Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
Bosh sahifa / Homiladorlik davri

Mamavit Prenatal

Bo’lajak onalar uchun vitaminlar va mikroelementlarning me’yoriy dozalariga ega bo’lgan maxsus vitamin va minerallar kompleksi.

Homiladorlik davri mobaynida har kunlik qabul uchun mos keladi.

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bo'lim: Ayollar salomatligi, Homiladorlik davri

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Tug’ilajak kichkintoyingiz siz homiladorlik davrida nima taom istemol qilishingizga bevosita bog’liq bo’ladi. Ammo eng yaxshi ovqatlanish bilan birgalikda vitaminlar va yodning qo’shimcha iste’moli homilaning me’yoriy rivojlanishi va butun homiladorlikning me’yorda o’tishi uchun juda muhim shart hisoblanadi. MAMAVIT PRENATAL bo’lajak onalar barcha zarur vitaminlar va minerallarni kerakli nisbatda olishlari uchun ushbu tanqislikning o’rnini to’ldiradi.

Mamavit Prenatal:

  • Umumiy holatni yaxshilashga
  • Xomilaning to’g’ri rivojlanishiga
  • Homiladorlik davrida asoratlarni kamaytirishga
  • Toksikozning oldini olishga
  • Xomila rivojlanishida tug’ma nuqsonlar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Homilador ayollar uchun vitaminlar va minerallarning qo’shimcha manbai sifatida.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

QO’LLASH USULI VA dozalari

Ichga qabul qilish uchun, ovqat paytida yoki undan so’ng — kuniga 1 kapsuladan 1 marta.

Preparatni qabul qilish tavsiya etilgan dozadan oshirilmasligi lozim.

NOJO’YA TA’SIRI

Preparatning komponentlariga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

MUHIM KO’RSATMALAR

Dozaning ortib ketishining oldini olish uchun bir vaqtda boshqa polivitamin komplekslari va tarkibida yod mavjud preparatlar bilan birga qabul qilinmaydi. Tarkibidagi riboflavin tufayli peshob sariq rangga bo’yalishi mumkin (zararsiz).

Chiqarilish shakli

Kapsula.

SAQLASH SHAROITI

Bolalar qo’li yetmaydigan joylarda, 25 °C gacha bo’lgan haroratda.

YAROQLILIK MUDDATI

3 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000601/2

AFZALLIKLARI

Har narsada me’yor!

Homilador ayollar uchun vitamin va mineral komplekslar haqida gap ketganda, har bir kichik narsa muhimdir. Axir, foyda bilan birga, vitaminlarning ortiqcha miqdori bilan zarar ham yetkazilishi mumkin. Shuning uchun Mamavit Prenatal tarkibida vitaminlar va minerallarning me’yoriy miqdori mavjud bo’lib, har kunlik qabul uchun to’g’ri keladi, bu esa homiladorlikning tabiiy jarayonini qo’llab-quvvatlash orqali ko’proq foyda keltiradi.

Agar sizni boshqa komplekslar tarkibidagi vitaminlarning yuqori miqdori tashvishlantirayotgan bo’lsa, unda Mamavit –  Sizning tanlovingizdir!

Mahsulot tarkibi mintaqamiz ovqatlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda muvozanatlashtirilgan.

  • Tarkibida yodning mukammal dozasi mavjud.
  • Homiladorlik davri mobaynida homilador ayollar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.
  • Temir, kalsiy, magniy preparatlarining qo’shimcha maqsadli kurslarini qabul qilish uchun qulay.
  • Shveytsariya moddalaridan tayyorlangan.
  • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, rang beruvchi moddalar va aromatizator mavjud emas.
  • Kuniga bor-yo’g’i 1 dona kapsula vitamin va mikroelementlarga bo’lgan kunlik ehtiyojni ta’minlaydi.

BILASIZMI:

  • Homiladorlik davrida vitamin komplekslarini qabul qilish bilan bog’liq muammolardan biri tabletkalarning katta hajmi bo’lib, ularni yutish qiyinligida hisoblanadi. Mamavit Prenatal ta’m va hidsiz kichik va qulay kapsulalarga qadoqlanadi — ular osongina yutiladi va homiladorlikning har qanday bosqichida ayollar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.
  • Mahsulot tarkibi Rossiya, O’zbekiston va Shveysariyaning sog’lom ovqatlanish sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida yaratilgan.

