Ozuqaviy tolalar va bifidobakteriyalar manbai.
tarkibi
1 sashe-paketchaga 4 g qisqa zanjirli frukto-oligosaxaridlar (qz-FOS) ko’rinishidagi maxsus ozuqaviy tolalarni va 1 milliard KTBdan kam bo’lmagan Bifidobacterium lactis, BB-12 shtammiga mansub bifidobakteriyalarning tirik hujayralaridan iborat.
ta’siri
Qisqa zanjirli FOS
- Ichakning foydali mikroflorasining o’sishi va rivojlanishiga tanlab ta’sir qiladi rag’batlantiradi.
- QZYK (qisqa zanjirli yog’ kislotalari) ishlab chiqarilishiga hissa qo’shadi, bu esa ichakda pH ning pasaytiradi, ichak qisqarishini (peristaltika) rag’batlantiradi va najas namligini hamda uning osmotik bosimini oshiradi.
- Minerallarning, xususan Ca va Mg ning yaxshi so’rilishiga hissa qo’shadi.
- Ovqatning ichakda bo’lish vaqtini qisqartiradi, bu bilan organizmdan zaharli modda almashinuvi mahsulotlarining olib chiqilishiga hissa qo’shadi.
Bifidobakteriyalar
Ichak mikroflorasini me’yorga keltiradi, hazm jarayonini yaxshilaydi, immun tizimini quvvatlantiradi.
qo’llash bo’yicha KO’RSATMALAR:
Kattalar va 3 yosh va undan katta bolalarda ich qotishi, ichakdagi noxushlik hissi va ich kelishini qiyinlashishida ichak mikroflorasini me’yorlashtirish uchun kerak bo’ladigan bakteriyalar va foydali eruvchan ozuqaviy tolalar manbai.
Organizmni tozalash (detoks) va terining holatini yaxshilash uchun.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
BFQ komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 3 yoshgacha bo’lgan bolalar.
QO’LLASH USULI va dozalari:
Qisqa muddat davomida yoki doimiy tarzda qo’llash mumkin. Ronoflor Relif kukuni asl holicha qabul qilish (yoqimli shirin ta’mga ega) yoki suvga, ichimliklarga, sut mahsulotlariga qo’shish mumkin va hokazo.
Qabziyatda:
Dastlabki 7 kun – kuniga 2-3 marta 1 sashedan. Ta’siri namoyon bo’lganidan keyin, kuniga 1 mahal1 sashedan. Dozani insonni holatiga qarab individual ravishda (oshirish yoki kamaytirish) alohida tanlash mumkin.
Organizmni tozalash (detoks) va terining holatini yaxshilash uchun:
Kuniga 1 mahal 1 sashedan 30 kun davomida.
3-7 yoshli bolalar uchun dozani tavsiya etilganidan 2 martaga kamaytirish mumkin.
Issiq taomlar va ichimliklar bilan aralashtirmang!
Chiqarilish shakli
4,1 g og’irlikdagi sashega (folga plyonkali paketcha) qadoqlangan shirin ta’mli kukun.
Saqlash sharoitlari
Bolalar qo’li yetmaydigan joyda, 10 °С gacha bo’lgan haroratda.
yaroqlilik muddati
2 yil.
O’zR SSV tomonidan qayd etish raqami: 000620/2