Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
Bosh sahifa / Homiladorlik davri

Mamavit Laktatsiya

Emizikli onalar uchun maxsus kompleks!

Tug’ruqdan keyingi tiklanish va ona suti sifatini yaxshilash uchun zarur bo’lgan vitaminlar va mikroelementlarga bo’lgan ehtiyojni ta’minlaydi.

Tarkibida 12 ta vitamin va eng muhim mikroelementlar — yod, rux va selen mavjud!

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bo'lim: Ayollar salomatligi, Homiladorlik davri

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

Emizish davri butun homiladorlikdan kam bo’lmagan murakkab va mas’uliyatli davr hisoblanadi. Laktatsiya davrida ayol organizmi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar va mikroelementlarni yetarli darajada iste’mol qilishga muhtoj. Axir, ona organizmi nafaqat homiladorlik va tug’ruqdan keyin tiklanishi, balki chaqaloqni yaxshi ovqatlantirishi ham zarur. Shuning uchun vitaminlar va minerallarni Mamavit Laktatsiya kabi maxsus komplekslar shaklida qo’shimcha qabul qilish juda muhim hisoblanadi.

Mamavit Laktatsiya:

  • Umumiy holatni yaxshilashga
  • Immunitetni mustahkamlashga
  • Ona suti sifatini yaxshilashga
  • Bolaning to’g’ri o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Emizikli ayollar uchun vitaminlar va mikroelementlarning qo’shimcha manbai sifatida.

qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

QO’LLASH USULI VA dozalari

Ichga qabul qilish uchun, ovqatlanish paytida yoki undan so’ng — kuniga 2 mahal 1 kapsuladan.

Preparatni qabul qilish tavsiya etilgan dozadan oshirilmasligi lozim.

NOJO’YA TA’SIRI

Preparatning komponentlariga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

MUHIM KO’RSATMALAR

Dozaning ortib ketishining oldini olish uchun bir vaqtda boshqa polivitamin komplekslari va tarkibida yod mavjud preparatlar bilan birga qabul qilinmaydi. Tarkibidagi riboflavin tufayli peshob sariq rangga bo’yalishi mumkin (zararsiz).

Chiqarilish shakli

Kapsula.

SAQLASH SHAROITI

Bolalar qo’li yetmaydigan joylarda, 25 °C gacha bo’lgan haroratda.

YAROQLILIK MUDDATI

3 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000601/3

 

AFZALLIKLARI

Emizish davri butun homiladorlikdan kam bo’lmagan murakkab va mas’uliyatli davr hisoblanadi. Laktatsiya davrida ayol organizmi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar va mikroelementlarni yetarli darajada iste’mol qilishga muhtoj. Axir, ona organizmi nafaqat homiladorlik va tug’ruqdan keyin tiklanishi, balki chaqaloqni yaxshi ovqatlantirishi ham zarur. Shuning uchun vitaminlar va minerallarni Mamavit Laktatsiya kabi maxsus komplekslar shaklida qo’shimcha qabul qilish juda muhim hisoblanadi.

Mamavit Laktatsiya – ona uchun foyda, bola uchun foyda!


  • Emizikli ayollar uchun maxsus tarkibda ishlab chiqilgan!
  • Tarkibida yodning mukammal dozasi mavjud.
  • Shvetsariya moddalaridan tayyorlangan.
  • Tarkibida shakar, laktoza, gluten, rang beruvchi moddalar va aromatizator mavjud emas.
  • Kuniga bor-yo’g’i 2 dona kapsula vitamin va mikroelementlarga bo’lgan kunlik ehtiyojni ta’minlaydi.