QO’LLASH USULI

Ichga qabul qilish uchun, ovqat paytida yoki undan so’ng — kuniga 1 kapsuladan 1 marta.

Preparatni qabul qilish tavsiya etilgan dozadan oshirilmasligi lozim.

Kompleksni ovqatdan so’ng suv yoki issiq bo’lmagan ichimlik bilan ichish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat bilan iste’mol qilish vitaminlarning yaxshi singishini ta’minlaydi va ko’ngil aynish ehtimolini kamaytiradi, ba’zida och qoringa vitamin-mineral komplekslarni qabul qilishda ko’ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.

SAVOL – JAVOBLAR

MAMAVIT PRENATAL NIMA UCHUN ISHLAB CHIQILGAN?

Tug’ilajak kichkintoyingiz siz homiladorlik davrida nima taom istemol qilishingizga bevosita bog’liq bo’ladi. Ammo eng yaxshi ovqatlanish bilan birgalikda vitaminlar va yodning qo’shimcha iste’moli homilaning me’yoriy rivojlanishi va butun homiladorlikning me’yoriy o’tishi uchun juda muhim shartdir. MAMAVIT PRENATAL bo’lajak onalar barcha zarur vitaminlar va minerallarni kerakli nisbatda olishlari uchun ushbu tanqislikning o’rnini to’ldiradi.

MAMAVIT PRENATALNI QACHON QABUL QILISH TAVSIYA ETILADI?

MAMAVIT PRENATALni qabul qilish homilador bo’lishga tayyorgarlik davridayoq (homiladorlikdan 2-3 oy oldin qabul qilish maqsaga muvofiq hisoblanadi) tavsiya etiladi – organizmni qo’llab – quvvatlash va homiladorlik jarayoniga tayyorlash uchun; homiladorlik davrida – vitaminlarni qabul qilish onaning salomatligi va homila rivojlanishi uchun juda muhim bo’lgan paytda tavsiya etiladi. MAMAVIT PRENATAL zaruriyat bo’lganda uzoq vaqt davomida to’xtovsiz qabul qilinishi mumkin. Preparatni qabul qilishni homiladorlikning har qanday bosqichida boshlash mumkin.

MAMAVIT PRENATALNI QABUL QILISHDAN OLDIN NIMALARNI BILISHIM KERAK?

MAMAVIT PRENATAL eng so’nggi ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda yetakchi tibbiyot mutaxassislarining tavsiyalari va maslahatlari asosida ayollar uchun homiladorlikdan oldin, homiladorlikni rejalashtirayotganda va homiladorlik davrida vitaminlar va mikroelementlarning qo’shimcha manbai sifatida ishlab chiqilgan. MAMAVIT PRENATAL – bu homilador onalarning fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus yaratilgan, ozuqaga qo’shimcha ko’rinishidagi vitamin-mineral kompleksdir. U 12 ta vitamin va 3 ta mikroelementdan iborat puxta tanlangan va optimal tarkibga ega. Preparat tarkibida ushbu toifadagi ko’plab preparatlarda mavjudligi samarasiz deb hisoblangan ba’zi makro- va mikroelementlar mavjud emas. MAMAVIT PRENATAL boshqa multivitaminli komplekslarni qabul qilishning to’liq o’rnini bosa oladi va shuningdek, shifokor kalsiy, magniy yoki temir kabi preparatlarni qo’shimcha qabul qilishni buyurgan holatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

MAMAVIT PRENATAL QANDAY VA QACHON QABUL QILINADI?

MAMAVIT PRENATAL kuniga 1 marta 1 kapsuladan ovqatdan so’ng suv yoki har qanday issiq bo’lmagan ichimlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatni oziq-ovqat bilan birga qabul qilish vitaminlarning yaxshiroq so’rilishiga yordam beradi va ko’ngil aynish ehtimolini kamaytiradi, ba’zi holatlarda och qoringa vitamin-mineral komplekslarni qabul qilishda ko’ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.

NIMA UCHUN PREPARAT TARKIBIDAGI BA’ZI VITAMINLAR MIQDORI HOMILADOR VA EMIZIKLI AYOLLAR UCHUN KUNLIK EHTIYOJNING O’RTACHA KO’RSATKICHLARIGA MOS KELMAYDI?

