Kompaniya haqida
Pharmaxx International
Pharmaxx International-bu kasalliklarning oldini olish, sog’lig’ini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan biologik faol qo’shimchalar (BFQ) sifatida tabiiy vitamin-mineral komplekslar va Probiyotik vositalarni ishlab chiqish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya.
SIFAT
Pharmaxx International mahsulotlari — bu ishlab chiqarishni qat’iy nazorat qilish sharoitida eng zamonaviy texnologiyalar va tanlangan komponentlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tabiiy, yuqori sifatli preparatlardir.
MAS’ULIYAT
Pharmaxx International o’z mahsulotlarining sifati va xavfsizligi uchun javobgarlikni to’liq his etadi.
Dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan strategik hamkorlikka e’tibor qaratgan holda, Pharmaxx International faqat tasdiqlangan va ruxsat etilgan xom-ashyo manbalaridan foydalanadi, bu esa xavfsizlikning maksimal darajasini va mahsulotlarimizning doimiy yuqori sifatini kafolatlaydi.
Kasalliklarning oldini olish va hayot sifatini yaxshilash kompaniyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Organizmni qo’llab-quvvatlash uchun vitaminlarmi yoki disbakteriozning oldini olish uchun probiyotiklar bo‘ladimi, Pharmaxx International har doim sizni va oilangizni himoya qiladi.
PHARMAXX- Sog’lig’ingiz bebaho!
Bizning hamkorlarimiz
Pharmaxx International dunyoning eng yetakchi Biologik Faol Qo’shimchalar ishlab chiqaruvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilib, ularning BFQ yaratish va ishlab chiqarish sohasidagi ulkan tajribasi va yangiliklariga tayanadi. Bunday hamkorlik tasdiqlangan klinik hujjatlarga ega yuqori samarali mahsulotlarni yaratish va bozorga chiqarishga yordam beradi.
DSM Nutritional Products
DSM Nutritional Products
dunyodagi eng yirik kimyoviy va biotexnologik konserni hisoblangan DSM (Niderlandlar) ning bo’linmasi hisoblanadi. Shveytsariyaning Roche Vitamins kompaniyasining vorisi sifatida DSM Nutritional Products vitaminlar, karotenoidlar va nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo’yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni ularning veb-sayti orqali bilib olishingiz mumkin:
www.dsmnutritionalproducts.com
Christian Hansen
Daniyaning Christian Hansen kompaniyasi probiyotiklar yaratish va ishlab chiqarish bo’yicha tan oligan ekspert hisoblanadi. Kompaniya ushbu sohada dunyoda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni ularning veb-sayti orqali bilib olishingiz mumkin: www.chr-hansen.com
Dr. Paul Lohmann
Nemis kompaniyasi Dr. Paul Lohmann farmatsevtika, kosmetika, oziq-ovqat va boshqa sohalar uchun ixtisoslashgan organik va noorganik mineral tuzlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bo’yicha 120 yildan ortiq tarixga ega dunyoning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni ularning veb-sayti orqali bilib olishingiz mumkin: www.lohmann-chemikalien.de