BILASIZMI:

  • Tug’ruqdan keyingi davrning davomiyligi 6 hafta bo’lib, unda ona organizmida jinsiy a’zolarning teskari rivojlanishi, laktatsiya davri va ayol organizmining yangi sharoitlarga moslashishi kabi murakkab fiziologik jarayonlar sodir bo’ladi.
  • Mutaxassislarning fikriga ko’ra, tug’ruqdan keyingi davrning qulay kechishi va keyinchalik sog’lom bolaning o’sishi uchun emizikli ayollar to’g’ri va muvozanatlashtirilgan ovqatlanishga amal qilishlari zarur. Ammo, to’g’ri ovqatlanish orqali barcha vitaminlar va minerallarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirib bo’lmasligi sababli vitamin-mineral komplekslarni qabul qilish tavsiya etiladi.
  • Ayollarda gipovitaminoz holati ayol umumiy holatiga salbiy ta’sir qiladi, charchoq, asabiylashish kuchayadi, teri, sochlarning holati yomonlashadi, bularning barchasi anemiya rivojlanishiga va tug’ruqdan keyin tananing tiklanishini sekinlashishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, ayollarning 50% ga yaqini bola tug’ilgandan keyin 1-5 oy ichida sodir bo’ladigan intensiv soch to’kilishi holatiga duch keladilar.
  • Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, laktatsiya davrida vitaminlar tanqisligini yoki kam miqdorda ta’minlanishi bolaning o’sishi va nevro-psixik rivojlanish ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu davrda vitamin tanqisligini boshdan kechirgan bola shamollash va yuqumli kasalliklarga ko’proq moyil bo’ladi.
  • Bolalar hayotining birinchi oylarida ona suti o’rnini xech narsa bilan to’ldirib bo’lmaydi. Bolaning birinchi oziqlanishi o’ziga xos bo’lmagan tabiiy himoya omillarining rivojlanishi va shakllanishi uchun kuchli rag’bat hisoblanib, fermentlar, gormonlar va boshqa biologik moddalarning yuqori konsentratsiyasi yangi tug’ilgan chaqaloqlarning ovqat hazm qilish va metabolik funktsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
  • Ayol organizmida kerakli miqdorda vitamin va minerallarning mavjudligi nafaqat ona suti tarkibiga, balki uning miqdoriga ham ta’sir qiladi. Ovqatlanish ratsioni vitaminlar bilan boyitilgan ayollarda ona suti miqdori qo’shimcha mikronutrientlarni qabul qilmaydigan ayollarga qaraganda o’rtacha 1,85 baravar ko’p bo’ladi.
  • Homiladorlik va laktatsiya davrida onaning noto’g’ri ovqatlanishi, shu jumladan, muhim oziq moddalar, ayniqsa vitaminlar va mikroelementlar tanqisligi va natijada mikronutrientlar kam bo’lgan sutning ajralib chiqishi yosh bolalarda gipotrofiya, gipovitaminoz, anemiya kabi holatlarning rivojlanishining sabablaridan biri bo’lishi mumkin, hamda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda – so’nggi yillarda keng tarqalgan oshgan oshqozon-ichak trakti kasalliklari, metabolik kasalliklarning (birinchi navbatda diabet, semirish) rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

QO’LLASH USULI

Ichga qabul qilish uchun, ovqatlanish paytida yoki undan keyin darhol — kuniga 2 mahal 1 kapsuladan.

Preparatni qabul qilish tavsiya etilgan dozadan oshirilmasligi lozim.

Kompleksni ovqatdan so’ng darhol suv yoki issiq bo’lmagan ichimlik bilan ichish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat bilan iste’mol qilish vitaminlarning yaxshi singishini ta’minlaydi.

SAVOL – JAVOBLAR

MAMAVIT LAKTATSIYA NEGA VA NIMA UCHUN ISHLAB CHIQILGAN?

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, tug’ruqdan keyingi davrning qulay kechishi va keyinchalik sog’lom bolaning o’sishi uchun emizikli ayollar to’g’ri va muvozanatlashtirilgan ovqatlanishga amal qilishlari zarur. Ammo, to’g’ri ovqatlanish orqali barcha vitaminlar va mikroelementlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi, shuning uchun vitamin-mineral komplekslarini qabul qilish tavsiya etiladi. MAMAVIT LAKTATSIYA ushbu tanqislik o’rnini to’ldirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

EMIZIKLI AYOLLARDA VITAMINLAR tanqisligi NIMA UCHUN XAVFLI?