Biz vitaminlar va minerallarning asosiy qismini oziq-ovqat tarkibida qabul qilamiz. MAMAVIT PRENATALni ishlab chiqishda vitaminlar va minerallarga bo’lgan ehtiyojning bir qismi ovqatlanish bilan ta’minlanishi hisobga olingan. Bu birinchi sabab hisoblanadi. Ikkinchi sabab, homilador ayollar uchun vitamin komplekslarida ba’zi vitaminlarning miqdorini cheklaydigan «miqdor xavfsizligi» deb ataluvchi tamoyilga asoslanadi, xususan, A va D vitaminlarining ortiqcha iste’moli  homila rivojlanishining turli patologiyalari xavfiga olib kelishi mumkin.

NIMA UCHUN KO’PLAB SHIFOKORLAR HOMILADORLIK DAVRIDA FOLIY KISLOTASINI QO’SHIMCHA QABUL QILISHNI TALAB QILADILAR? MAMAVIT PRENATAL QABUL QILISHDA QO’SHIMCHA FOLIY KISLOTASI PREPARATLARINI QABUL QILISH KERAKMI?

Foliy kislotasini qabul qilish homiladorlikdan oldin va homiladorlik davrida (ayniqsa, dastlabki 12 xaftada) muhim ahamiyatga ega, bu bolalarda asab tizimining tug’ma patologiyalari («asab naychalari nuqsoni» deb ataladi) rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Shu sababga ko’ra shifokorlar foliy kislotasini qo’shimcha qabul qilishni tavsiya qiladilar. MAMAVIT PRENATAL tarkibida 400 mkg foliy kislotasi mavjud bo’lib, u homilador ayollar uchun tavsiya etilgan me’yorlarga mos keladi, shuning uchun, MAMAVIT PRENATAL bilan qo’shimcha foliy kislotasini qabul qilishning hojati yo’q, yuqori dozalarni talab qiladigan holatlar bundan mustasno va faqat shifokor ko’rsatmasi bo’yicha qabul qilish lozim.

NIMA UCHUN MAMAVIT PRENATAL TARKIBIDA FAQAT 3 ta MIKROELEMENT MAVJUD?

Bizning komplekslarimiz tarkibida yod, rux va selen mavjudligi bejiz emas. Yod va rux tanqisligi mintaqamizda keng tarqalgan va ushbu moddalar eng muhim mikroelementlar hisoblanadi. Selen organizmning antioksidant himoya elementi sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, ushbu mikroelementlarning mahsulot tarkibiga kiritilishi vitaminlarning o’zaro bog’liqligi va mumkin bo’lgan salbiy ta’sir o’tkazishi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarmaydi, bu esa bizning komplekslarimiz samaradorligining asosiy omili hisoblanadi – axir, bu vitaminlar har qanday vitamin va mineral kompleksning asosiy tarkibiy qismlari ekanligini unutmang.

NIMA UCHUN MAMAVIT PRENATAL TARKIBIDA KALSIY MAVJUD EMAS?

Homiladorlik davrida kalsiy muhim mineral hisoblanishiga qaramay, biz uni MAMAVIT PRENATAL tarkibidan olib tashladik. Bu bizning kapsulalarimiz/tabletkalarimizning kunlik hajmiga yetarli miqdordagi kalsiyni kiritish mumkin emasligi bilan bog’liq (kalsiy tuzlari juda katta hajmni talab qiladi – kalsiy o’z ichiga olgan maxsus preparatlar tabletkalarining o’lchamini eslang). Ko’pgina ishlab chiqaruvchilar singari, ramziy va samarasiz miqdordagi kalsiyni mahsulot tarkibiga qo’shish o’rniga, biz kerak bo’lganda va faqat shifokor ko’rsatmasiga binoan maqsadli kalsiy iste’moli tarafdorimiz.

NIMA UCHUN MAMAVIT PRENATAL TARKIBIDA MAGNIY MAVJUD EMAS?

