tabiiy mikroflorasi tirik bakteriyalarining quyidagi shtamlaridan iborat:

  • Bifidobacterium lactis, BB-12
  • Lactobacillus rhamnosus, LGG
  • Lactobacillus paracasei, CRL-431
QO’LLASH BO’YICHA KO’RSATMALAR

Kattalar, 3 yosh va undan katta bolalarning immunitetini oshirish va ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun kerak bo’ladigan foydali probiotik bakteriyalar manbai.

QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

BFQ koponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.

QO’LLASH USULI VA DOZALARI

Ichga qabul qilish uchun, kuniga 1 kapsuladan 1 mahal, biroz suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Tavsiya qilinadigan qabul qilish kursi – kamida 9 kun.

Uzoq muddatli foydalanish zarur bo’lgan hollarda (1 oydan ortiq) quyidagi sxema bo’yicha qabul qilish mumkin: 9 kun – kuniga 1 kapsuladan, keyingi kunlar – har 2 kunda 1 kapsuladan.

Diqqat! Ronoflor Forte issiq ichimliklar yoki spirtli ichimliklar bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi.

CHIQARILISH SHAKLI

Blister o’ramda 9 kapsuladan iborat. 1, 2, 3 blister o’ramlari qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda karton qutiga joylashtiriladi.

SAQLASH SHAROITI

Bolalar qo’li yetmaydigan joyda, 25 °C gacha bo’lgan haroratda.
Sovutgichda saqlash shart emas, ammo u mahsulotning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.

YAROQLILIK MUDDATI

2 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000620/4

AFZALLIKLARI

RONOFLOR® FORTE BU:

  • 1 kapsulada 5 milliard foydali lakto- va bifidobakteriyalar!
  • Всего Kuniga 1 dona kapsula!
  • Barqaror ijobiy ta’sirning tez yuzaga kelishi!
  • Oshqozonning tajovuzkor muhitini chetlab o’tib, foydali bakteriyalarni ichakka to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berish!
  • Sovutgichsiz saqlash!

BILASIZMI:

Ronoflor Forte tarkibidagi bifido- va laktobakteriyalarning maxsus kompleksi ichaklarning ko’p bosqichli himoyasini ta’minlaydi, ichak mikroflorasining muvozanatini tiklaydi va organizm himoyasining o’ziga xos bo’lmagan omillarini faollashtiradi.

Bifidobacterium lactis, BB-12

  • Dunyoda eng ko’p o’rganilgan bifidoshtamm hisoblanadi
  • Sog’lom odamlarda ichak tabiiy mikroflorasida mavjud

Lactobacillus rhamnosus, LGG

  • Dunyoda eng ko’p o’rganilgan laktoshtamm hisoblanadi
  • Oshqozon shirasi va safroga chidamli!
  • LGG® Christian Hansen kompaniyasi savdo belgisi, Daniya.

QO’LLASH USULI

Ichga qabul qilish uchun, kuniga 1 kapsuladan 1 mahal, biroz suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Tavsiya qilinadigan qabul qilish kursi – kamida 9 kun.

Diqqat! Ronoflor Forteni issiq ichimliklar yoki spirtli ichimliklar bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Uzoq muddatli foydalanish zarur bo’lgan hollarda (1 oydan ortiq) quyidagi sxema bo’yicha qabul qilish mumkin: 9 kun – kuniga 1 kapsuladan, keyingi kunlar – har 2 kunda 1 kapsuladan.

SAVOL – JAVOBLAR

RONOFLOR FORTE KIMLARGA TAVSIYA ETILADI?
  • Ichak muammosi bo’lgan har bir kishiga.
  • Ovqatlanish tartibi buzilganda.
  • Antibiotiklar bilan davolanishning har bir kursidan keyin.
  • Immunitetni mustahkamlamoqchi bo’lgan har bir kishiga.
  • Safar va sayohat paytida.
  • Allergiyaga moyil bo’lgan har bir kishiga.
  • Operatsiyalardan oldin va keyin.
  • Parhezga rioya qiladiganlar uchun.
  • Ona bo’lishga tayyorlanayotganlar uchun.
  • Spirtli ichimliklar iste’molidan keyin azob chekayotganlar uchun.
  • Kasallik va stress davrida umumiy yaxshilash vositasi sifatida.
NIMA UCHUN OVQAT HAZM QILISH MUAMMOLARI KENG TARQALGAN?

Shifokorlarning ma’lumotlariga ko’ra, har 10 kishidan 9 nafari disbakteriozning u yoki bu turidan aziyat chekadi, bu bizning sanoat turmush tarzimiz uchun o’ziga xos to’lovdir. Birinchi sabab – biz har kuni suv quvurlaridan ichadigan xlorli suv. Ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi sabablar ekologiya, noto’g’ri ovqatlanish va antibiotiklardan asossiz foydalanish. Va nihoyat, yana bir sabab – sterillikka nisbatan haddan tashqari ishtiyoq va antiseptiklardan ommaviy foydalanish.

RONOFLOR FORTE MENGA QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?

Ronoflor Forte tarkibida milliardlab «foydali» bakteriyalar mavjud bo’lib, ular ovqat hazm qilish traktidan o’tib, ichakka tirik holatda yetib boradi. U yerda ushbu bifidobakteriyalar allaqachon ichakka o’rnashib olgan bakteriyalarga qo’shilib, ularga ichak sog’lig’ini saqlashga, ovqatni yaxshiroq hazm qilishga, patogen bakteriyalarni nazorat ostida ushlab turishga va organizmning tabiiy himoyasini kuchaytirishga yordam beradi.

