Skip to content
  • To’lov va yetkazib berish
  • OFERTA
  • Yangiliklar
  • Bog’lanish
  • Oʻzbek Oʻzbek
    • Русский Русский
    • Oʻzbek Oʻzbek
Pharmaxx InternationalPharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
    Homiladorlik davri
    Sog'lom ichak
    Uzoq umr
    Bolalar
    Immunitet
    Yurak va qon tomirlari
    Ayollar salomatligi
    Parhez
    Sport va fitness
    Go'zallik
    Stress
    Ko'rish qobiliyati
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • +998 99 444 75 44
Bosh sahifa / Bolalar

DEFISINK

Rux va C vitaminining qo’shimcha manbai

Organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshirish uchun

Ozuqaga biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi hisoblanmaydi.

Bo'lim: Bolalar, Hazm qilish, Immunitet

Категории продуктов
Homiladorlik davri
Sog'lom ichak
Uzoq umr
Bolalar
Immunitet
Yurak va qon tomirlari
Ayollar salomatligi
Parhez
Sport va fitness
Go'zallik
Stress
Ko'rish qobiliyati
  • Batafsil
  • AFZALLIKLARI
  • QO’LLASH USULI
  • SAVOL – JAVOBLAR

QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR

Rux va C vitaminining qo’shimcha manbai sifatida.

  • rux tanqisligini qoplash uchun;
  • kasalliklar davrida organizmning kurashuvchanligini oshirish;
  • me’yorlashtirilmagan ovqatlanish va yetarlicha ovqatlanmaslik holatlarida;
  • bolalarda suvsizlanish va ich ketish holatlarida.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.

QO’LLASH USULI VA dozalari

1 dona sashe ichidagi kukun suvda eritiladi.

Ovqatlanish payti yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi:

— emizikli bolalar — kuniga 1 sashedan;

— 1 yoshdan katta bolalar — kuniga 1-2 sashedan;

— 12 yoshdan katta bolalar va kattalar — kuniga 2 sashedan.

Qabul qilish davomiyligi — 10-30 kun.

Chiqarilish shakli

10 dona sashe qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda karton qutiga solingan.

SAQLASH SHAROITI

Bolalar tegmaydigan joyda, 25°C gacha bo’lgan haroratda.

YAROQLILIK MUDDATI

3 yil.


O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 0001456/3

AFZALLIKLARI

  • Dozasini o’lchash va qo’llashda qulay — 1 sasheda: 10 mg rux va 30 mg C vitamini suvda eruvchan shaklda.
  • Bolalarda o’tkir ich ketish holatida samarali
  • Immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi
  • Teri, tirnoqlar, sochlarning salomatligini saqlaydi!
  • Yevropa moddasidan ishlab chiqarilgan

BILASIZMI:

  • Rux – inson organizmida eng muhim vazifalardan birini bajaruvchi mikroelement hisoblanadi. Kattalar organizmida taxminan 2-3 g rux mavjud. Bu ikkinchi (temirdan keyin) eng keng tarqalgan metall hisoblanadi. Ruxning eng yuqori konsentratsiyasi mushaklarda (60 %) va suyaklarda (30%) aniqlanadi. Shuningdek, prostata va sperma tarkibida ruxning yuqori tarkibi mavjud.
  • Rux:
    • 300 dan ortiq fermentlarning ishlashi yoki tartibga solinishi uchun zarur hisoblanadi.
    • Nuklein kislotalar, aminokislotalar, oqsillar, o’ziga xos gormonlar (insulin, kortikosteroidlar, testosteron kabi) biosintezida ishtirok etadi.
    • To’laqonli va yetarli tarzda immunitet reaksiyasini shakllantirishda ishtirok etadi.
    • Miyaning normal ishlashini ta’minlaydi, xotirani, aqliy faoliyatini yaxshilaydi.
    • Normal o’sish va rivojlanishni ta’minlaydi.
    • Hujayralarnilarning oksidlovchi shikastlanishini oldini oladi, kuchli antioksidant xususiyatlarga ega.
    • Yog’ kislotalari, A vitamini almashinuvida ishtirok etadi.
    • Suyak, teri, tirnoqlar, sochlarning salomatligini saqlashda ishtirok etadi.

QO’LLASH USULI

Sashe ichidagi kukun suvda eritiladi.

Ovqatlanish payti yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi:

  • emizikli bolalar — kuniga 1 sashedan;
  • 1 yoshdan katta bolalar — kuniga 1-2 sashedan;
  • 12 yoshdan katta bolalar va kattalar — kuniga 2 sashedan.

Qabul qilish davomiyligi — 10-30 kun.

SAVOL – JAVOBLAR

RUX MODDASI NIMA UCHUN ZARUR VA UNING FOYDASI NIMADA?

Rux inson salomatligi uchun eng muhim mikroelementlardan biri hisoblanadi. Rux organizmning ko’plab tizimlarining me’yoriy faoliyatini ta’minlaydi.

Ruxning asosiy foydali xususiyatlari:

  • Organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.
  • Kollagen hosil bo’lishini tezlashtiradi – teri, soch, tirnoqlarning salomatligiga hissa qo’shadi.
  • Allergik reaksiyalar belgilarini yengillashtiradi.
  • Shikastlangan to’qimalarni tiklashga yordam beradi.
  • Insulin va gormonlar sintezini me’yorlashtiradi.
  • Reproduktiv salomatlikni yaxshilaydi.
  • Ichaklarni himoya qiladi.
RUX tanqisligi QANDAY OQIBATLARGA OLIB KELISHI MUMKIN?