Ayollarda gipovitaminoz holati uning umumiy holatiga salbiy ta’sir qiladi, charchoq, asabiylashish kuchayadi, teri, sochlarning holati yomonlashadi, bularning barchasi anemiya rivojlanishiga va tug’ruqdan keyin tananing tiklanishini sekinlashishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, ayollarning 50% ga yaqini bola tug’ilgandan keyin 1-5 oy ichida sodir bo’ladigan intensiv soch to’kilishi holatiga duch keladilar. Ayol organizmida kerakli miqdordagi vitamin va minerallarning mavjudligi nafaqat ona suti tarkibiga, balki uning miqdoriga ham ta’sir qiladi. Ovqatlanish ratsioni vitaminlar bilan boyitilgan ayollarda ona suti miqdori qo’shimcha mikronutrientlarni qabul qilmaydigan ayollarga qaraganda o’rtacha 1,85 baravar ko’p bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, laktatsiya davrida vitaminlar tanqisligi yoki kam miqdorda ta’minlanishi bolaning o’sishi va nevro-psixik rivojlanish ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu davrda vitamin tanqisligini boshdan kechirgan bola shamollash va yuqumli kasalliklarga ko’proq moyil bo’ladi.

MAMAVIT LAKTATSIYA BOSHQA VITAMIN VA MINERAL KOMPLEKSLARDAN QANDAY FARQ QILADI?

Homilador va emizikli ayollar uchun universal vitamin va minerallar komplekslaridan farqli o’laroq, homiladorlik davrida va emizikli ayollarda vitaminlarga bo’lgan ehtiyoj turli xil ekanligini hisobga olgan holda MAMAVIT LAKTATSIYA faqat emizikli ayollar uchun mo’ljallangan. Yana bir farq vitaminlar dozasida me’yoriylik tamoyiliga rioya qilinishdadir, bu esa bizning kompleksimizni uzoq vaqt davomida xavfsiz kunlik iste’mol qilish imkonini beradi.

MAMAVIT LAKTATSIYANI QANDAY VA QACHON QABUL QILISH KERAK?

MAMAVIT LAKTATSIYA kuniga 1 marta 2 kapsuladan (yoki kuniga 2 marta 1 kapsuladan), ovqat paytida yoki ovqatdan so’ng darhol suv yoki har qanday issiq bo’lmagan ichimlik bilan ichish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kompleksni ovqat paytida qabul qilish vitaminlarning yaxshiroq so’rilishiga yordam beradi.

NIMA UCHUN MAMAVIT LAKTATSIYA TARKIBIDA FAQAT 3 ta MIKROELEMENT MAVJUD?

Bizning komplekslarimiz tarkibida yod, rux va selen mavjudligi bejiz emas. Yod va rux tanqisligi mintaqamizda keng tarqalgan va ushbu moddalar eng muhim mikroelementlar hisoblanadi. Selen organizmning antioksidant himoya elementi sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, ushbu mikroelementlarning mahsulot tarkibiga kiritilishi vitaminlarning o’zaro bog’liqligi va mumkin bo’lgan salbiy ta’sir o’tkazishi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarmaydi, bu esa bizning komplekslarimiz samaradorligining asosiy omili hisoblanadi – axir, bu vitaminlar har qanday vitamin va mineral kompleksning asosiy tarkibiy qismlari ekanligini unutmang.

NIMA UCHUN MAMAVIT LAKTATSIYA TARKIBIDA KALSIY MAVJUD EMAS?

Homiladorlik davrida kalsiy muhim mineral hisoblanishiga qaramay, biz uni MAMAVIT LAKTATSIYA tarkibidan olib tashladik. Bu bizning kapsulalarimiz/tabletkalarimizning kunlik hajmiga yetarli miqdordagi kalsiyni kiritish mumkin emasligi bilan bog’liq (kalsiy tuzlari juda katta hajmni talab qiladi – kalsiy o’z ichiga olgan maxsus preparatlar tabletkalarining o’lchamini eslang). Ko’pgina ishlab chiqaruvchilar singari, ramziy va samarasiz miqdordagi kalsiyni mahsulot tarkibiga qo’shish o’rniga, biz kerak bo’lganda va faqat shifokor ko’rsatmasiga binoan maqsadli kalsiy iste’moli tarafdorimiz.

NIMA UCHUN MAMAVIT LAKTATSIYA TARKIBIDA MAGNIY MAVJUD EMAS?