Sababi kalsiy bilan bir xil. Bundan tashqari, magniy bilan bog’liq vaziyat yanada murakkab. Mutaxassislarga ma’lumki, magniyning bio-hazm bo’lishi oziq-ovqat tarkibidan 30% ni hamda ko’pgina vitamin va mineral komplekslarida mavjud bo’lgan noorganik birikmalardan (magniy oksidi, magniy fosfor kislotasi, magniy sulfat va boshqalar) atigi 4-5% ni tashkil qiladi! Bu shuni anglatadiki, tarkibida 100 mg magniy mavjud preparatlardan organizm aslida bor-yo’g’i 4-5 mg oladi holos! Misol uchun, bir stakan oddiy suv tarkibida taxminan 5 mg magniy mavjud! Shu sababli, biz komplekslarimizga magniyning ramziy miqdorini qo’shishdan ma’no ko’rmadik va yuqori bio-hazm bo’luvchi maxsus magniy preparatlarini alohida maqsadli va faqat shifokor ko’rsatmasi bo’yicha qabul qilishni tavsiya etamiz.

NIMA UCHUN MAMAVIT PRENATAL TARKIBIDA TEMIR MAVJUD EMAS?

Temir moddasi ayollar uchun juda muhim mikroelement bo’lib, uning yetishmasligi bizning mintaqamizda juda keng tarqalgan hisoblanadi va temir tanqisligi anemiyasini keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, temir MAMAVIT PRENATAL tarkibiga vitaminlarning mumkin bo’lgan oksidlanishi, shuningdek, uning yetishmasligi bizning mintaqamizda ham keng tarqalgan modda – sink bilan salbiy ta’siri sababli mahsulot tarkibiga kiritilmagan. Bundan tashqari, mutaxassislar oziq-ovqat va/yoki boshqa komplekslar bilan bir vaqtda qabul qilinganda temirning so’rilishi sezilarli darajada kamayganligi sababli, tarkibida temir mavjud bo’lgan preparatlarni alohida qabul qilishni qat’iy tavsiya qiladilar.

MAMAVIT PRENATAL BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN BIRGA QABUL QILINISHI MUMKINMI?

Umumiy qoida sifatida MAMAVIT PRENATAL boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilinishi mumkin, chunki preparat tarkibida me’yoriy miqdordagi vitaminlar va mikroelementlar mavjud. Ammo, agar siz allaqachon tarkibida vitaminlar va yod mavjud bo’lgan dori vositalarini qabul qilsangiz, unda albatta shifokoringiz bilan maslahatlashing.

MAMAVIT PRENATAL QABUL QILISHDA QO’SHIMCHA YOD PREPARATLARI QABUL QILINISHI KERAKMI?

Yo’q, kerak emas, chunki MAMAVIT PRENATAL tarkibida yetarli miqdorda yod mavjud.

MAMAVIT PRENATAL QABUL QILISHDA NOJO’YA TA’SIRLAR BORMI?

Riboflavin borligi sababli peshob sariq rangga bo’yalishi mumkin (zararsiz). Tavsiya etilgan miqdorda qo’llanilganda MAMAVIT PRENATAL deyarli hech qanday nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Ammo, juda kam holatlarda mahsulot tarkibiy qismlariga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

MAMAVIT PRENATAL QANDAY TARKIBIY QISMLARDAN ISHLAB CHIQARILADI?

MAMAVIT PRENATAL dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi tarkibiy qismlaridan ishlab chiqarilgan. Masalan, vitaminlar premiksi Shveysariyadan – vitaminlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi yetakchi – DSM Nutritional Products (Roche Vitamins) kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchilar haqida batafsil ma’lumotni «Hamkorlar» bo’limida o’qing.

AGAR MAMAVIT PRENATAL QABUL QILISHNI O’TKAZIB YUBORSAM NIMA BO’LADI?

Hech qanday yomon tarafi yo’q. Agar siz preparatni navbatdagi qabulini o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, buni eslaganingizdan so’ng MAMAVIT PRENATAL qabul qiling, ammo keyingi qabul qilish vaqti yaqin bo’lsa, uni o’tkazib yuboring. Ikki karra dozada qabul qilmang.

HAR BIR MAMAVIT PRENATAL QADOG’IDA NECHTA KAPSULA MAVJUD?

MAMAVIT PRENATALning bir o’ramida 40 ta kapsula (yoki 20 ta kapsuladan 2 dona blister) mavjud bo’lib, bu 40 kunlik qabulga to’g’ri keladi.

O‘xshash mahsulotlar

Ronoflor Relief

Batafsil

Mamavit Laktatsiya

Batafsil

Ronoflor Forte

Batafsil

VAGILAKS

Batafsil

Relakzen

Batafsil
NEW

Novoferrin

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?