RONOFLOR FORTE IMMUNITETNI QANDAY QILIB OSHIRISHI MUMKIN?

Ichak eng katta immunitet a’zosi hisoblanadi va sog’ligimizni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Bizning organizmimiz immunitet tizimining taxminan 70% ichakda to’planganligi bejiz emas! Organizmning barcha immunokompetent hujayralarining taxminan 80% ichak shilliq qavatida joylashgan. Ichak shilliq qavatining taxminan 25% immunologik faol to’qima va hujayralardan iborat. Katta odam ichaklarining har bir metrida 10 milliardga yaqin limfotsitlar – immunitet tizimi hujayralari mavjud. Shuning uchun, turli sabablarga ko’ra ichak mikroflorasining muvozanati buzilganda, immunitet tizimi birinchi navbatda zarar ko’radi. Ronoflor Forte ichak mikroflorasini normallashtiradi va shu bilan organizmni himoya qilishning tabiiy mexanizmlarini oshiradi.

AGAR SOG’LOM BO’LSAM, RONOFLOR FORTE NIMA UCHUN KERAK?

Ichakdagi bakteriyalar muvozanati turli xil kundalik omillarga juda sezgir. Noto’g’ri ovqatlanish, stress, tabiiy qarish jarayoni va organizm himoyasini zaiflashtiradigan boshqa omillar ichakdagi foydali bakteriyalar sonining kamayishiga olib kelishi mumkin.

Tibbiyot fanlari Akademiyasining ma’lumotlariga ko’ra, aholining 90% disbakteriozning ma’lum bir shaklidan aziyat chekadi; 60% aholida uning klinik ko’rinishlari namoyon bo’ladi.

Ronoflor Forte ichak mikroflorasi tarkibini me’yorlashtirishga va ayniqsa xavfli davrlarda immunitetni qo’llab-quvvatlashga yordam beradi. Ichaklarga ta’sir qilish orqali Ronoflor Forte umumiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi va mukammal profilaktika va tiklovchi vosita hisoblanadi.

RONOFLOR FORTENI HAR KUNI QABUL QILISH XAVFSIZMI?

Ha, chunki mahsulot tarkibida inson ichaklarining tabiiy mikroflorasi bakteriyalari mavjud hamda nojo’ya ta’sirlarga va boshqa dorilar bilan o’zaro ta’sirga ega emas.

QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUDMI?

Tabiiy mikrofloraning elementi bo’lgan Ronoflor Forte nojo’ya ta’sirlarga ega emas, shuning uchun hatto tavsiya etilgan dozadan bir necha barobar ko’p qabul qilishda ham mahsulot xavfsiz hisoblanadi.

RONOFLOR FORTE O’RGANIB QOLISHNI PAYDO QILMAYDIMI?

Yo’q, Ronoflor Forte o’rganib qolishni paydo qilmaydi.

RONOFLOR FORTE …?

… homilador yoki emizikli onalar qabul qilishi mumkinmi?

Ha, Ronoflor Forte muvozanatlashtirilgan ovqatlanish elementi sifatida qabul qilinishi mumkin va hatto zarur. Masalan, so’nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, homiladorlik paytida probiotiklarni muntazam ravishda qabul qilish yangi tug’ilgan chaqaloqlarda allergiya va atopik dermatit xavfini 50% gacha kamaytiradi.

… bolalar qabul qilishi mumkinmi?

Ha, 3 yoshdan oshgan bolalar Ronoflor Forteni qabul qilishlari mumkin.

… boshqa dori vositalari bilan birgalikda qabul qilish mumkinmi?

Ha, Ronoflor Forteni qabul qilish tibbiy davolanishga xalaqit bermaydi.

… vitaminlar bilan birgalikda qabul qilish mumkinmi?

Ha. Ronoflor Forte vitaminlar bilan bir vaqtda qabul qilinishi mumkin.

… antibiotiklar bilan birgalikda qabul qilish mumkinmi?

Ha, antibiotiklar «zararli» va «foydali» bakteriyalarni birdek nobud qilganligi sababli, shifokorlar ko’pincha ichak mikroflorasini tiklash uchun antibiotiklarni qabul qilish bilan bir vaqtda yoki undan keyin probiotiklarni qabul qilishni tavsiya etishadi. Shu bilan birga, antibiotiklar va Ronoflor Forte qabuli 2-3 soatlik tanaffus bilan tavsiya etiladi.

… qandli diabetda qabul qilish mumkinmi?

Ha, Ronoflor Forte tarkibida shakar mavjud emas va muvozanatlashtirilgan ovqatlanishning bir qismi sifatida diabetga chalingan bemorlarga mos keladi.

… vegetarianlar qabul qilishi mumkinmi?

Ha, preparat tarkibida kelib chiqishi hayvonga tegishli bo’lgan mahsulotlar mavjud emas.

HAR BIR RONOFLOR FORTE KAPSULASIDA QANCHA BAKTERIYA MAVJUD?

Ronoflor Forte qadog’ida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati tugagunga qadar bitta kapsula kamida 5 milliard bakteriyadan iborat.

O‘xshash mahsulotlar

Vitamiks Immuno

Batafsil

Mamavit Prenatal

Batafsil

Bifilaks Relif

Batafsil

VAGILAKS

Batafsil

Ronoflor Relief

Batafsil

DEFISINK

Batafsil

BaktoLOR

Batafsil

Ronoflor Baby

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?