Sababi kalsiy bilan bir xil. Bundan tashqari, magniy bilan bog’liq vaziyat yanada murakkab. Mutaxassislarga ma’lumki, magniyning bio-hazm bo’lishi oziq-ovqat tarkibidan 30% ni hamda ko’pgina vitamin-mineral komplekslarida mavjud bo’lgan noorganik birikmalardan (magniy oksidi, magniy fosfor kislotasi, magniy sulfat va boshqalar) atigi 4-5% ni tashkil qiladi! Bu shuni anglatadiki, tarkibida 100 mg magniy mavjud preparatlardan organizm aslida bor-yo’g’i 4-5 mg oladi holos! Misol uchun, bir stakan oddiy suv tarkibida taxminan 5 mg magniy mavjud! Shu sababli, biz komplekslarimizga magniyning ramziy miqdorini qo’shishdan ma’no ko’rmadik va yuqori bio-hazm bo’luvchi maxsus magniy preparatlarini alohida maqsadli va faqat shifokor ko’rsatmasi bo’yicha qabul qilishni tavsiya etamiz.

NIMA UCHUN MAMAVIT LAKTATSIYA TARKIBIDA TEMIR MAVJUD EMAS?

Temir moddasi ayollar uchun juda muhim mikroelement bo’lib, uning yetishmasligi bizning mintaqamizda juda keng tarqalgan hisoblanadi va temir tanqisligi anemiyasini keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, temir MAMAVIT LAKTATSIYA tarkibiga vitaminlarning mumkin bo’lgan oksidlanishi, shuningdek, uning yetishmasligi bizning mintaqamizda ham keng tarqalgan modda – sink bilan salbiy ta’siri sababli mahsulot tarkibiga kiritilmagan. Bundan tashqari, mutaxassislar oziq-ovqat va/yoki boshqa komplekslar bilan bir vaqtda qabul qilinganda temirning so’rilishi sezilarli darajada kamayganligi sababli, tarkibida temir mavjud bo’lgan preparatlarni alohida qabul qilishni qat’iy tavsiya qiladilar.

MAMAVIT LAKTATSIYA QABUL QILISHDA QO’SHIMCHA YOD PREPARATLARI QABUL QILINISHI KERAKMI?

Yo’q, kerak emas, chunki MAMAVIT LAKTATSIYA tarkibida yetarli miqdorda yod mavjud.

MAMAVIT LAKTATSIYA QABUL QILISHDA NOJO’YA TA’SIRLAR BORMI?

Riboflavin borligi sababli peshob sariq rangga bo’yalishi mumkin (zararsiz). Tavsiya etilgan miqdorda qo’llanilganda MAMAVIT LAKTATSIYA deyarli hech qanday nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Ammo, juda kam holatlarda mahsulot tarkibiy qismlariga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

MAMAVIT LAKTATSIYA QANDAY TARKIBIY QISMLARDAN ISHLAB CHIQARILADI?

MAMAVIT LAKTATSIYA dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi tarkibiy qismlaridan ishlab chiqarilgan. Masalan, vitaminlar premiksi Shveysariyadan – vitaminlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi yetakchi – DSM Nutritional Products (Roche Vitamins) kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib beruvchilar haqida batafsil ma’lumotni «Hamkorlar» bo’limida o’qing.

AGAR MAMAVIT LAKTATSIYA QABUL QILISHNI O’TKAZIB YUBORSAM NIMA BO’LADI?

Hech qanday yomon tarafi yo’q. Agar siz preparatni navbatdagi qabulini o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, buni eslaganingizdan so’ng MAMAVIT LAKTATSIYA qabul qiling, ammo keyingi qabul qilish vaqti yaqin bo’lsa, uni o’tkazib yuboring. Ikki karra dozada qabul qilmang.

HAR BIR MAMAVIT LAKTATSIYA QADOG’IDA NECHTA KAPSULA MAVJUD?

MAMAVIT LAKTATSIYAning bir o’ramida 60 ta kapsula (yoki 20 ta kapsuladan 3 dona blister) mavjud bo’lib, bu 30 kunlik qabulga to’g’ri keladi.

O‘xshash mahsulotlar

Relakzen

Batafsil
NEW

Novoferrin

Batafsil

Mamavit Prenatal

Batafsil

Ronoflor Relief

Batafsil

VAGILAKS

Batafsil

Ronoflor Forte

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?