Rux tanqisligi quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  • O’sishning buzilishi, shu jumladan homila rivojlanishi davrida (uzunlikka o’sish va tana vaznining kamayishi).
  • Immunitet tizimidagi buzilishlar (rux tanqisligi bilan bog’liq holatlarda pnevmoniya, ich ketish va hokazolarga moyillik kuchayadi).
  • Homiladorlikdagi asoratlar (rux tanqisligi bilan bog’liq holatlarda erta tug’ilish, homila rivojlanishidagi anomaliyalar kuzatiladi).
  • Makulyar degeneratsiya (yosh o’tishi bilan to’r pardada rux miqdori kamayadi, bu esa markaziy ko’rish tizimining yomonlashuvining sabablaridan biridir).
RUX tanqisligi RIVOJLANISHINING SABABLARI NIMADA?

JSST hisob-kitoblariga ko’ra, hozirgi vaqtda rux tanqisligi dunyoda 2 milliarddan ortiq odamda aniqlangan.

Rux tanqisligiga sabab bo’luvchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • Taom tarkibida rux moddasining yetarli miqdorda emasligi (tuproqda rux miqdorining pastligi va/yoki quruq iqlim/namlik yetishmasligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlarida kam miqdorda mavjudligi)
  • Fiziologik ehtiyojlarning yuqoriligi (go’daklik, o’spirinlik, homiladorlik va emizish davrida)
  • Rux so’rilishi buzilishi yoki uning haddan tashqari sarflanishi (genetik jihatdan aniqlangan enteropatiya, ich ketishi, ingichka ichakda rux so’rilishining yetishmovchiligi, ayrim dorilarning qo’llanilishi, og’ir metallardan zaharlanish, alkogolizm)
  • Yuqorida sanab o’tilgan omillarning birgalikda namoyon bo’lishi.
RUX tanqisligining NAMOYON BO’LISHI QANDAY?

Afsuski, rux tanqisligi o’ziga xos alomatlar bilan namoyon bo’lmaydi.

Rux tanqisligi holatlarida uyquning buzilishi, teri, soch va tirnoqlarning yomonlashishi (oq dog’lar), ishtahaning pasayishi, soch to’kilishining ko’payishi, tunda ko’rishning yomonlashishi, kayfiyatning pasayishi, jarohatni davolash davomiyligining oshishi va hokazo kabi o’ziga xos bo’lmagan holatlar kuzatilishi mumkin.

NIMA UCHUN SHIFOKORLAR BOLALARDA O’TKIR ICH KETISH HOLATLARIDA RUX PREPARATLARINI TAVSIYA QILADILAR?

Keling, ilmiy javob beramiz…

JSST ma’lumotlariga ko’ra, ich ketish holatlari global miqyosda besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining asosiy sabablaridan biri bo’lib qolmoqda. Har yili besh yoshgacha bo’lgan milliondan ortiq bola suyuqlik yo’qotilishi va organizm suvsizlanishdan vafot etadi.

2004- yildan beri JSST va UNICEF ich ketishning barcha turlarini davolashning samarali usuli sifatida qo’llaniladigan preoral regidratatsiya tuzlari bilan bir vaqtda ruxni qabul qilishni tavsiya qiladilar.

JSST/UNICEF tavsiyasi ko’plab randomizatsiyalangan platsebo-nazorati ostida o’tkazilgan sinovlar natijalarini sinchkovlik bilan ko’rib chiqilganidan so’ng ishlab chiqilgan. Rux preparatlari ich ketish davomiyligi va darajasi, shuningdek, qaytalanish holati ehtimolini 2-3 oygacha kamaytirishi aniqlangan. Rux qo’shimchalari odatda bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinadi va qo’llanilgan rux tuzi (rux sulfat, rux asetat yoki rux glyukonat) turidan qat’iy nazar samarali hisoblanadi.

ICH KETISH HOLATLARIDA JSST TAVSIYALARI
  • past konsentratsiyali preoral regidratatsiya eritmalarini qo’llash.
  • 6 oydan katta bolalar uchun kuniga 20 mg miqdorda va 6 oygacha bo’lgan bolalar uchun 10-14 kun davomida kuniga 10 mg miqdorda rux qo’shimchalarini doimiy ravishda qabul qilish.
O’TKIR ICH KETISH HOLATIDA RUXNING TA’SIR QILISH MEXANIZMI
  • rux shilliq qavatlar to’sig’ining yaxlitligini va enterotsit chegarasidagi fermentlarining faolligini tiklaydi

Qondagi limfotsitlardan ichak patogeniga qarshi antitana ishlab chiqarilishiga ko’maklashadi va bevosita ion kanallariga tasir qilib, kaliy kanali bloklovchisi sifatida 3-5-siklik adenozinmonofosfat vositali xlor sekretsitasini bloklaydi.

O‘xshash mahsulotlar

Ronoflor Kids

Batafsil

Bifilaxx Baby

Batafsil

Bifilaks Relif

Batafsil

Ronoflor Baby

Batafsil

Ronoflor Relief

Batafsil

Ronoflor Forte

Batafsil

Vitamixx Classic

Batafsil
NEW

BaktoLOR tab

Batafsil
Kompaniya haqida
Pharmaxx International - bu kasalliklarning oldini olish, sog'lig'ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo'shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
Aloqa uchun
OOO Pharmaxx International

Manzil: 100016, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Alimkent ko’chasi 1- tor ko’chasi, 30
Telefon: + 998 99 444-75-44
E-mail: info@bio.uz
Copyright 2025 © Pharmaxx International
  • Kompaniya haqida
  • DO‘KON
  • Kategoriyalar
  • OʻzbekOʻzbek
    • РусскийРусский
  • Kirish

Kirish

Parolni unutdingizmi?