Emizish davri butun homiladorlikdan kam bo’lmagan murakkab va mas’uliyatli davr hisoblanadi. Laktatsiya davrida ayol organizmi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar va mikroelementlarni yetarli darajada iste’mol qilishga muhtoj. Axir, ona organizmi nafaqat homiladorlik va tug’ruqdan keyin tiklanishi, balki chaqaloqni yaxshi ovqatlantirishi ham zarur. Shuning uchun vitaminlar va minerallarni Mamavit Laktatsiya kabi maxsus komplekslar shaklida qo’shimcha qabul qilish juda muhim hisoblanadi.
Mamavit Laktatsiya:
- Umumiy holatni yaxshilashga
- Immunitetni mustahkamlashga
- Ona suti sifatini yaxshilashga
- Bolaning to’g’ri o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
QO’LLASH bo’yicha KO’RSATMALAR
Emizikli ayollar uchun vitaminlar va mikroelementlarning qo’shimcha manbai sifatida.
qO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Mahsulot komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI VA dozalari
Ichga qabul qilish uchun, ovqatlanish paytida yoki undan so’ng — kuniga 2 mahal 1 kapsuladan.
Preparatni qabul qilish tavsiya etilgan dozadan oshirilmasligi lozim.
NOJO’YA TA’SIRI
Preparatning komponentlariga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
MUHIM KO’RSATMALAR
Dozaning ortib ketishining oldini olish uchun bir vaqtda boshqa polivitamin komplekslari va tarkibida yod mavjud preparatlar bilan birga qabul qilinmaydi. Tarkibidagi riboflavin tufayli peshob sariq rangga bo’yalishi mumkin (zararsiz).
Chiqarilish shakli
Kapsula.
SAQLASH SHAROITI
Bolalar qo’li yetmaydigan joylarda, 25 °C gacha bo’lgan haroratda.
YAROQLILIK MUDDATI
3 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000601/3