XAVF GURUHI/KIMlarGA TAVSIYA ETILADI:
- Keksalarga
- Muntazam tarzda kompyuterda ishlashda
- Koʻrish qobiliyati katta zo’riqishlarga duch keladigan insonlarga
- Maktab o’quvchilari va talabalar
- Avtomobil ixlosmandlari uchun
- Suv yaqinida va tog’larda vaqt o’tkazuvchi insonlarga
Har qanday yorug’lik, ayniqsa, intensiv va sun’iy yorug’lik ko’zlarga zarar yetkazadi. Yorug’lik nurlari ko’z orqali o’tib, sariq dog’ (makula) sohasidagi to’r pardaga — yuqori ko’rish o’tkirligi uchun mas’ul bo’lgan maxsus hududga qaratiladi. Intensiv yorug’lik nurlari ta’sirida ko’zda agressiv erkin radikallar hosil bo’lib, to’r pardaning nurga sezgir hujayralariga zarar yetkazadi. Yillar davomida bunday zarar to’planib boradi va ko’rish qobiliyati asta-sekin yomonlashadi.
Baxtimizga, erkin radikallardan himoya qilishning tabiiy mexanizmi mavjud: ko’k-binafsha spektri zararli nurlarining aksariyati tabiiy karotinoidlar — lutein va zeaksantin tomonidan ushlab qolinadi, ularning maksimal zichligi makula sohasida kuzatiladi. Lutein va zeaksantin to’r pardani hujayra darajasida himoya qilish orqali erkin radikallar ta’sirini zararsizlantiradi.
Lutein sintez qilinmaydi, shuning uchun uning ko’z to’qimalarida mavjudligi oziq-ovqat (meva va sabzavotlar) bilan qabul qilinishiga bog’liq. Luteinga bo’lgan kunlik ehtiyoj bor-yo’g’i 5 mg bo’lsa-da, hatto eng muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ham luteinga bo’lgan ehtiyojni to’liq qondira olmaydi. Vaqt o’tishi bilan ko’z tuzilmalarida luteinning yetarli emasligi ko’rish qobiliyatining pasayishi bilan bog’liq qaytarib bo’lmas jarayonlarga olib kelishi mumkin.
Lutein zaxiralarini to’ldirish va ko’z salomatligini saqlash uchun maxsus «Lutein Oftalmo» kompleksi ishlab chiqildi. U dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining standartlashtirilgan tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi: lutein FloraGlo, zeaksantin Optisharp, rux va selen mikroelementlari, shuningdek antioksidant E va C vitaminlari.
QO‘LLASH bo’yicha KO‘RSATMALAR
Ko’zning ko’rish qobiliyati susayganda lutein va zeaksantin qo’shimcha manbai sifatida.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Mahsulot komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo’lgan bolalar.
QO’LLASH USULI VA dozalari
Ichga qabul qilish uchun, ovqat paytida yoki undan keyin kuniga 1 kapsuladan 1 marta.
Qabul kursi muddati: 20-60 kun.
komponentlar XUSUSIYATLARI
Lutein
U ko’z gavhari va to’r pardasining markaziy (makula) qismida to’planib, u yerda qisman zeaksantinga aylanadi. Lutein va zeaksantin yorug’lik filtri vazifasini bajaradi va ko’zning muhim tuzilmalarini kunduzgi yorug’lik spektrining eng tajovuzkor, ko’k qismidan himoyalaydi. Lutein va zeaksantin kuchli antioksidantlar bo’lib, ular erkin radikallar ta’sirini zararsizlantiradi va to’r pardaning shikastlanishi va ko’z gavharining xiralashishini oldini oladi.
C vitamini
Antioksidantlar (lutein, zeaksantin, antosiyanlar) ta’sirining samaradorligini oshiradi, bu to’r pardada ko’rish pigmentlarini tiklashni tezlashtiradi.
E vitamini
Zararlangan hujayralar yangilanishini tezlashtiradi, to’qimalarning nafas olishida va boshqa muhim metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Kapillyarlarning uziluvchanligiga hamda o’tkazuvchanligiga to’sqinlik qiladi.
Rux
Rux ko’zning to’r pardasi, qon tomirlari va rangdor pardasi tarkibida mavjud. A vitamini darajasini saqlashga yordam beradi, oqsil molekulalarining sintezida ishtirok etadi.
Selen
Antioksidant-mikroelement hisoblanadi. Glutation-peroksidaza fermenti tarkibiga kiradi va uning faolligini belgilab beradi — ko’z to’qimalarining hujayra ichidagi tuzilmalarini zararli kislorod radikallarining nobud qiluvchi ta’siridan himoya qiladi.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 001549